Toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali kompyuter injiniringi fakult



Yüklə 84,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü84,71 Kb.
#185161
1   2   3   4   5
13-14-15

 
Algoritm
– berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar 
ketma-ketligi. 
Algoritm
keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda 
berilgan 
koʻrsatmalarni 
bajara 
oluvchi 
har 
qanday 
narsaga 
oiddir. 
 
Algoritm
, algorifm – maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan 
amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va 
matematikaning asosiy tushunchalaridan biri. O‘rta asrlarda sanoqning o‘nli tizimi bo‘yicha to‘rt 
arifmetik amal bajariladigan qoidani Algoritm deb atashgan. "Bu qoidalarni matematikaga 9-
asrda al-Xorazmiy kiritgan. Yevro-pada bunday qoidalar uning tugilgan yurtiga nisbatan 
lotinchalashtirilgan (Algoritmus yoki Algorithmus shaklida "algorizm" deyilgan), keyinchalik 
"algoritm"ga aylangan" (akad. A. N. Kol-mogorov). Fanda "Yevklid algoritmi", "G‘iyosiddin 
Koshiy algoritmi", "Laure algoritmi", "Markov algoritmi" deb ataluvchi A.lar maʼlum. A. 
tushunchasi tobora kengayib borib, kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi hisoblangan A.lar 
nazariyasi paydo bo‘ldi. 


 Oʻzbekiston Respublikasi da bir necha ilmiy tadqiqot muassasalari va hisoblash mar-
kazlarida A.dan foydalanish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda. Mas, O‘zbekiston Fanlar 
Akademiyasi "Kibernetika" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida, O‘zbekistondagi bar-cha 
universitetlarda, Toshkent davlat texnika untida, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqgisod va 
statistika vazirligi qoshidagi Hisoblash markazi va boshqa muassasalarda olib borilayotgan ishlar 
bunga misol bo‘la oladi. 
Inson hayoti davomida katta-kichik vazifalar yoki masalalarni hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib 
qo‘yadi. Odatda, u o‘z maqsadiga erishishi uchun bajarishi lozim bo'lgan amal yoki ishlarini 
hayotiy tajribasi yoki o'zlashtirgan bilimiga asos- lanib ma'lum bir tartibga keltiradi. Bunga 
hayotimizdan xilma- xil misollar keltirish mumkin. Demak, algoritm deganda, biror maqsadga 
erishishga qaratilgan ijrochi bajarishi uchun mo'ljallangan ko‘rsatma (buyruq)laming aniq, 
tushunarli va chekli ketma-ketligi tushuniladi. Bu algoritm tushunchasining matematik ta'rifi 
bo’lmasa ham intuitiv ma'noda algoritmning mazmunini ochib beruvchi tavsifidir. 
Algoritmni tasvirlashni turlicha usullari mavjud. Odatda biz masalani yechish algoritmini so‘zlar 
va matematik formulalar orqali ifodaladik. Lekin algoritm boshqa ko‘rinishlarda ham berilishi 
mumkin. Biz endi algoritmlarning eng ko‘p uchraydigan turlari bilan tanishamiz. Algoritmning 
so‘zlar orqali ifodalanishi. Bu usulda ijrochi uchun beriladigan har bir ko‘rsatma jumlalar, 
so‘zlar orqali buyruq shaklida beriladi. Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan 
matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlardagi formulalarni o‘rganishda foydalaniladi. Bu usulni 
ba’zan analitik ifodalash deyiladi. 3. Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishida algoritmlar 
maxsus geometrik figuralar yordamida tasvirlanadi va bu grafik ko‘rinishi blok-sxema deyiladi. 
4. Algoritmning jadval ko‘rinishda berilishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishdan ham ko‘p 
foydalanamiz. Masalan, maktabda qo‘llanib kelinayotgan to‘rt xonali matematik jadvallar yoki 
turli xil lotereyalar jadvallari. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning 
qiymatlari jadvali ko‘rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari 
sodda bo‘lgan tufayli ularni o‘zlashtirib olish oson. Men ushbu kurs ishimda algortimni asosan 
blok-sxemalar orqali ifodalaganman. 
Algoritmlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
- chiziqli algoritmlar; 
- tarmoqlanuvchi algoritmlar; 
- takrorlanuvchi yoki siklik algoritmlar; 
- ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar; 
- rekurrent algoritmlar; 
- takrorlanishlar soni oldindan no’malum algoritmlar; 
- ketma-ket yaqinlashuvchi algoritmlar. 



Yüklə 84,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin