Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali



Yüklə 115,16 Kb.
tarix09.12.2022
ölçüsü115,16 Kb.
#73311
TRANSFORMATORLAR





MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi,
AT-Servis,Axborot xavfsizligi, Multimedia) fakulteti
KI 13-22 (S) GURUH TALABASI
SHERBOYEV AZAMATNING
Didlay fizika fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI


Qarshi-2022

TRANSFORMATORLAR
Reja
1.Transformatorlar haqida tushuncha
2.Transformatorlar turlari va ishlash prinspi
3.Transformaorlarning yaratilish tarixi
Foydalanilgan adabiyotlar

Transformator (lot. transformo — oʻzgartiraman) — texnikada —. energiya yoki obʼyektlarning biron bir muhim xossasi (mas., tok kuchi, kuchlanish va boshqalar)ni oʻzgartirish uchun moʻljallangan qurilma. Elektr T., gidrotransformator, fototransformator, OʻYUCH (oʻta yuqori chastota) T.i va boshqa xillargaboʻlinadi. Elektr T. oʻzgaruvchan tok kuchlanishini oʻzgartirish (kuchaytirish yoki pasaytirish) uchun moʻljallanadi. Uning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanadi. U bitta birlamchi chulgam, bitta yoki bir necha koʻp ikkilamchi chulgʻam va asosan berk tipdagi ferromagnit oʻzak (magnit oʻtkazgich) dan iborat. Barcha chulgʻamlar ferromagnit oʻzakka oʻraladi va birbiriga induktiv bogʻlangan boʻladi. Birlamchi chulgam uchlari (T. kirishi) oʻzgaruvchan tok kuchlanish manbaiga, ikkilamchi chulgam (yoki chulgʻamlar) uchlari (T. chiqishi) isteʼmolchilarga ulanadi. Elektr T.ni birinchi marta P. N. Yablochkov 1876-yil elektr yoritish tarmogida ishlatgan. M. O. DolivoDobrovolskiy 1890-yil uch fazali elektr T.ni yaratgan. Keyinchalik boshqa olim va ixtirochilar T. ni takomillashtirish, quvvati va f.i.k.ni oshirish, izolyatsiyani yaxshilash, ixchamlashtirish va boshqalarga doyr ishlar olib borishgan.


Elektr T.ning eng keng tarqalgan turi kuch T.laridir. Ular elektr uzatish liniyalari (EUL)ga oʻrnatiladi. Bunday T.lar elektr styalarning generatorlari ishlab chiqargan tok kuchlanishini 10—15 kV dan 220—750 kV gacha kuchaytirib beradi. T.larning chulgʻamlari misdan, magnit oʻtkazgichlari sovuklayin prokatlab ishlab chiqarilgan elektrotexnika poʻlatidan tayyorlanadi. Elektr T.ning quruq va moyli turlari bor. Quruq T. havoda moysiz sovitiladi. Moyli T.ning magnit oʻtkazgichi va chulgʻamlari mineral moy toʻldirilgan bakka joylashtiriladi. Moy izolyatsiya va sovituvchi vazifasini oʻtaydi.
Kuch T.laridan tashqari oʻlchash T.i, kuchlanish T.i, tok T.i, impulyeli T., radiochastotali T. kabi T.lar ham mavjud.
Oʻzgaruvchan tok tarmogʻida kuchlanishni kuchaytirish yoki pasaytirish hamda elektr energiyani isteʼmolchilarga taqsimlash uchun moʻljallangan majmua kichik T. styasi (podstansiyasi) deb ataladi. Unda kuch T. i, taqsimlash qurilmalari, avtomatik boshqarish va himoya qurilmasi, qoʻshimcha inshootlar boʻladi. Yuqori quvvatli baʼzi pasaytirish T. podstansiyalarida kuchli, lab.da uyroʻzgʻorda ixcham avtotransformatorlar ishlatiladi.
Ishlab chiqarish korxonalarini, transportni, qishloq xo’jaligini elektrlashtirish, elektrotexnologik qurilmalarni turli ko’rinishlardan foydalanish bilan bog’liq Elektrotexnologik qurilmalarning asosiy elementi bo’lib elektr mashinalar va transformatorlar hisoblanadi.Transformatorlar elektromagnit statik apparat bo’lib, aylanuvchan qismlari bo’lmaydi, lekin ishlash printsipi va tuzilishi elektr mashinalariga o’xshash bo’lganligi sababli elektr mashinalar guruhiga qo’shib o’rganiladi.Elektr stantsiyalarda ishlab chiqarilgan o’zgaruvchan tokni istehmolchilarga uzatish, elektr qurilmalari yordamida yetkazib berish va taqsimlash uchun uni kuchlanishini o’zgartirish kerak bo’ladi. O’zgaruvchan tokni kuchlanishini o’zgartirish yahni transformatsiyalash uchun transformatorlar qo’llaniladi.Elektrotexniklar uzoq masofalarga o’ta katta elektr energetik quvvatlarni uzatish uchun mo’ljallangan, kuchlanishi 1150 kV bo’lgan transformatorlarni yaratdilar. Elektr stantsiyalaridagi turbogene-ratorlarning kuchlanishini kuchaytiruvchi quvvati 10001250 MVA ga teng bo’lgan transformatorlar ham elektrotexnologik qurilmalarning nodir elementlari qatoriga kiradi.Elektr energiyasini uzoq masofalarga uzatish uchun o’zgaruvchan tok generatorlarining 6-30 kV li kuchlanishini transformatorlar yordamida 110, 150, 220, 330, 400, 500, 750, 1150 kV gacha kuchaytirib elektr uzatish tarmoqlariga uza-tiladi. Kuchlanishning kuchaytirilishi tokning proportsional kamayishiga olib keladi va uzatish tarmog’idagi quvvat isrofi tokning kvadratiga proportsional ravishda kamayadi. SHu sababli elektr stantsiyalarida kuchaytiruvchi transformatorlarning qo’llanilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.Elektr energiyasini qabul qiluvchi, uzatuvchi yoki tarqatuvchi energetik tizimlarda qo’llaniluvchi quvvati 6,3 kVA va undan ham yuqori bo’lgan transformatorlarni kuch transformatorlari (KT) deyiladi.Uch fazali kuch transformatorlarning quvvatlari 1250 MVA gacha, uch fazali guruh transformatorlarining quvvatlari esa (uchta bir fazali trans-formatorlardan hosil bo’lgan) 2000 MVA gacha bo’lib, og’irligi esa 500 t. gacha boradi.Transformatorlarning elektr energiyani qabul qiluvchi chulg’ami-birlamchi, istehmolchiga energiyani uzatuvchi chulg’ami-ikkilamchi chulg’am deyiladi. Nomlariga o’xshash, har bir chulg’amga qarashli qiymatlar (masalan, tok, kuchlanish, quvvat, qarshilik va h.k.) birlamchi va ikkilamchi qiymatlar deyiladi (birlamchi tok, ikkilamchi ыarshilik va h.k.). Transformatorlarning yuqoriroq kuchlanishli tarmoqqa ulangan chulg’ami yuqori kuchlanishli (yuqori kuchlanish) chulg’am deyiladi. Kichikroq kuchlanishli tarmoqqa ulangan chulg’ami quyi kuchlanishli (q.k.) chulg’ami, va nihoyat uch chulg’amli transformatorlarning yuqori kuchlanish yoki q.k. chulg’amlariga taalluqli bo’lmagan - chulg’ami o’rta kuchlanishli (o’.k.) chulg’am deyiladi. Agar ikkilamchi chulg’am kuchlanishi birlamchinikidan kichikroq bo’lsa - transformator pasaytiruvchi, aks holda - kuchaytiruvchi deyiladi.Bitta birlamchi va bitta ikkilamchi chulg’amli transformator ikki chulg’amli transformator deyiladi. Har bir fazada uchtadan chulg’ami bo’lgan, masalan, bitta yuqori kuchlanishli va ikkita quyi kuchlanishli, yoki teskarisi - bitta quyi kuchlanishli va ikkita yuqori kuchlanishli transformatorlar uch chulg’amli dab ataladi. Bir fazali yoki uch fazali transformatorlarning bitta fazasida uchtadan ko’proы chulg’ami bo’lishi mumkin. Bunday transformatorlar ko’p chulg’amli transformatorlar deyiladi.Kuch transformatorlari tuzilishi bo’yicha ikki turga bo’linadilar: moyli va quruq transformatorlar. Moyli transformatorlarda magnit o’zak va chulg’amlar yaxshi izolyator va sovutuvchi modda hisoblangan transformator moyi to’ldirilgan idishga joylashtiriladilar. Transformator moyi chulg’am izolyatsiyalarini havoning zararli tahsiridan ham saqlaydi.Transformatsiyalash koeffitsientlarini o’zgartirish uchun chulg’amlarida maxsus ulamalari bo’lgan transformatorlarga ulamali transformatorlar deyiladi.Transformator o’zgaruvchan tokning kuchlanishini qiymatini o’zgartirish bilan birga, o’zgaruvchan tokning fazalar sonini va chastotasini qiymatini o’zgartiradigan moslamalar tarkibida ham ishlatiladi.Transformatorlarning nominal rejimi deb, ishlab chiqargan korxona tayyorlagan pasportida ko’rsatilgan rejimga aytiladi.Transformatorlarning nominal qiymatlari - quvvat, kuchlanishlar, toklar, chastota va q.k. transformatorlarning pasportida ko’rsatilgan bo’lib, ular transformatorlarning nominal rejimini ko’rsatuvchi boshqa qiymatlar, masalan, f.i.k. kabilarga ham taalluqlidir.Transformatorlarni nominal quvvati deb ikkilamchi chulg’amda Volьt-Amper bilan o’lchangan va pasportda ko’rsatilgan quvvatga aytiladi.Transformatorlarni nominal birlamchi kuchlanishi deb, pasportda ko’rsatilgan kuchlanishga aytiladi; agar birlamchi chulg’amni shoxobchalari mavjud bo’lsa, u xolda nominal kuchlanishi alohida tahkidlanadi.Transformatorlarning nominal ikkilamchi kuchlanishi deb birlamchi chulg’amidagi kuchlanishi nominal kuchlanishiga teng bo’lib, salt ishlagandagi ikkilamchi kuchlanishga aytiladi; agar ikkilamchi chulg’amida ulamalar mavjud bo’lsa, uning nominal kuchlanishi alohida tahkidlanadi.Transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg’amlarini nominal toklari deb, transformatorning pasportida ko’rsatilgan va nominal quvvat va nominal kuchlanishlar bilan mahlum bog’lanishda bo’lgan birlamchi va ikkilamchi chulg’amlarning toklariga aytiladi. Bunda transformatorning f.i.k.i 100% ga yaqin deb faraz qilinib, ikkala chulg’amning nominal quvvatlari teng deb qabul qilinadi.Evropa va Osiyo davlatlaridagi kabi, O’zbekiston Respublikasida ham kuchlanish chastotasi 50 Gerts (Gts) ga teng deb qabul qilingan.Kuchlanish, elektr yurituvchi kuch va toklarning vaqtga bog’liqligi bu parametrlarning funktsiyalarini sinusoidadan farqi deb, davriy funktsiyalarni garmonik qatorga ajratilib, amplitudalarining qiymatlaridan eng katta deb hisoblangan uchta yuqori garmonik tashkil etuvchilarini amplitudalarining kvadratlarini yig’indisini kvadrat ildizidan chiqarilgan natijasini, birlamchi garmonika amplitudasiga nisbatan foiz hisobida olinib, aniqlangan qiymatiga aytiladi. Quvvati 1000 kVt dan katta bo’lgan transformatorlarda bu qiymat 5% dan katta bo’lmasa va 1000 kVt dan kichiklarida 10% dan katta bo’lmasa, kuchlanish, elektr yurituvchi kuch va tok sinusoidal shaklda deb hisoblanadi.Uch fazali kuchlanish yoki toklar tizimining simmetrik yoki nosimmetrikligini aniqlash uchun ularning vektorlari tыg’ri va teskari fazalar ketma-ketligiga ajratiladi. Agar vektorlar teskari ketma-ketligi vektorlar to’g’ri ketma-ketligining 5% iga teng yoki undan kichik bo’lsa simmetrik va 5% idan katta bo’lsa tizim nosimmetrik tizim deb hisoblanadi.
Quvvat transformatori
Laminatsiyalangan yadroQatlamli yadro transformatori
Bu elektr energiyasini uzatish va elektr tarmog'idagi kuchlanishni past kuchlanishli quvvatli elektron qurilmalarga aylantirish uchun elektr jihozlarida keng ishlatiladigan transformatorning eng keng tarqalgan turi. Ular mVt dan MVt gacha bo'lgan quvvat ko'rsatkichlarida mavjud. Izolyatsiya qilingan laminatsiyalar minimallashtiriladi oqim oqimi temir yadrodagi yo'qotishlar.Kichik maishiy texnika va elektron transformatorlar o'ralgan bobinni ishlatishi mumkin, bu esa o'rash o'rtasida yuqori darajada izolyatsiyani ta'minlaydi. To'rtburchak yadrolar shtamplardan iborat bo'lib, ko'pincha E-I shaklidagi juftliklarda, lekin ba'zida boshqa shakllardan foydalaniladi. EMI (elektromagnit parazit) ni kamaytirish uchun birlamchi va ikkilamchi orasidagi qalqonlarni o'rnatish mumkin yoki vaqti-vaqti bilan ekran sargisi ishlatiladi.Kichik maishiy texnika va elektron transformatorlarda a bo'lishi mumkin issiqlik uzilishi haddan tashqari qizib ketishining oldini olish uchun yuqori haroratlarda quvvatni o'chirish uchun sariqqa o'rnatilgan.
Toroidal
Toroidal transformator.Donut shaklida toroidal transformatorlar E-I yadrolari bilan taqqoslaganda joyni tejaydi va tashqi magnit maydonni kamaytirishi mumkin. Ularda halqa shaklidagi yadro, bu halqaga o'ralgan mis o'rashlar (va shu tariqa o'rash paytida halqadan o'tqazilgan) va izolyatsiya uchun lenta ishlatiladi.

Toroidal transformatorlar to'rtburchaklar transformatorlarga nisbatan pastroq tashqi magnit maydonga ega va ma'lum bir quvvat darajasi uchun kichikroq bo'lishi mumkin. Biroq, ularni tayyorlash uchun ko'proq mablag 'sarflanadi, chunki o'rash yanada murakkab va sekinroq uskunani talab qiladi.Ular yuvish vositasi va rezina yostiqchalar yordamida yoki qatronga solib qo'yish orqali markaz orqali murvat bilan o'rnatilishi mumkin. Bolt qisqa tutashuv burilishining bir qismini tashkil etmasligi uchun ehtiyot bo'lish kerak.


Foydalanilgan adabiyotlar


1.Rajabov.A, Muratov.X “Elektrotexnologiya”
2.Raxmatov.A Toshpo’latov.N “Elektrotexnik materiallar va elektr uskunalar montaji”
3. “Transformatorlar”
Yüklə 115,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin