36
5. Korxonalar zaxiralari va xarajatlarining dinamik va tarkibiy ko‘rsatkichlari.
Tahlil qilinayotgan korxonalar har xil bo‘lishi mumkin jumladan:
- xajmi bo‘yicha — mayda, o‘rta va yirik korxonalar, bu holat moliyaviy
tahlilning yo‘nalishlari va chuqurligiga ta’sir ko‘rsatadi;
- har xil texnologiyaga ega bo‘lib, turli tarmoqlarga tegishli bo‘ladi.
Bu holat
korxonalarni asosiy va aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanishiga tasir ko‘rsatadi;
- korxonalar o‘zining mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini o‘zi va majburiyatlar
hisobidan har xil darajada qoplashi mumkin.
Ular hammasi korxonalarning umumiy,
iqtisodiy, moliyaviy faoliyatiga, albatta,
ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli moliyaviy holatni tahlil qilishda umumiy baholash
o‘tkaziladi.
Har
bir tahlilchi, auditor korxonalarning moliyaviy faoliyatini tahlil qilishdan
oldin uning umumiy faoliyatini ko‘rib chiqadi. Buning uchun umumiy mutlaq
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: