Multisim to‘plami windows standart interfeysidan foydalanadi. Interfeysning yuqori sezgirligi va soddaligi uni qo‘llash uchun ancha yengillik beradi.
Multisim bitta ishlab chiqish muhitida sxemani ishlab chiqish va uni sinash emulatsiya uchun imkoniyat yaratadi.
Odatdagi spice tahlilidan tashqari multisim foydalanuvchilar uchun sxemaga virtual asboblarni ulashga imkon beradi. Bu real voqealarni imitatsiya yordamida natijalarni sodda va tezkor ko‘rish usuli hisoblanadi.
Zaruriyat bo‘lganda yuqori murakkablikda tahlil qilish uchun multisimtahlilning turli funksiyalarini taqdim etadi. Multisim tarkibiga grapher – ko‘rish va ma’lumotlarni tahlil qilish uchun kuchli vosita kiritilgan.
Elektrotexnika va elektronikani o’rganish jarayoni sxemalarni tahlil va tadqiq qilish bilan bog`liq. Ushbu jarayonni kompyuter maksimal darajada engillashtirishi kerak. Virtual muhit kompyuterda elektr va elektron sxemalar ustida tajribalar o’tkazish uchun etarli sharoitlar yaratilgan laboratoriyani amalga oshirishi va olinadigan natijalarning aniqligi real sharoitlarda olinadigan natijalar aniqligidan qolishmasligi kerak.
Modellash real jarayonga maksimal darajadi yaqinlashtirilgan bo’lishi, ya`ni, sxemani tuzish, unga o’lchash asboblari va ostsillografni ulash, sxema elementlarining parametrlarini hamda ishlash rejimlarini o’rnatish va natijalarni olish jarayonlarini o’z ichiga olishi kerak. Foydalanuvchiga bunday imkoniyatlarni beruvchi dasturlardan biri ElectronicsWorkbench dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’lib hisoblanadi. Unga asos qilib professional modellash dasturi PSPICE olingan bo’lishiga qaramasdan ElectronicsWorkbench dasturi maksimal darajada qulay interfeysga ega. Unda ampermetr, voltmetr, multimetr, generator va ostsillograf kabi tanish asboblarning mavjudligi tadqiqot jarayonining tabiy va tushunarli bo’lishini ta`minlaydi.