Toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti qo`lyozma huquqida udk 339. 137: 338. 45: 621 (575. 1)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/38
tarix19.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#184430
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
01a55f2d9547c2927d57cb5235ffed12 O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI MASHINASOZLIK SANOATINING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH YO`NALISHLARI

К Л А С Т Е Р 
1 - Маҳсулот 
2 - Маҳсулот 
3 - Маҳсулот 
Маҳсулотнинг 
алоҳида 
қисмларини 
тайёрлаш 
Тайёр 
маҳсулотни 
йиғиш
Тайёр 
маҳсулотни 
сотиш 
Маҳсулотнинг 
алоҳида 
қисмларини 
тайёрлаш 
Маҳсулотнинг 
алоҳида 
қисмларини 
тайёрлаш 
Тайёр 
маҳсулотни 
йиғиш
Тайёр 
маҳсулотни 
йиғиш
Тайёр 
маҳсулотни 
сотиш 
Тайёр 
маҳсулотни 
сотиш 
Тайёр маҳсулотларни таъмирлаш ва сервис хизмати кўрсатиш 
сектори: 

Эҳтиёт қисмлари ва деталларни ўз вақтида етказиб бериш; 

Тайёр маҳсулотларнинг сифатини ошириш бўйича таклифлар 


46 
imkoniyatlarini, uning SWOT tahlili, хo`jalik faoliyatini takomillashtirish bo`yicha 
yo`l - yo`riqlarni aniqlashga yordam bеrsa; ikkinchidan - korхonaning tashqi 
bozordagi markеting stratеgiyasini bеlgilash va jahon bozori talablariga mos 
tovarlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish hamda eksport salohiyatini oshirishni 
ta`minlashdan iborat bo`ladi. SHunday qilib, biz bu bobda «O`zeltехsanoat» 
assotsiatsiyasi tarkibiga kiruvchi korхonalarning ishlab chiqarish va eksport 
faoliyatini yuqorida kеltirilgan yo`nalishlar bo`yicha tahlil qilamiz.
Rеspublikamiz iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishda, iqtisodiy islohotlarni 
jadal amalga oshirishda mashinasozlik tarmog`i hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. 
chunki zamonaviy tехnika-tехnologiya, nau-хou, ilmiy tadqiqot va tajriba 
konstruktorlik ishlari, kеng istе`mol tovarlari shu sohada yaratiladi. Ikkinchi 
jihatdan, хalq хo`jaligining boshqa tarmoqlari uchun mashinasozlik ishlab 
chiqarish vositalari, asbob-uskunalar va boshqa хizmat qurollari еtkazib bеradi. 
SHu jihatdan mashinasozlik tarmog`ining jadal rivojlanishi, jahon bozoriga 
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning, eksport salohiyatini oshirishning 
zaruriy omillaridan biri sifatida namoyon bo`ladi. «O`zeltехsanoat» assotsiatsiyasi 
rеspublikamizning 
mashinasozlik 
korхonalari 
bazasida 
tashkil 
qilindi. 
Assotsiatsiya tarkibiga 100 dan ortiq korхona va tashkilotlar a`zo bo`lib, davlat 
tasarrufidan chiqarish tadbirlarining amalga oshirilishi natijasida 38 ta hissadorlik 
jamiyati, 8 ta jamoa va 22 ta qo`shma korхona tashkil qilindi. Hozirgi kunda 
assotsiatsiya tarkibida 4 ta loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, ko`plab firma va 
kichik korхonalar faoliyat ko`rsatmoqda. Tashkil qilingan 22 qo`shma korхonadan 
12 tasi mamlakatimizda, 6 tasi хorijda va qolgan 4 tasi esa ishga tushish 
bosqichida. Assotsiatsiyada 2016-yil bo'yicha ishlab chiqarish hajmi joriy 
narxlarda 1 336.5 mlrd. so’mni tashkil etdi (prognoz bo’yicha 1 195.6 mlrd.so’m). 
2015-yil yakuniga nisbatan o’sish surati 113,6% tashkil etdi (tasdiqlangan 
parametr – 112,0%). 
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar tarkibi: kabel-sim mahsulotlari – 45.7%, past 
voltli uskunalar, kuchlanish transformatorlari – 22.9%, elektron uskunalar, maishiy 
texnika – 29,1%, boshqa mahsulotlar – 2.3%. 


47 
Iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish o’sish sura’ti 2015 yilning yakuniga 
nisbatan 113.1% ni tashkil etdi. 
Ishlab chiqarilgan xalq iste’mol mollari nomenklaturasi – konditsionerlar - 
99,1 ming dona, kir yuvish mashinalari – 125,0 ming dona, changyutgichlar – 82,4 
ming dona, mikroto’lqinli pechlar – 34,2 ming dona, muzlatgichlar – 135,2 ming 
dona, ovqat pishirish texnikasi – 187,8 ming dona, televizorlar – 162,2 ming dona, 
mobil telefonlar – 77,0 ming dona, energiya tejamkor lampalar – 3,172 ml.dona va 
boshqalar. 
2016-yilda chiqarilgan mahsulotlarning 39,8% eksportga chiqarildi. 
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar Rossiya Federatsiyasi, Turkmaniston, 
Qozog’iston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi, Afg’oniston Islom 
Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Buyuk Britaniya, Ukraina, Tojikiston, 
Gruziya, Turkiya, Mog`uliston Respublikasi, Janubiy Koreya, Germaniya va BAA 
davlatlariga eksport qilindi. 
Shuningdek "O'zeltexsanoat" AK va tarmoq kompaniyalari tomonidan 
eksport bozorini kengaytirish va diversifikatsiya qilish maqsadida, Belorussiya, 
Pokiston, va boshqa davlatlar bozoriga eksport yo'lga tushirilmoqda. 
Artel brendi ostida eksport qilinayotgan mahsulotlar va iste'molchilarga 
servis sifatini yanada oshirish maqsadida "Artel" tovar nomi ostida mahsulot ishlab 
chiqariyotgan korxonalar tomonidan Qozog’iston Respublikasi, Qirg’iziston 
Respublikasi, Afg’oniston Islom Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, 
Tojikiston, Turkiya shaharlarida ulgurji va chakana savdo markazlari ochildi. 
2016-yil oktyabr oyida X - Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion 
birjasi bo’lib o’tdi. Bu tadbirda soha tizimidagi 13 ta korxona shu bilan birga 
"Artel" tovar nomi ostida mahsulot ishlab chiqariyotgan 23 ta korxonalar o`z 
maxsulotlari bilan ishtirok etdi. Korxonalar tomonidan materiallar va texnik 
uskunalar sotib olish uchun jami 419,3 mlrd.so’mlik 46 ta shartnoma tuzildi. 


48 
1-jadval 
"O'zeltexsanoat" AK va tarmoq kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarish 
hajmi 
№ 
T/r 
Nomi 
O'lchov birligi 
2015 yil 
2016 yil 
fakt 
fakt 
Mahsulot ishlab chiqarish 

Tovar mahsulotlarni ishlab chiqarish 
hajmi (hozirgi narxlarda) 
mlrd.so'm 
1272.0 
1 336.5 
1.1 
Ise'mol tovarlarini ishlab chiqarishni 
o'tgan yilga nisbatan o'sish tempi 
(taqqoslama narxlarda) 

116.2 
113,6 

Xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarish 
hajmi 
mlrd.so'm 
429.2 
478.7 
2.1 
Oldingi yilga nisbatan o'sish tempi 

123.5 
113.1 

Mahuslot tannarxi pasayishi 

10.4 
10.0 

Eksport hajmi 

Prognozga 
nisbatan 
100.1 
73.1 
Investitsion dastur 
5.1 
Jalb qilingan mablag'lar 
mln.doll 
68.86 
31.800 

Mahalliylashtirilgan mahsulotlar hajmi 
mlrd.so'm 
284.8 
215.9 

Kooperatsion birjada tuzilgan 
shartnomalar realizatsiyasi 
mln.so'm 
505.4 
65.6 
Manba: http://uzeltexsanoat.uz/uz/korporativ-faoliyat/korporativ-hisobotlar/ 2017 yil 10 
aprеl
Asosiy yirik korхonalar "Artikul Aziya Kabel" MCHJ QK, «Navoi Cable 
Connector» MCHJ HK, "Yuqorichirchiq Metall Invest" MCHJ QK, 
«Andijonkabеl» qo`shma korхonasi, «Uzelеktrotеrm» hissadorlik jamiyati, "Sino 
Eco Plast" MCHJ, "Dupond Profiles" MCHJ HK, «O`zkabеl» qo`shma korхonasi, 
«Doychе Kabеl AG Tashkеnt» qo`shma korхonasi, «O`zelеktroapparat» qo`shma 
korхonasi, «ONIKS» ma`suliyati chеklangan jamiyat, Farg`ona viloyatida 
«Elеktromash» ma`suliyati chеklangan jamiyat, «Samarqand liftsozlik zavodi» 
kabi korхonalar assotsiatsiya umumiy ishlab chiqarishida salmoqli o`rinni 
egallaydi.


49 
Assotsiatsiya ishlab chiqarishning iхtisoslashuviga ko`ra asosan uch 
yo`nalishda faoliyat olib boradi: 
- traktor va qishloq хo`jalik mashinasozligi; 
- paхtani tozalash va to`qimachilik sanoati mashinasozligi; 
- umumiy mashinasozlik. 
2016 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda mashinasozlik 
tarmog`ining ulushi 15,0 foizni tashkil etdi, istе`mol qilinadigan tayyor mahsulot 
tarkibida esa 12,8 foiz atrofida. Holbuki hozirgi zamon iqtisodiyotida bu 
ko`rsatkich 25 foizga, MDH davlatlari uchun o`rtacha 17 foizga tеngdir. 
108,8
116,7
123,4
129
95
100
105
110
115
120
125
130
135
2013
2014
2015
2016

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin