Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakultet agroiqtisodiyot va turizm kafedrasi


“ Ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix14.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#179583
1   2   3   4   5   6   7   8   9
agrobiznesni tashkil etish islombek mustaqil ish


Ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi

o'zi qanday tushuncha
ekanligiga aniqlik kiritib olishimiz lozim. Odatda tarmoq so'zi iqtisodiy
nuqtai-nazardan yagona bir soha doirasida amal qiladigan ammo, ishlab
chiqarishning biron bir tugallangan, alohida mahsulot yetishtirish
maqsadlariga bo'ysindirilgan yo'nalishiga aytiladi. Bunda ko'pincha asosiy
va qo'yimcha tarmoqlar ajratib olinadi.
“Ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi

– fermer xo'jaligi tashkil etilishi paytida yer uchastkalarini uzoq muddatli
ijaraga olish shartnomasida belgilangan asosiy ixtisoslashuv yo'nalishidan
boshqa sohalarda ishlab chiqarishni tashkil etib mahsulot ishlab
chiqarishni yo'lga qo'ygan fermer xo'jaliklari hisoblanadi. Masalan,
qishloq xo'jaligi alohida soha hisoblanadigan bo'lsa, uning asosiy
tarmoqlari sifatida o'simlikchilik va chorvachilik yo'nalishlari qabul
qilingan. Har bir tarmoq o'z o'rnida yana kichik tarmoqlarga bo'linib
boradi. Demak,
“ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi

ning asosiy tarmog'i
sifatida – fermer xo'jaligi tashkil etilishi paytida yer uchastkalarini uzoq
muddatli ijaraga olish shartnomasida belgilangan asosiy ixtisoslashuv
yo'nalishi qabul qilinishi to'g'ri bo'ladi.
Masalan, paxta-g'allachilik
yo'nalishidagi fermer xo'jaliklarida asosiy tarmoq bu paxta va g'alla
yetishtirish hisoblansa,sabzavotchilik fermer xo'jaliklarida asosiy tarmoq
sabzavot mahsulotlari yetishtirish hisoblanadi.


Asosiy qism :
2.Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarining iqtisodiy samaradorligi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat oldida turgan iqtisodiy va ijtimoiy
masalalarni hal qilishning asosiy omillaridan biri mehnat unumdorligini
oshirish hamda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama
yuksaltirishga erishishdan iboratdir. Ijtimoiy mehnat unumdorligini
oshirishda ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va ishlab chiqarish
munosabatlarining
xarakteriga
bog'liq
bo'lgan
ishlab
chiqarish
faoliyatining
natijalari
mujassamlangan.
Fermerning
mehnat
unumdorligiga ta'sir etuvchi omillar: moddiy-texnika omilari (texnika
jarayoni, tabiat resurslarining xarakteri, ishlab chiqarish jarayonlarini
kompleks
mexanizatsiyalash,
elektrlashtirish,
avtomatlashtirish
va
boshqalar) shaxsiy omillar, (xodimlarning ixtisosi, malakasi, tadbirkorligi)
ijtimoiy mehnatning qanday tashkil qilinganligini ko'rsatuvchi omillar
(ixtisoslashtirish,
kooperatsiyalashtirish,
ishlab
chiqarishni
kombinatsiyalashtirish,korxonalarda
mehnatni
bozor
sharoitlarida
shakllantirish)tabiiy omillar (ob-havo sharoiti, suv, issiqlik temperaturasi
va boshqalar) guruhiga bo'lish mumkin.



Fermer xo'jaligida mehnat unumdorligini oshirish omillaridan biri ishlab
chiqarishni kompleks mexanizatsiyalashga o'tishni tezlashtirishdir.Ko'p
tarmoqli fermer xo'jaligida mehnat unumdorligini oshirishda ishlab
chiqarishni fan-texnika taraqqiyoti va ilg'or tajriba yutuqlarini hisobga
olgan holda intensiv rivojlanadi. Fermer ishlab chiqarishining fond va
energiya bilan qurollanish darajasining orta borishi natijasida mahsulot
birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti tejaladi, mehnat sarfi
kamayib har bosh chorvadan olinadigan mahsulot miqdori, har gektar ekin
maydonidan olinadigan hosil miqdori ortib, oqibatda mehnat unumdorligi
oshadi.Fermer
xo'jaliklari
mol-mulkining
shakllanish
manbalari
quyidagilar: xo'jalik a'zolarining pul va moddiy mablag'lari; mahsulot
(ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan, shuningdek, faoliyatining boshqa
turlaridan olingan daromadlar; qimmatli qog'ozlardan olingan daromadlar;
kreditlar; yuridik va jismoniy shaxslarning beg'araz hayriya va boshqa
badallari, ehsonlari; qonunlarda taqiqlanmagan boshqa manbalar.



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin