Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


-jadval Qurilish materiallari ishlab chiqarishning rivojlanishi15



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə8/16
tarix26.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#198197
növüReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Z.Usubjonov Avtoreferat 13 .12.2023

1-jadval
Qurilish materiallari ishlab chiqarishning rivojlanishi15

Hududlar

Ishlab chiqarish hajmi

Aholi jon boshiga ishlab chiqarish

2017 yil
(mlrd so’m)

2022 yil
(mlrd so’m)

O’zgarish nisbati, %

2017 yil (ming so’m)

2022 yil (ming so’m)

O’zgarish nisbati, % da

O’zbekiston

8069,0

25523,1

3,1 m

251,2

723,6

2,9 m

Namangan

193,2

797,9

4,1m

72,8

272,2

3,7 m

2017-2022 yillarda Namangan viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi 4,1 barobarga oshgan bolsa, respublikada bu ko’rsatkich 3.1 barobarni tashkil etgan. Aholi jon boshiga qurilish materiallari ishlab chiqarishda Namangan viloyati ko’rsatkichi respublikadan sezilarli darajada past bo’ldi. Respublikaning qurilish materiallari ishlab chiqarish ko’rsatkichida Namangan viloyati ulushi 2017 yil 2.4 %, 2022 yil bu ko’rsatkich 3.1 % ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga qurilish materiallari ishlab chiqarish ko’rsatkichi viloyatda 2022 yil davomida respublika ko’rsatkichidan 451.4 ming so’mga kamligi bo’ldi. Ammo 2017 yil holati bilan solishtirganda viloyat ko’rsatkichi respublika ko’rsatkichidan yuqori darajada o’sishni tashkil etgan.


2-jadval
Ishlab chiqarilgan ayrim turdagi qurilish
materiallari tarkibi tahlili,16 2021yil



Viloyatlar

Jami qurilish materiallari

Jumladan

Sement

Deraza oynasi

Shifer

Qurilish g’ishti

Hajmi mlrd.so’m

jamidagi

ming tonna

jamidagi ulushi %

ming metr kv.

jamidagi ulushi %

mln. shartli plitka

jamidagi ulushi %

mln. dona

jamidagi ulushi %

ulushi %

1

Namangan

693,6

3

14,2

0,1

-



1,6

0,4

55,6

5

2

Andijon

769,6 

3.4 

75,7

0,6

-

-

13,9

3,8

45,3

4

3

Farg’ona

854,7 

3.7 

1576,2

12

12229

66

228,1

62

84,4

7,6


Jami
O’zbekiston

23030

100 

13043,3

100

18556,2

100

367,7

100

1114,8

100

Vodiy viloyatlarining qurilish materiallari ishlab chiqarish ko’rsatkichi tahlil etilganda 2021 yil Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan qurilish materiallarining respublikada ulushi 3 foizni tashkil etib, bunda ishlab chiqarilgan sement 0,1 foizni, shifer 0,4 foizni, qurilish g’ishti 5 foizni tashkil etdi. Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi Namanganda 693.6 mlrd.so’m bo’lsa Farg’onada 854.7 va Andijonda 769.6 mlrd.so’mlik qurilish materiallari ishlab chiqarilgan. Farg’ona va Andijon viloyatlarida qurilish materiallari ishlab chiqarish Namangan viloyatiga qaraganda yaxshi rivojlangani yuqoridagi jadvalda berilgan ko’rsatkichlarda ham o’z ifodasini topgan. Ishlab chiqarilgan deraza oynasining 66 foizi, shiferning 62 foizni aynan Farg’ona viloyatida ishlab chiqarilgan.


3-jadval
2017-2022-yillarda qurilish materiallari eksport va import ko’rsatkichlari tahlili17
mln AQSh.doll

Ko’rsatkich lar

Hududlar

2017

2018

2019

2020

2021

2022

O’zgarish nisbati, % da

Eksport

O’zbekiston

152,7

70,9

90,6

140,9

211,2

299,5

190

Namangan

0,3

0,9

1

1, 9

4,1

6,7

22,3 m

Import

O’zbekiston

967,9

1200,8

1330,0

1187,0

1381,7

1653,1

170

Namangan

29,9

49,3

43,3

45,3

52,1

57,7

190

2017-2022 yillarda O’zbekistonda qurilish materiallari eksporti 1,9 barobarga o’sgan bo’lishiga qaramay importi ko’rsatkichi sezilarli darajada yuqori bo’lgan. Ushbu davrda qurilish materiallari importi 1,7 barobarga o’sgan. Namangan viloyatida qurilish materiallari eksporti mazkur davrda 23,8 barobarga o’sishga erishgan. Import esa 2 barobarga ko’paygan. 2022-yilda respublika qurilish materiallari eksporti tarkibida Namangan viloyati ulushi 2,2 foizni tashkil etgan bo’lsa, qurilish materialari importi tarkibida 3,5 foizni tashkil etgan.


2017-2022-yillarda Namangan viloyatidan eksport qilingan qurilish materiallari mamlakatlar bo’yicha tahlil etilganda quyidagi holat o’rganildi, Namangan viloyatidan qurilish materiallari eksportining asosiy qismi Tojikiston 4.6 %, Ozarbayjon 6.5 %, Qozog’iston 7%, Qirg’iziston 12 %, Rossiya Federatsiyasi 33 % davlatlariga to’g’ri kelgan. 2017-2022-yillarda Namangan viloyati qurilish materiallari importi tarkibida Turkiya 4,1 %, Qirg’iziston 5,6 %, Qozog’iston 8,1 %, Xitoy 9,8 %, Rossiya Federatsiyasi 61,6 % ushbu davlatlar ulushiga to’g’ri kelgan.
Qurilish materiallarigi bo’lgan talabni hech bir hudud o’z ichki materiallari hisobidan qondira olmaydi. Chunki qurilish materiallari ishlab chiqarishni joylashtirish uchun lozim bo’ladigan talablar barcha hududlarda birdek uchramaydi (1-rasm).

1-rasm 2022 yilda O’zbekistonda qurilish materiallariga bo’lgan ichki talabni mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ta’minlanish darajasi18
Tadqiqot oldiga qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida so’rovnomadan foydalanilgan bo’lib, unga ko’ra Namangan viloyatida qurilish ishlari sifatini oshirishda qurilish materiallari bozori bilan bog’liq bo’lgan muammolarni o’rganish, tahlil qilish va tegishli xulosa va tavsiyalar tayyorlash maqsadida, muallif ishlab chiqqan maxsus dastur asosida anketa so’rovi o’tkazildi hamda quyidagi javoblar olindi.


2-rasm Qurilish firmalari tomonidan import tovarlardan foydalanish darajasini ekspert baholash19

So’rovnama natijalariga ko’ra ishtirok etgan qurilish firmalari tomonidan «qanday turdagi import materiallardan ko’proq foydalaniladi» degan savolga olingan javoblar yuqorida keltirilgan bo’lib, unga ko’ra bino ichki qismini pardozlash ishlari uchun foydalaniladigan qurilish materiallarining ko’proq qismi import tovarlar ulushiga to’g’ri kelar ekan.







3-rasm «Qurilish ishlari tannarxini pasaytirishda qaysi omillar ta’sir ko’rsatadi» savoliga berilgan javoblar20

Mamlakatimizda qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o’zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Keyingi yillarda mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarning eksport qilinayotgan mahsulotini sertifikatlashtirish bo’yicha xarajatlari O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining eksportni rivojlantirish agentligi tomonidan qoplanishi kabi imtiyozlar joriy etildi.Qurilish materiallari eksport salohiyatini oshirish maqsadida 2021 yilda 505 ta, jumladan, avtoklav gazobeton yoki ochiq tuzilishli yengil to’ldirgichdan yig’ma temirbeton elementlar, bruschatka va bordyorlar, issiqlik izolyasiyalash materiallari va mahsulotlari, beton va tegishli mahsulotlar, markaziy isitish va markaziy sovutishning yig’ma tizimlari, binolar va qurilish komponentlarining issiqlik tavsiflari, qurilish oynasi bo’yicha xalqaro EN standartlar qabul qilinadi. Shu bilan birga, 2021 yilda tosh, gips va keramikadan tayyorlangan mahsulotlar xavfsizligi to’g’risida, temir-beton, beton konstruksiyalar xavfsizligiga qo’yiladigan talablar, keramik sanitar-texnik mahsulotlarga qo’yiladigan xavfsizlik talablari bo’yicha umumiy texnik reglamentlar hamda polimerlar va ulardan olinadigan mahsulotlarning xavfsizligi to’g’risida maxsus texnik reglamentlar qabul qilindi.


Sifatli va xavfsiz yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarishga joriy qilish maqsadida qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo’yicha keyingi uch yilda qabul qilingan xalqaro standartlar 4 barobarga ko’paydi. Qurilish materiallari tarmog’i keyingi o’n yillikda  iqtisodiyotning «drayver» sohalaridan bir bo’lib qolmoqda.
2021 yilning 31 dekabriga qadar davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash orqali qabul qilinadigan qurilish materiallari sohasidagi xalqaro standartlar 1387 tani tashkil qildi. Jumladan 2019 yilda 340 ta, 2020 yilda 542 ta va 2021 yil davomida 505 ta xalqaro standartlar qabul qilindi.21
Dissertatsiyaning «Qurilish materiallari bozori rivojlanishida marketing konsepsiyalaridan foydalanishni takomillashtirish» deb nomlangan uchinchi bobida viloyatda qurilish materiallari elektron savdosini rivojlantirish bo’yicha takliflar asoslandi, Namangan viloyati qurilish materiallari sanoatini zamonaviy yo’nalishlarda rivojlantirish uchun klaster modeli yaratildi, qurilish materiallari bozorini rivolanishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlanib, ularning 2026 yilgacha bo’lgan ko’rsatkichlari prognoz qilindi.
Disseratsiya uchinchi bobining birinchi qismida qurilish materiallari elektron savdo platformasi samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar berilgan.





4-rasm Qurilish firmalari tomonidan faoliyatini amalga oshirish jarayonida qurilish materiallarini sotib olish usullaridan foydalanish bo’yicha qo’yilgan savolga javoblar tahlili22

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin