1.3. O’quv jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanishni tadbiq etish
O‘zbekiston Respublikasi ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ da ta‘lim
muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustaxkamlash,
o‘quv tarbiya jarayonini yangi o‘quv uslubiy majmualar, ilғor pedagogik
texnologiyalar bilan ta‘minlash, ta‘lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta‘lim
tizimini jaxon axborot tarmoғiga ulanadigan kompyuter axborot tarmoғi bilan
to‘liq qamrab olish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, dasturda kadrlar
tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti
istiqbollaridan,
jamiyat
extiyojlaridan,
fan,
madaniyat,
texnika
va
texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan xolda qayta qurish
nazarda tutiladi deb ta‘kidlangan.
Axborot
texnologiyalari
jaxonda
jadal
sur‘atlar bilan rivojlanib
takomillashib borayotgan sohadir. Bu sohaning rivoji uchun bizni buyuk
ajdodlarimizning ilmiy kashfiyotlari asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu xaqida
prezidentimiz I.A. Karimov o‘zining ―YUksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖
asarida quyidagi fikrlarni keltiri bo‘ladi:‖ … shu nuqtai nazardan qaraganda
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning
ibratli xayoti va ilmiy faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiyot kashfiyotlari bugun ham
jaxon abgor ommasini xayratga solayotganini ғurur bilan ta‘kidlash lozim‖. Ta‘lim
isloxotlari amalga oshirilayotgan xozirgi davrda har bir fanni o‘qitish mazmunini
qayta tahlildan o‘tkazish va buni tubdan islox qilish nuqtai nazardan yondashuv
zarur bo‘ladi. O‘qitish tizimida ―Axborot texnologiyalari va ulardan foydalanish‖
ning asosiy maqsadi – o‘quvchi va talabalarga axborotlarni qayta ishlash
texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlari xaqida puxta va ongli ravishda
13
o‘zlashtirish uchun bilim asoslarini berishni ta‘minlashdan, ularga o‘quv va ish
faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko‘nikma va malakalarini
berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz
taraqqiyotiga qo‘shadigan xissasi to‘ғrisida tasavvur xosil qilishdan iborat. Ta‘lim
tizimida axborot, innovatsion va pedagogik texnologiyalarni o‘rganishga ajratilgan
soatlarni talabalarga shunday yetkazish kerakki, ular bu kurslardan so‘ng bemalol
axborot kommnikatsiya texnologiyalari hamda pedagogik texnologiyalardan ishlab
chiqarish jarayonida foydalana oladigan bo‘lishlari lozim.
Talabalarga beriladigan bilim, ko‘nikma va malalkalar bazasida iloji boricha
nazariy qismi, ya‘ni ―Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va ularning turlari.
Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlari. Microsoft
Office dasturlaridan foydalanish hamda innovatsion axborot texnologiyalari hamda
yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishlarni ham nazarda tutadi. Mashғulot
(dars) o‘tish uchun zarur o‘quv materiallarni tayyorlash va qayta ishlash‖ va
―Ta‘lim jarayoni sifatini aniqlovchi dasturlar. Talabalar bilimini baxolash va
nazorat (test) dasturiy ta‘minot turlari va ulardan foydalanish metodikasi‖
mutaxassislar tomonidan ma‘ruza- suxbat tarzida o‘tiladi. Tayanch manbalar
bazasida o‘tiladigan axborot kommunikatsiya texnologiyalari to‘liғicha amaliy
mashғulot tariqasida o‘tilib asosan: fanda axborot kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish, ―MS Word ‖ dasturida elektron dars ishlanmalarini
yaratish, ―MS Excel‖ dasturi yordamida statistik ma‘lumot va materiallarni qayta
ishlash, ―MS Power Point ‖ dasturi yordamida dars (mashғulot) taqdimotlarini
yaratish texnologiyalarini, ―Paint ‖ dasturi yordamida har xil chizma va shakllarni
ishlab chiqish talabalarga to‘liq o‘rgatiladi.
Bu yerda asosiy maqsad talabalarga yuqorida nomlari keltirilgan dasturlarni
to‘liq o‘zlashtirgan xolda ishlab chiqarishda bu dastur materialllari va
ma‘lumotlaridan foydalanishlaridan iborat. Bu asosiy maqsad sifatida kun tartibida
doimiy
turadi.
Qachonki,
talabalar
kompyuter
texnikasidan,
axborot
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni mukammal o‘rganib, olgan
bilimlarini mustaxkamlashda, ulardan tegishli xulosalar chiqarishda, kompyuter
14
grafikalaridan foydalanishda, axborot kommunikatsiya materiallaridan o‘quv
jarayonida foydalanish tizimlarini o‘rganib olmagunlaricha. O‘zimizga ma‘lumki
xozirgi zamonda axborot kommunikatsion texnologiyalarisiz, yangi pedagogik,
innovatsion texnologiyalarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Oliy ta‘lim professor-
o‘qituvchilariga pedagogik texnologiyalardan foydalanish interfaol usullarda darsa
(mashғulot) o‘tishni o‘rgatishdan asosiy maqsad, pedagoglar bu usullarni o‘rganish
davomida pedagogik texnologiyalar bo‘yicha barcha o‘zlashtirgan innovatsion
texnologiyalarni (interfaol usullarni) mutaxassislik bo‘yicha o‘tiladigan fan
mavzulariga tadbiq qilgan xolda dars (mashғulot) olib borishga o‘rgatishdan iborat.
Bu o‘rinda Farғona politexnika instituti. Geodeziya, kartografiya va kadastr
yo‘nalishi talabalariga ta‘lim-tarbiya berishda kafedra professor-o‘qituvchilari
internet ma‘lumotlaridan,
GPS qurilmasi materiallaridan. elektron taxiometr yordamida amallar
bajarish bo‘yicha texnologik materiallardan keng ko‘lamda foydalanmoqdalar.
Kafedra professor-o‘qituvchilarning sa‘yi harakatlari natijasida talabalarda
mutaxassislikka nisbatan qiziqish rivojlanib bormoqda.Ta‘lim jarayoniga
pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarini kirib kelishi o‘z navbatida
ularda ma‘lumotlar olish, berish, jo‘natish tizimlarini mukammal o‘rganib
olishlariga olib keldi va bu xolat shu kunlarda ham davom etmoqda. YUqoridagi
kabi bu masala ham fan o‘qituvchilari va uquvchi-talabalar pedagogik
texnologiyalarni to‘liq o‘zlashtirib olmagunlarigacha kun tartibidan yechilmaydi.
Chunki, axborot, innovatsion, kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish uni
amaliyotda qo‘llashni o‘rganish shu kunning dolzarb masalalaridandir.
Dostları ilə paylaş: |