Ishsizlik – Iqtisodiy faol aholi bir qismining o’z ishchi kuchidan foydalana olmasligini namoyon etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy xodisa. Mehnatga layoqatli bo’lib , ishlashni xoxlagan , lekin ish bilan ta’minlanmaganlar ishsizlar deyiladi.
Ishsizlik turlari
Friksion
Tarkibiy
Siklik
Institutsional
Tehnologik
Regional
Yashirin
Turg’un
Bir ishdan bo’shab yangi ishga joylashganga qadar bo’lgan davrdagi ishsizlik friksion yani oraliq ishsizlik deyiladi.
Yangi kasb va mutahasislikni o’zlashtirib yoki boshqa joyga ko’chib o’tib , yangi ishga joylashganga qadar bo’lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deyiladi.
Siklik ishsizlik- Iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog’liq bo’lib , u ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabni qisqarishi natijasida vujudga keladi.
Institutsion ishsizlik-ishchi kuchi bozori infratuzilmasi , yani ishchi kuchini ish bilan ta’minlashaga xizmat ko’rsatuvchi muassasalarni yetarli darajada rivojlantirilmaganligi yoki samarali faolyat ko’rsatmaganligi natijasida vujudga keladi.
Hududiy ishsizlik muayyan xududning tarixiy , demografik , madaniy va ijtimoiy-ruhiy xususiyatidagi bir qator ko’mpleks omillar ta’siro ostida ishchi kuchi talabi va taklifi o’rtasidagi mutonosiblik natijasi hisoblanadi.
Tehnologik ishsizlik-ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologyalarni kirib kelishi natijasida vujudga keladi.
Yashirin ishsizlik – ish kuni yoki ish haftasi davomida to’liq band bo’lmaslik xisoblanadi.
Turg’un ishsizlik mehnatga layoqatli aholining ish joyini yo’qatgan , ishsizlik bo’yicha nafaqa olish huququdan mahrum bo’lgan va faol mehnat faolyatiga hech qanday qiziqishi bo’lmagan qismini qamrab oladi.
Iqtisodiyotda ishlashni xoxlaganlar va ishlay oladiganlar uchun yetarli miqdorda ish joyini yaratish holatiga ega bo’lmasa maxsulot ishlab chiqarish potensial imkoniyati bir qismi yo’qatiladi. Bu yo’qotish yalpi ichki mahsulotni orqada qolishini ko’rsatib beradi.
Ouken qonuniga asosan – agar ishsizlikni xaqiqiy darajasi uning tabiy darajasidan 1 % ga ortiq bo’lsa , YaIM hajmining orqada qolishi 2.5 % ni tashkil qilishini ko’rsatadi.
Ishsizlikning ijtimoiy oqibatlari
Ishsizlikning bazi turlarini uzoq muddatli tavsifi ichshilarning o’z malakasini yo’qotishi hamda daromadi va ijtimoiy mavqeyi jihatdan past toifaga o’tib qolishiga olib keladi.Natijada uzoq davom etgan surunkali ishsizlik millatning ruhiy sog’lomligiga putur yetkazadi. Bu esa mamlakatda jinoyatchilikning o’sishi va ijtimoiy keskin darajani kuchayishiga olib keladi.