27
daromadlar soliqqa tortish obekti hisoblanadi. Soliqqa tortiladigan daromadlarga
quydagilar kiradi: O‘zi ishlab chiqargan yoki chetdan harid qilingan mahsulotni
sotishdan olingan daromadlar; Istemol qiymatini qo‘yish, shuningdek yangi qiymat
bilan bog‘liq ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish hajmi; O‘z istemoli uchun subyekt
ichida sotilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarga doir xarajatlar, ularning xarajatlari
mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxiga kiritilmaydi, shu jumladan o‘z xodimlariga
tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatishga doir hamda boshqa tovarlarni sotishga doir
summalar; Bevosita pu to‘lovisiz, boshqa tovarlarga ayriboshlash uchun junatilgan
tovarlarga doir summalar;
Tovarlarni boshqa subyektlar yoki jismoniy shaxslarga tekinga yoki qisman haq
to‘lash evaziga berishga doir summalar;
O‘zbekiston Respublikasi hududida chetdan keltirilgan tovarlar (ishlar,
xizmatlar) ni chet el valyutasida sotishga doir summalar; - Subyektlar o‘z
haridorlariga tovarlar (ish, xizmatlar) sotishda moliyaviy yordam shaklida oladigan
yoki daromadni oshirishga yunaltiriladigan pul mablag‘larining summasi.
Dostları ilə paylaş: