Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. Jizzax viloyati baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi



Yüklə 211 Kb.
səhifə8/12
tarix20.09.2022
ölçüsü211 Kb.
#63827
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Abdurahmonov Do’stmuhammad Akbar o‘g‘li

AS

=

------------------------

x DBS










CHBS







AS — amortizatsiya summasi;
AQ — aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati;
DBS — mazkur davrdagi birliklar soni;
CHBS — aktivning butun foydali xizmat muddati uchun hisoblab chiqilgan (chamalangan) birliklar soni.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash usuli amortizatsiya (eskirish) faqat foydalanish natijasi bo‘lib hisoblanishigagina asoslanadi va davrning bir qismi uning hisoblanish jarayonida biror-bir rolь o‘ynamaydi.
Aktivdan intensiv foydalanilganda, ayniqsa ilmiy-texnikaviy jarayonning katta ta’sirida aktiv eskirishini jadallashtirilgan amortizatsiya usullari asosida hisoblash maqsadga muvofiqdir.
Kamayib boruvchi qoldiq usuli hisoblanadigan amortizatsiya summasini aktivning foydali xizmat muddati mobaynida kamayishini anglatadi. Ushbu usulda teng maromli usulida foydalaniladigan me’yorga qaraganda ikki baravar oshirilgan amortizatsiya me’yori olinadi.
Nomoddiy aktivlarga nisbatan qo‘llaniladigan amortizatsiya usuli vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqilishi lozim, agarda ushbu aktivlardan iqtisodiy foyda olishning taxmin qilinayotgan chizmasida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lgan holda, usul ushbu o‘zgarishlarni aks ettirish uchun o‘zgartirilishi va buxgalteriya baholarida o‘zgarishlar sifatida aks ettirilishi lozim, joriy va kelgusi davrlar amortizatsiya ajratmalariga esa tuzatish kiritilishi lozim.
Sotib olingan, shuningdek tashkilotning o‘zida yaratilgan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi (tannarxi) va ularga qilingan barcha xarajatlarining to‘liq summasida, jumladan mazkur nomoddiy aktivlarni yetkazib berish va o‘rnatish, ishga tushirish va boshqa shu bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi.
Jumladan, sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq huquq egasi (sotuvchi)ga to‘langan summalar;
huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish) munosabati bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari, patent bojlari va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;
bojxona bojlari va yig‘imlari;
nomoddiy aktivlarni sotib olish munosabati bilan to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalari (agar ular qoplanmasa);
nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘langan summalar;
nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga to‘lanadigan haqlar;
nomoddiy aktivlar obyektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar;
aktivdan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar.
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar, sotib olish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida haqiqiy xarajatlar sifatida hisobotlarda aks ettiriladi.
Tashkilotning o‘zi tomonidan yaratilgan (ishlab chiqilgan) nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati ushbu nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi.
Nomoddiy aktivlar chet el valyutasi hisobiga sotib olinishida sotib olinayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati operatsiya sodir etilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha chet el valyutasini so‘mga hisoblab o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi.
Sotib olingan nomoddiy aktivlarning qiymati (sotib olish narxi, shuningdek yetkazib berish va boshqa qo‘shimcha xarajatlar) hisobda 080 “Nomoddiy aktivlarga xarajatlar” subschyotining debetiga va 15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” schyotining tegishli subschyotlari kreditiga yoziladi. Nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati bo‘yicha kirim qilinishi 030 “Nomoddiy aktivlar” subschyotining debetiga va 080 “Nomoddiy aktivlarga xarajatlar” subschyotining kreditiga yoziladi.
Boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan beg‘araz olingan nomoddiy aktivlar hisobda mazkur nomoddiy aktivning buxgalteriya hisobiga kirim qilish vaqtida belgilangan tartibda aniqlangan joriy bozor qiymati bo‘yicha 080 “Nomoddiy aktivlarga xarajatlar” subschyotining debetiga va 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyotining kreditiga yoziladi. Agarda, ushbu nomoddiy aktiv bo‘yicha yetkazib berish va ishchi holatga keltirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar amalga oshirilsa, u holda ushbu xarajatlar mazkur nomoddiy aktivning qiymatini oshiradi va hisobda 080 “Nomoddiy aktivlarga xarajatlar” subschyotining debetiga va 15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” yoki boshqa tegishli schyotlarning subschyotlari kreditiga yoziladi. Nomoddiy aktivning qiymati bo‘yicha kirim qilinishi 030 “Nomoddiy aktivlar” subschyotining debetiga va 080 “Nomoddiy aktivlarga xarajatlar” subschyotining kreditiga yoziladi.
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan nomoddiy aktivlar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga o‘xshash nomoddiy aktivlarning bozor qiymati bo‘yicha ularning haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi), belgilangan tartibda tashkilot hisobiga qabul qilinadi hamda buxgalteriya hisobida 030 “Nomoddiy aktivlar” subschyotining debetida va 273 “Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlar foydalanishga yaroqsiz holga kelguniga qadar hisobda aks ettiriladi. Foydalanishga yaroqsiz holga kelgan nomoddiy aktivlar belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.

XULOSA
Nomoddiy aktivlar asosiy vositalar bilan birga uzoq muddatli investitsiyalarning ob’ektlari bo‘lib, amortizatsiyalanadigan mol-mulkning bir qismi hisoblanadi va ularning hisobi asosan asosiy vositalarning hisobi bilan mos keladi. Nomoddiy aktivlarni hisobga olishning asosiy qoidalari bo‘lib tan olish (e’tirof etish) paytini belgilash, balans qiymati va foydali xizmat muddatini baholash, amortizatsiyani hisoblash usullarini belgilash, balans qiymatidagi boshqa o‘zgarishlarni baholash va hisobga olish hamda ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash, shuningdek ular bo‘yicha axborotlarni moliyaviy hisobotda ochib berish tartibi hisoblanadi. O‘zR 7-son BHMS “Nomoddiy aktivlar”ga muvofiq aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak: a) moddiy-ashyoviy tuzilish (shakl)ga ega bo‘lmasligi; b) aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funktsiyalari uchun uzoq muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u 12 oydan oshadigan bo‘lsa, oddiy operatsion tsikl mobaynida foydalanish. Bunda aktivning qiymati bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqi miqdorining kamida ellik baravarini tashkil qiladi. Korxona rahbari nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olish maqsadida hisobot davri uchun aktivlar qiymatining kamroq chegarasini belgilashga haqli; c) korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo‘ljallamaydi; d) ishonchlilik, ya’ni korxonada aktiv va unga bo‘lgan mutloq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar (patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasi) ning mavjudligi; e) identifikatsiyalash imkoniyati. Nomoddiy aktiv identifikatsiyalanadigan bo‘lib hisoblanadi, agarda u quyidagi mezonlardan biriga muvofiq kelsa: a) ajraladigan bo‘lsa, ya’ni uni korxonadan ajratib bo‘lsa hamda sotish, berib yuborish, ijaraga berish, alohida yoki ular bilan bog‘liq aktiv, kontrakt yoki majburiyat bilan birga ayirboshlash (gudvilldan tashqari) mumkin bo‘lsa. Agar EHM (elektron hisoblash mashinalari) uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning (shu jumladan o‘rnatilmagan) tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy aktiv ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vosita bilan birga qaraladi. Agar EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning tarkibiy qismi hisoblanmasa va mutloq huquq korxonaga tegishli bo‘lsa, u nomoddiy aktiv hisoblanadi; b) ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan yoxud boshqa huquq va majburiyatlardan ajraladigan bo‘lishidan qat’i nazar, shartnomaviy va boshqa yuridik huquqlardan paydo bo‘ladi. Kelgusida korxonaning nomoddiy aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda olish ehtimoli faqatgina quyidagi holda mavjud bo‘ladi: a) aktivning kelgusida korxonaning iqtisodiy foydasi (daromadi)ning ko‘paytirishga qodirligi, shuningdek korxonaning aktivdan ushbu maqsadda foydalanish niyati isbotlanganda; b) korxona kutilayotgan kelgusidagi iqtisodiy foydani topa olishi uchun etarlicha resurslar mavjud bo‘lganda yoki ularning hammabopligini isbotlash mumkin bo‘lganda. Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi birligi bo‘lib inventar ob’ekti hisoblanadi.



Yüklə 211 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin