Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil ish fan: menejment


MENEJMENTDA REJALASHTIRISH TAMOYILLARI



Yüklə 20,18 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü20,18 Kb.
#201303
1   2   3   4
Mustaqil ish fan menejment. Mavzu menejmentda jarayonida rejal-fayllar.org

2.MENEJMENTDA REJALASHTIRISH TAMOYILLARI.

Rejalashtirishning o’ta muhim va zarurligi quyidagilar bilan izohlanadi.
- korxonaning aniq maqsadini belgilashga va shakllantirishga imkon beradi;
- korxonani tashqi muhitga moslashtirishga yordam beradi;
- samarali boshqarish tarkibi va tizimini yaratishga imkon beradi va h.k.

Rejalashtirish jarayoni quyidagilarni o’z ichigi oladi:

maqsad va vazifalar,


tashqi muhitni tahlil qilish,
kuchli va kuchsiz tomonlarni tahlil qilish,
strategiyani baholash,
strategiyani amalga oshirishni boshqarish,
muqobil variantni tahlil qilish va strategiyani tanlash.


Rejalashtirish quyidagi tamoyillarga tayanadi:

Rejalashtirishning demokratik mustaqillikka asoslanishi, ya`ni xo`jalik ichida iqtisodiy va agrar munosabatlarni joriy etishda mustaqillik va bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan boshqarish tizimini o`rnatishda demokratik qonun-qoidalarga amal qilish.

Rejalashtirishning ustuvor yo`nalishlarini belgilash, ya`ni foyda olinadigan ishlab chiqarishyo`nalishini biznes-reja orqali asoslab olish va resurslarni jalb etib ulardan oqilona foydalanish, mahsulot miqdorini ko`paytirish, mehnat sarfini kamaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish.

Istiqbol va yillik rejalarning bir-biri bilan uyg`unlashganligi va ilmiy jihatdan asoslanganligini ta`minlash, ya`ni rejaning barcha qismlarini bir-biri bilan uyg`unlashtirib ular o`rtasida mutanosiblikni o`rnatish. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanib ishlab chiqarishni tashkil etishda rejalashtirish mexanizmidan keng foydalanishni talab etadi.

Ta`minlash korxona iqtisodiyotini barqarorlashtirish, ya`ni korxonada yuaga kelayotgan tangliklarni bartaraf etish uchun ko`riladigan barqarorlashtirish chora-tadbirlarni avvaldan rejalashtirib, ishlab chiqarish xarajatlarni tejashga, mahsulot sifatini yaxshilashga harakat qilish.


Yüklə 20,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin