Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə39/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

Rakker tizimiga muvofiq xodimlarning barchasiga xarajatlar ulushini shartli - sof mahsulot qiymatidagi normativlarga nisbatan kamaytirganlik uchun jamoa mukofatlari to‗lash nazarda tutiladi.
Bir qator Yevropa mamlakatlarida jamoa tarzida mukofotlashning bir qator ko‗rinishlari tadbiq etilgan bo‗lib, ularga mukofotlarning miqdori mahsulot hajmi va uning sotilishining ortishiga, mehnat unumdorligining o‗sishiga olib keladi. Bu narsa o‗z navbatida korxona xodimlarini keragidan ortiqcha qismi paydo bo‗lishini va ularni ishdan bo‗shatish bilan bog‗liq qilib qo‗yadi.
Yaponiyada moddiy rag‗batlantirish tizimi G‗arb mamlakatlaridagiga nisbatan boshqacharoq. Yaponiya firmalarida xodim mehnatiga haq to‗lash darajasi uning mehnatga iqtisodiy rag‗bati natijalari bilan bog‗lanmay, balki, bevosita, uning hayotiy ehtiyojlarini qondirish orqali amalga oshiriladi. Ish haqining miqdori ―ish kuchini qayta tiklash hayotiy sikli‖ konsepsiyasi asosida aniqlaniladi, bunda xodim hayotining turli davrlaridagi ehtiyojlari darajasiga asoslaniladi. ―Umrbod ish haqi‖ning mohiyati shundan iboratki, yapon firmasida faqat mehnatning o‗zigina emas, balki xodimning butun ijodiy imkoniyatlari ham rag‗batlantiriladi. Qisqa xulosalar
IRMda mehnat resurslari bozorini o‗rganish nihoyatda muhim. Mehnat bozori kishilarga o‗z qobiliyatlari va ko‗nikmalariga yarasha ish topish, ish beruvchilarga - tashkilotga zamr bo‗lgan xodimlami yollash imkoniyatini beruvchi usullar, ijtimoiy mexanizmlar va tashkilotlardir. Bu yerda talab va taklif qonunining amal qilishi natijasida ish kuchi (tovar) bahosi, ya'ni ish haqi shakllanadi. Hozirgi vaqtda ish kuchi oldi-sottisining ikki asosiy mexanizmi: mehnat kontraktlari va jamoaviy shartnomalar ishlatiladi.

Tayanch iboralar


Mehnat resurslarini rejalashtirish, mehnat resurslarini boshqarish bosqichlari, mehnat bozori, mehnat shartnomasi, ijtimoiy bozor iqtisodiyoti, kasaba uyushmalari, ish haqi va imtiyozlar.

Nazorat va mulohaza uchun savollar


  1. Mehnat resurslarining shakllanish va rivojlanish jarayonini xarakterlang.

  2. Mehnat bozori mohiyati nimalardan iborat?

  3. Zamonaviy mehnat bozori xususiyatlarini ko‗rsatib bering.

  4. Mehnat bozori strukturasi qanday?

  5. Hozirgi paytda mehnat resurslari bozori tendensiyasi qanday?

  6. Ijtimoiy bozor iqtisodiyoti deganda nimalami tushunasiz?

  7. Kasaba uyushmalarining asosiy vakolatlari nimadan iborat?

  8. O‗zbekiston Respublikasi mehnat bozorining rivojlanish kontseptsiyasining asosiy maqsadi nimalardan iborat?

  9. Ish haqidan tashqari qo‗shimcha imtiyozlar deganda nimalami tushunasiz?

  10. Rivojlangan mamlakatlarda ish haqini taqsimlash munosabatlari qanday tashkil etilgan?


Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin