Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə86/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

Sifat nazorati. Sifatni nazorat qilish mahsulotni loyihalashdan boshlanadi. Bunda uchta asosiy omilni nazarda tutish kerak:

  1. Tovar birinchi navbatda bozor ehtiyojlariga javob berish uchun loyihalashtiriladi. Bu ehtiyojni sotish bo‗limi aniqlashi kerak va bunda u bozordagi o‗zgarishlar bo‗yicha olib borayotgan uzluksiz tadqiqotlarga asoslanadi.

  2. Tovar shunday loyihalashtirilgan bo‗lishi kerakki, uni nuqsonsiz ishlab chiqarish mumkin bo‗lsin. Ayrim hollarda sifat nazorati muammolari konstruksiyalash kamchiliklari natijasida kelib chiqadi. Demak, tovar funksional texnik xarakteristikalarga javob beradigan qilib konstruksiya qilinishi kerak.

  3. Konstruksiyaniig uchinchi sharti tovarni ishlab chiqarish xizmati va u xaridor qo‗liga tekkandan so‗ng texnik xizmat ko‗rsatish yengil bo‗lishi kerak.

Nazorat sifat darajasini o‗lchash orqali aniqlash deyarli har doim miqdoriy jarayon hisoblanadi. Ayrim hollarda, masalan, tovar qanday bo‗yalgani tekshirilganda, u o‗lchanmaydi. Bu kuzatish jarayoni.
Biroq, sifatning ilmiy nazorati asosan tovarni unga belgilangan xarakteristikalarga mos kelishini ta‘minlash bilan shug‗ullanadi. Bu jarayon o‗lchash mumkin bo‗lgan tizim ko‗rinishida namoyon bo‗lishi kerak. U dastgohda tayyorlangan detal uchun farqlanish mm.da yoki flakondagi suyuqlik uchun ml.da o‗lchanadigan xarakteristikalarga ega bo‗lishi kerak. Ko‗pincha bu bilan ishlab chiqarish jarayonida sifat kafolati markazi shug‗ullanadi. Zaruriy ravishda konstruksiyalangan tovar uni ishlab chiqarish jarayonida mumkin bo‗lgan farqlanishlarga ega bo‗ladi.
Nazorat qilish jarayonida shu o‗zgarishlar qabul qilingan diapazonga qanchalik to‗g‗ri kelishi aniqlanishi zarur. Mutlaqo benuqson tovar ishlab chiqarish mumkin emas. Boshqacha aytganda, ikkita detal o‗rtasida, albatta, kichik farq bo‗ladi. XIX asr boshlarida o‗zaro almashtiriluvchi detallar ishlab chiqarish jarayonining muhim qismiga aylandi. Bungacha barcha detallar qo‗lda ishlanardi. Miltiq ishlab chiqarish bunday detallarni qo‗llashning birinchi misoli hisoblanadi. Amerikalik Eln Uitni ishlab chiqarish jarayonini bunday takomillashtirishga ulkan hissa qo‗shdi.
Menejerning keyingi muammosi - nazoratdan chetda qolgan yoki sifatsiz tovarlar bilan ishlash rejasi. Mahsulot sifatida salbiy o‗zgarishlar sodir bo‗lganda tug‗iladigan muammoni hal qilish uchun ishlab chiqarish tajribasiga ega bo‗lish kerak. Sifat bo‗zilishining sabablari - odamlar, dastgohlar yoki materiallar bilan bog‗liqliklar bo‗lishi mumkin.
Endi "tizim nazorat ostidaligini qanday bilish mumkin?" degan masalani ko‗rib chiqamiz. Ko‗pincha tovarni bir qarashdayoq uning sifatini bilib olamiz. Bu vizual tekshirish. Ammo ba‘zi hollarda, masalan, zich biriktirilgan qismlar diametrini millimetrlarda aniqlash zarur bo‗ladi.


Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin