Oʻzbekiston Respublikasi da bir necha ilmiy tadqiqot muassasalari va hisoblash mar-
kazlarida A.dan foydalanish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda. Mas, O‘zbekiston Fanlar
Akademiyasi "Kibernetika" ilmiy
ishlab chiqarish birlashmasida, O‘zbekistondagi bar-cha
universitetlarda, Toshkent davlat texnika untida, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqgisod va
statistika vazirligi qoshidagi Hisoblash markazi va boshqa muassasalarda olib
borilayotgan ishlar
bunga misol bo‘la oladi.
Inson hayoti davomida katta-kichik vazifalar yoki masalalarni hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘yadi. Odatda, u o‘z maqsadiga erishishi uchun bajarishi lozim bo'lgan amal yoki ishlarini
hayotiy tajribasi yoki o'zlashtirgan bilimiga asos- lanib ma'lum bir tartibga keltiradi. Bunga
hayotimizdan xilma- xil misollar keltirish mumkin. Demak,
algoritm deganda, biror maqsadga
erishishga qaratilgan ijrochi bajarishi uchun mo'ljallangan ko‘rsatma (buyruq)laming aniq,
tushunarli va chekli ketma-ketligi tushuniladi. Bu algoritm tushunchasining matematik ta'rifi
bo’lmasa ham intuitiv ma'noda algoritmning mazmunini ochib beruvchi tavsifidir.
Algoritmni tasvirlashni turlicha usullari mavjud. Odatda biz masalani yechish algoritmini so‘zlar
va matematik formulalar orqali ifodaladik. Lekin algoritm boshqa ko‘rinishlarda ham berilishi
mumkin. Biz endi algoritmlarning eng ko‘p uchraydigan turlari bilan tanishamiz. Algoritmning
so‘zlar orqali ifodalanishi. Bu usulda ijrochi uchun beriladigan har bir ko‘rsatma
jumlalar,
so‘zlar orqali buyruq shaklida beriladi. Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan
matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlardagi formulalarni o‘rganishda foydalaniladi. Bu usulni
ba’zan analitik ifodalash deyiladi. 3. Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishida algoritmlar
maxsus geometrik figuralar yordamida tasvirlanadi va bu grafik ko‘rinishi blok-sxema deyiladi.
4. Algoritmning jadval ko‘rinishda berilishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishdan ham ko‘p
foydalanamiz. Masalan, maktabda qo‘llanib kelinayotgan to‘rt xonali matematik jadvallar yoki
turli xil lotereyalar jadvallari. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning
qiymatlari jadvali ko‘rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan foydalanish
algoritmlari
sodda bo‘lgan tufayli ularni o‘zlashtirib olish oson. Men ushbu kurs ishimda algortimni asosan
blok-sxemalar orqali ifodalaganman.
Algoritmlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
- chiziqli algoritmlar;
- tarmoqlanuvchi algoritmlar;
- takrorlanuvchi yoki siklik algoritmlar;
- ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar;
- rekurrent algoritmlar;
- takrorlanishlar soni oldindan no’malum algoritmlar;
- ketma-ket yaqinlashuvchi algoritmlar.