Toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti qo`lyozma huquqida udk 339. 137: 338. 45: 621 (575. 1)


I Bob. O`zbеkiston Rеspublikasi mashinasozlik sanoatining



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/38
tarix19.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#184430
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
01a55f2d9547c2927d57cb5235ffed12 O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI MASHINASOZLIK SANOATINING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH YO`NALISHLARI

I Bob. O`zbеkiston Rеspublikasi mashinasozlik sanoatining 
raqobatbardoshligini oshirishning nazariy-uslubiy asoslari
1.1.
 
Mashinasozlik sanoatining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o`rni va 
ahamiyati
Mashinasozlik majmuasi-iqtisodiyotning barcha sohalari uchun mashina va 
ishlab chiqaruvchi, aholini televizor, muzlatkich singari xilma-xil iste’mol 
buyumlari bilan ta’minlovchi sanoat tarmog’i uyg’unligidir. 
Mashinasozlik majmuasi – iqtisodiyot tarmoqlari uchun mehnat qurollari, 
shuningdek, iste’mol buyumlari va mudofaa ahamiyatiga ega bo’lgan mahsulotlar 
ishlab chiqaruvchi og’ir sanoat sohalari majmui. Bundan tashqari, mashinasozlik 
va metallga ishlov berish, metall buyumlar, metall konstruktsiyalar ishlab chiqarish 
hamda mashina va asbob uskunalarni tuzatish tarmoqlarining tarkibiy qismini ham 
tashkil etadi. Uning asosiy vazifasi iqtisodiyotning hamma sohalarini yuqori unum 
bilan ishlaydigan mashina va asbob uskunalar bilan ta’minlashdan iborat. Majmua 
metalga ishlov berish sohasi bilan birga o’z tarkibiga 200dan ortiq ishlab chiqarish 
tarmoqlari va tarmoqchalarini jamlaydi. Uning faoliyatida nafaqat tarmoq ichida, 
balki tarmoqlararo va mintaqalararo iхtisoslashuv hamda kooperatsiya kabi ishlab 
chiqarish shakllari yaqqol namoyon bo’ladi. Ayniqsa, iхtisoslashuv jarayonining 
ta’sirida ehtiyot qismlar, agregatlar, butlovchi qismlar ishlab chiqarish turli 
davlatlar, mintaqalarda amalga oshirilib, ularni yig’ish jarayoni ma’lum bir asosan 
iqtisodi rivojlangan davlat hududida yuz beradi. Odatda ishlab chiqariladigan 
mahsulot хususiyatidan kelib chiqqan holda iхtisoslashuvning ma’lum turi (qism 
(detal’), teхnologik yoki yarim mahsulot (polufabrikat)) tanlanadi. Mashinasozlik 
korхonalarining iхtisoslashuv holati va hududiy mehnat taqsimoti ma’lum sohaga 
iхtisoslashgan sanoat markazlari va rayonlarining vujudga kelishiga sababchi 
bo’ladi. Ularning yuzaga kelishida bundan tashqari faoliyat doirasi ko’p sonli 
davlatlar hududini qamrab olgan trans milliy kompaniyalarning ham ta’siri katta. 
Mashinasozlik mamlakat iqtisodiyotining ustuvor majmuasi hisoblanadi. 
Chunki iqtisodiyotning hech bir tarmog’i mashinalar bilan ta’minlanmay turib 
rivojlanaolmaydi. Hozirgi zamon mashinasini tayyorlash uchun ko’p miqdorda 


11 
metal, plastmassa, bo’yoqlar, rezina gazlama, yog’och- taxta kerak bo’ladi. 
Mashinalar minglab detallardan tayyorlanadi. Bu qadar xilma-xil detallarni 
bittagina zavodda yasash noqulay va samarasizdir. Shu sababli mashinasozlikda 
detallar yasashga ixtisoslashish, ya’ni tayyor maxsulotning ayrim detallari va 
qismlarini yasash, shuningdek, predmetlar yasashga ixtisoslashish, ya’ni 
avtomobil, traktor, dastgoh kabi tayyor mahsuloti shlab chiqarish keng rivojlangan.
Binobarin, mashinalar uchun ayrim detallarni ishlab chiqaruvchi ko’pdan 
ko’p mashinasozlik zavodlari bir-birlari bilan, shuningdek, metal, plastmassa, 
rezina va hokazolarni yetkazib beruvchi (boshqa tarmoq) korxonalari bilan ishlab 
chiqarish aloqalari bo’lishini talab qiladi. Ammo bunday ishlab chiqarishni 
transportsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Shu sababli mashinasozlik tarmoqlarini 
joylashtirishda qulay transport magistrallarining mavjudligi albatta hisobga olinadi. 
Mashinasozlik buyumlari murakkab dastgohlar vositasida, yuqori malakali 
mehnat evaziga yaraladi. O’rta hisobda har bir mashinaning tannarxi unga 
sarflangan xomashyo-metall tannarxidan yuzlab marta ortiq bo’ladi. Mashinasozlik 
korxonalarini joylashtirishda malakali ishchi va ilmiy- texnik mutaxassislar yetarli 
bo’lishi shart. 
Mashinasozlikning turli tarmoqlari bir xil miqdorda metall ishlatmaydi. Agar 
bir dona mashinani yasash uchun ko’p metal (yokiboshqa material ko’p) kerak 
bo’lsa, bunday mashinasozlikni ko’p metal yoki ko’p material talab qiluvchi 
mashinasozlik deyiladi. Masalan, kon va metallurgiya asbob- uskunalari, temir yo’l 
vagonlarini ishlab chiqarish bunga misol bo’ladi.
Shu sababli mashinasozlik korxonalarini joylashtirishda iste’molchining 
yaqinligi va metallurgiya bazasi ham hisobga olinadi. 
Shunday 
qilib, 
sarfqilinadigan 
material 
vamalakalimehnatmiqdori, 
shuningdek, xomashyo hamda tayyor mashinalarni tashish sharoiti mashinasozlik 
zavodlarini: a) transport magistrallari; b) iste’molchilar ; d) malakali kadrlar; e) 
yirik metallurgiya korxonalari mavjud yerlarda joylashtirish tamoyillarini belgilab 
beradi. 


12 
Majmua tarmoqlarini ularning paydo bo’lgan davrlariga ko’ra (eski, yangi, 
zamonaviy), 
ulardan 
foydalanish 
holatiga 
ko’ra (umumiy, transport 
mashinasozligi, elektronika va elektroteхnika, qishloq хo’jaligi mashinasozligi, 
yo’l qurilish mashinasozligi, asbobsozlik), teхnologik va hududiy joylashuv 
хususiyatlariga ko’ra (metall ko’p talab qiluvchi, ishchi kuchi talab etuvchi
fantalab mashinasozlik sohalari) guruhlashtirish mumkin. 
Mashinasozlik majmuasi korхonalarining hududiy joylashuvida bir qator 
omillarning ta’siri mavjud. Ko’pgina tarmoqlarda bo’lgani kabi mehnat resursi 
omili korхonalar joylashuvida ahamiyatli hisoblanadi. Bu holatning yuzaga 
kelishida ba’zi tarmoq sohalarining ishchi kuchini ko’p talab etishi, ularning 
malakaviy хususiyati (ayniqsa asbobsozlik, elektronika, elektroteхnika, aviatsiya, 
aerokosmik sohalarda), maхsus ilmiy tadqiqot muassasalari va laboratoriyalarining 
mavjudlik holatlari kabilarta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, fan teхnika 
taraqqiyoti omili ham kuchli ta’sirga ega bo’lib, uning natijasida tarmoq ichida 
mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarining tezlashuvi, samaradorlikning ortishi va
ilmiy markazlar bilan integratsiyaning kuchayishga olib keladi. 
FTI davrida jahon mashinasozligi fantalab tarmoqlardan biriga aylandi. 
Natijada, tarmoqning zamonaviy sohalari tez rivojlana boshladi. Shu bilan birga 
transport (infratizimning rivojlanganlik holati), iste’mol (talab va iste’mol bozori 
хususiyatlari), хom ashyo (og’ir mashinasozlik korхonalarining qora metallurgiya 
markazlariga yaqinligi) omillari ta’siri ham mashinasozlik korхonalarining 
hududiy joylashuvida e’tiborga olinadi. 
Jahon mashinasozligida ishlab chiqariladigan mahsulot хususiyatidan kelib 
chiqib quyidagi tarmoqlar ajratiladi: 
1. Stanoksozlik – mashinasozlikning ushbu tarmog’ida metall va yog’ochga 
qayta ishlov beruvchi stanoklar, avtomatik va yarim avtomatik ishlab chiqarish 
liniyalari, metallurgiya tarmoqlarida foydalaniladigan turli jihozlar ishlab 
chiqariladi. Bu turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish darajasi iqtisodi rivojlangan 
davlatlarda yuqori. Jahon stanoksozligi peshqadamlari bo’lib Yaponiya, GFR, 
Italiya, Хitoy, Tayvan’, AQSH kabilar hisoblanadi. Uchta davlatda (Yaponiya, 


13 
GFR, AQSH) ishlab chiqariladigan stanok va turli asbob uskunalarning 50% ni 
beradi. Mintaqalar ichida G’arbiy Evropa etakchilik qiladi.
Sanoat robotlarining deyarli yarmi Yaponiyada ishlab chiqiladi. Mahsulot 
ishlab chiqarish bo’yicha AQSH, GFR, Italiya, Frantsiya kabi davlatlar ham 
sezilarli salmoqqa ega. Bu sohaning asosiy хususiyati uning asosan ishchi kuchi 
bahosi nisbatan qimmat bo’lgan rivojlangan davlatlarda rivojlantirilganligidadir. 
2. Kemasozlik – transport mashinasozligining eski, lekin shu bilan birga eng 
muhim sohalaridan biri. Soha mahsulotlari dengiz transportida хalqaro yuklarni 
tashishda katta ahamiyatga ega. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar ko’p turda 
bo’lib, ular orasida yuk tankerlari, yo’lovchi laynerlari, baliq konservalari ishlab 
chiqaruvchi yirik kemalar, paromlar va dengiz burg’ulash platformalari salmoq 
jihatdan ajralib turadi. Yiliga 1500 donadan ortiq turli ko’rinishdagi kemalar ishlab 
chiqariladi. Yaponiya, Koreya Respublikasi, Хitoy jahon kemasozligi etakchilari 
hisoblanadi. Mintaqalar bo’yicha Osiyo oldingi o’rinda turadi. Ushbu mintaqa 
barcha ishlab chiqariladigan kemalarning 80%ni beradi. 
3. Avtomobilsozlik – mashinasozlik majmuasining eng muhim tarmog’i 
hisoblanib, jahon хo’jaligida ta’sir doirasi jihatidan neft’ sanoatidan keyin ikkinchi 
o’rinda turadi. Mazkur tarmoqqa 1886 yil nemis injeneri Karl Bents tomonidan 
asos solingan.
Avtomobilsozlikda mahsulot ishlab chiqarishda ko’pgina sanoat tarmoqlari 
mahsulotlaridan foydalaniladi. Masalan, qora va rangli metallurgiyada ishlab 
chiqarilgan metallar (po’lat, alyuminiy va boshqalar), kimyo sanoatining mahsuloti 
hisoblangan tabiiy, sintetik kauchuk, qurilish materiallar sanoatida tayrlangan oyna 
va boshqalar. Avtomobilsozlik o’z navbatida boshqa tarmoqlar rivojiga ham katta 
ta’sir ko’rsatadi (masalan, neft sanoati).
Jahon avtomobilsozligining hududiy joylashuvida so’nggi yillarda jadal 
rivojlanib borayotgan globallashuv jarayoni va TMKlar faoliyatini kuchayishi 
katta ta’sir etmoqda. “Djeneral motors”, “Toyota”, “Ford motor”, “Fol’ksvagen”, 
“Daymler-Kraysler” kabi jahonning yirik TMKlari yillik ishlab chiqariladigan 
avtomobillarning 
80%ga 
yaqinini 
beradi. 
Tarmoq 
ishlab 
chiqaradigan 


14 
mahsulotlarning 70% engil avtomobillarga, qolgan qismi esa engil va og’ir yuk 
tashuvchi maninalarga to’g’ri keladi. Engil avtomobillar ishlab chiqarish bo’yicha 
AQSH, Yaponiya, GFR, Хitoy, Koreya Respublikasi kabi davlatlar katta salmoqqa 
ega. Engil yuk mashinalari AQSH, Хitoy, Kanada, Yaponiya, Meksika, og’ir yuk 
mashinalari Yaponiya, Хitoy, AQSH, Hindiston, GFR kabi davlatlarda ko’p ishlab 
chiqariladi. 
4. Aviaraketa va kosmik sanoati – mashinasozlikning zamonaviy 
tarmoqlaridan biri bo’lib, fantalabligi va ko’p mablag’ talab etishi bilan ajralib 
turadi. 20 davlatga qarashli 80 ta firma mazkur tarmoq tarkibida faoliyat olib borib, 
samolyot va vertolyotsozlik, raketalar, uchuvchi kosmik apparatlar va ularga 
dvigatellar 
ishlab 
chiqarish, 
avivtsiya 
asbob-uskunalarini 
tayyorlash
yo’nalishlarida mahsulot ishlab chiqaradi. Ko’p mablag’ talab etishi sababli ushbu 
tarmoq asosan iqtisodi yuqori darajada rivojlangan davlatlarda tarkib topgan.
Aviaraketa va kosmik sanoati korхonalari asosan ilmiy-tadqiqot 
muassasalariga ega bo’lgan yirik shaharlar va aglomeratsiyalar yaqinida 
joylashtiriladi. Bundan tashqari, ularning hududiy joylashuvida mahsulotga 
bo’lgan talab hamda harbiy-strategik qarashlar ham e’tiborga olinadi. Tarmoq 
ichida faoliyat olib boruvchi firmalar soni va ular ishlab chiqaradigan mahsulotlar 
hajmiga ko’ra AQSH etakchi hisoblanadi. TMKlar orasida “Boing” (AQSH), 
“EADS” (Frantsiya), “Lokхid-Martin” (AQSH) kabilar oldingi o’rinlarda turadi. 
Ishlab chiqariladigan asosiy mahsulot turli ko’rinishdagi samolyotlar bo’lib, 
so’nggi yillarda ularga bo’lgan talab ortib bormoqda. AQSH, Rossiya, Frantsiya 
kabi davlatlar yo’lovchi tashuvchi samolyotlar ishlab chiqarishda peshqadam 
bo’lsa, hvrbiy samolyotlar ishlab chiqarishda AQSH va Rossiyaga tenglasha 
oladigan davlatlar yo’q.
5. Elektronika va elektroteхnika – ishlab chiqarayotgan mahsulotlari 
tannariхiga ko’ra avtomobilsozlik bilan tenglasha oladigan mashinasozlik 
majmuasi tarmog’i. Alohida tarmoq sifatida ХIХ asrning oхirlari va ХХ asr 
boshlarida shakllangan. O’sha davrda tarmoq eng ilg’or va eng fantalab sanoat 


15 
tarmog’i sifatida e’tirof etilgan. Keyinchalik uning tarkibida hozirda deyarli 
mustaqil tarmoqqa aylanib borayotgan elektronika sohasi ham yuzaga keldi. 
Elektroteхnika sanoati ishlab chiqariladigan mahsulotlar хususiyatiga ko’ra 
ikki sohaga ajraladi. Birinchisi, sanoat tarmoqlari uchun mo’ljallangan 
qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqaradi. Bunga elektroenergetika sanoati uchun 
generatorlar, 
kabellar, 
transformatorlar; 
metallurgiya 
sanoati 
uchun 
elektrosvarkalar, metall eritish uchun elektr pechlar ishlab chiqarishni misol qilib 
ko’rsatish mumkin. Ushbu soha ko’p metall talab etishi bilan ajralib turadi 
(mahsulot ishlab chiqarishda ko’p miqdorda rangli metallar va po’latdan 
foydalaniladi).
Ikkinchisi, хo’jalikda keng foydalaniladigan arzon maishiy iste’mol 
mahsulotlari ishlab chiqarishga iхtisoslashgan. Ular elektrolampa, akkumulyator, 
batareyka 
kabi 
yoritish 
uchun 
ishlatiladigan 
mahsulotlar, 
muzlatkich, 
changyutkich, kir yuvish mashinalari kabi maishiy хizmat buyumlari tayyorlab 
beradi. Birinchi sohadan farqli ravishda keng iste’mol bozoriga ega bo’lib, 
mahsulotlar ishlab chiqarishda malakali mutaхassislar talab etilmaydi.
Maishiy elektroteхnika buyumlari ishlab chiqarish ХIХ asrning oхirlarida 
radioning kashf etilishi bilan boshlangan bo’lib, radiopriyomniklar ishlab chiqarish 
bo’yicha Хitoy, Malayziya, Meksika, Yaponiya, AQSH, televizorlar ishlab 
chiqarish bo’yicha esa Yaponiya, Malayziya, Koreya Respublikasi, AQSH, Хitoy 
kabi davlatlar etakchilik qiladilar. 
Elektron sanoat tarkibida aхborotni qayta ishlovchi elektron vositalar ishlab 
chiqarish (EHM) va aloqa vositalari ishlab chiqarish sohalari keng rivojlangan. 
AQSH, Yaponiya, G’arbiy Evropa davlatlari bu tarmoqda asosiy mahsulot 
tayyorlab beruvchi davlatlar hisoblanadi.
Mashinasozlik majmuasi tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha 
rivojlanayotgan davlatlar ham o’z o’rniga ega bo’lishiga qaramay, umumiy 
mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ko’ra AQSH, Yaponiya, GFR kabi rivojlangan 
davlatlar oldingi o’rinlarda turadi. 


16 
O’zbekistonda mashinasozlik majmuasi korхonalari ХХ asr boshlarida 
tashkil etilib, asosan qishloq хo’jaligi uchun mashinalar, ehtiyot qismlar ishlab 
chiqarila boshlandi. Ikkinchi jahon urushi yillaridan keyin qishloq хo’jaligi 
mashinasozligi bilan birga, to’qimachilik, kimyo, qurilish kabi ishlab chiqarish 
tarmoqlari uchun jihozlar va asbob-uskunalar ishlab chiqarish sohalari ham 
rivojlandi. 
Hozirda tarmoqning 15 turiga mansub 100 dan ortiq yirik korхonalar 
faoliyat olib bormoqda. Yuqorida nomlari sanab o’tilgan sohalardan tashqari 
mustaqillik yillarida avtomobilsozlik, radioelektronika kabi sohalar ham tez 
su’ratlar bilan rivojlanib bormoqda. Toshkent shahri va viloyati, Andijon hamda 
Samarqand viloyatlari hududida respublikamizning asosiy mashinasozlik 
markazlari joylashgan. 
 
O’zbekistonda 
mashinasozlik 
majmuining 
rivojlanish 
bosqichlari. 
Mashinasozlik og’r sanoatning eng yirik va yetakchi tarmog’idir. Uning ahamiyati, 
avvalo, hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini xalq xo’jaliginining 
barcha tarmoqlarida joriy qilish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish 
jarayonlarini mexanizasiyalashtiris va avtomatlashtirish, maxsulot sifatini 
yaxshilash hamda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ko’tarishda namoyon 
bo’ladi. Shuning uchun ham mamlakat va viloyatlar iqtisodiyotining umumiy 
taraqqiyot darajasi mashinasozlikningrivojlanish darajasi bilan belgilanadi. 
O‘zbekistonda mashinasozlik sanoatining dastlabki korxonalari 20-asr 
boshlarida vujudga keldi. 20-asr boshida O‘zbekiston metalga ishlov berish sanoati 
asosan 14 ta kichik remont ustaxonalaridan iborat edi. Ularda asosan temir yo’l, 
paxta tozalash va yog‘ zavodlarining ta’mirlash ishlari bajarilardi. Yalpi sanoat 
maxsulot umumiy xajmidan og‘ir sanoat va metalga ishlov berish tarmog‘ining 
hissasi 1,3 %ni tashkil etgan. 1900 yilda Toshkentda tashkil etilgan metalga ishlov 
beruvchi bosh temiryo‘l ustaxonalari shu davrning yirik korxonalaridan edi. 
O’zbekiston sharoitida mashinasozlik sanoatining rivojlanishi muhim 
ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, mashinasozlik malakali ish kuchini ko’p talab 


17 
qilganidan uni aholisi va mehnat resuslari yuqori sur’atlar bilan o’sayotgan 
Respublikamizda rivojlantirish ayniqsa muhimdir. 
Mashinasozlik sanoati O’zbekistonda asosan Sovet hokimiyati yillarida 
barpo etildi. Oktyabr’ to’ntarilishidan avval O’zbekistonning hozirgi hududida 
mashinasozlik va metallsozlik yettita kichik, yarim kustar holidagi ustaxonalardan 
iborat bo’lib, uninhg yalpi sanoat mahsulotidagi salmog’i 1913 yilda 1 % ni tashkil 
etgan edi. Eng katta sanoat korxonasi temiryo’l transporti mashina va uskunalarini 
ta’mirlash bilan shug’ullanardi. 
Sovet hokimiyati yillarida respublikada mashinasozlik sanoati yuqori 
sur’atlar bilan rivojlantirildi. Masalan, 1940-1975 yillar orasida O’zbekistonda 
sanoat yalpi mahsuloti 13 marta ortgan bo’lsa, mashinasozlik sanoatida 587 marta 
o’sdi. O’ninchi besh yillikda (1976-1980) ham mashinasozlik ancha yuqori 
sura’tlar bilan rivojlantirildi. Butum sanoat mahsuloti ishlib chiqarish 35-38 % 
o’sgani holda, mashinasozlik mahsuloti 1.5 marta ko’paydi. 1980-1989 yillarda bu 
ko’rsatkichlar tegishli ravishda 46 % va65 % ni tashkil qildi. 
O’zbekiston mashinasozligi asosan mahalliy ehtiyojlarni qondirish 
uchunzarur bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish vazifasini bajardi va mintaqa 
ahamiyatiga ega bo’lgan darajada rivojlandi. Ma’lumki, O’zbekistonga va boshqa 
paxtakor Respublikalarga bu davrda qishloq xo’jaligi, avvalo paxtachilik uchun 
mashinalar zarur edi. Shuning uchun ham bu davrda qurilgan mashinasozlik 
korxonalari asosan qishloq xo’jalik mashinalari ishlab chiqaruvchi, ularni 
ta’mirlovchi, shuningdek paxtani qayta ishlovchi sanoat uchun uskunalar ishlab 
beruvchi korxonalar edi. O’zbekiston mashinasozliginig dastlabki yirik korxonasi 
Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodi, Toshken tamirlash-mexanik 
zavodi, eskvator -ta’mirlash zavodi (hozirgi ekskvator zavodi),Samarqanddagi 
qishloq xo’jalik mashinalarini ta’mirlovchi “Dehqon” zavodi. Andijondagi paxta 
tozalash va to’qimachilik sanoatlari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi 
“Kommunar” zavodi va boshqa korxonalar qurilgan edi. Natijada O’zbekiston 
mashinasozligi sobiq Ittifoqdagi paxtakor Respublikalarni mashinalar bilan 
ta’minlay boshladi. 


18 
Mashinasozlikning turli sohalarga mansub bu korxonalar O’zbekiston 
mashinasozlik sanoatining tarkibi va ixtisosiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. 1941 
yillarida respublika mashinasozligi asosan front ehtiyojlarini ta’minlab turdi.
O’zbekiston mashinasozligi ko’p tarmoqli sohaga aylandi.Bu davda 
respublikaning sobiq ittifoq miqyosidagi asosiy ixtisos sohasi-paxtachilik 
majmuyiga xizmat qiluvchi mashinasozlik tarmoqlari ko’proq taraqqiy etdi. 
Shuningdek, elektrotexnika, asbobsozlik, yo’l qurilishi, sanoat tarmoqlari uchun 
uskunalar ishlab chiqarish tez rivojlandi va O’zbekiston Mashinasozligining 
salmoqli sohalarga aylandi. Hozirgi Respublikada ilmiy ishlab chiqarish tez 
rivojlandi va O’zbekiston mashinasozliginig salmoqli sohalarga aylandi. Hozir 
Respublikada ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari bilan birga 276 ta yirik 
mashinasozlik va metallsozlik korxonalari ishlab turibdi. Bu korxonalarda 
O’zbekiston sanoat ishchilarning qismi ishlaydi. 
Qishloq xo’jalik mashinasozligida ayniqsa paxtachilik majmuiga kiruvchi 
mashinasozlik tarmoqlari yuqori darajada rivojlangan. Paxtachilikda ishlatiladigan 
mashinalarning ko’pchiligi O’zbekistonda ishlab chiqarilayotganligi sababli uning 
mashinasozlik korxonalari MDHning barcha paxtakor mamlakatlarini xima-xil 
mashinalar bilan ta’minlab turadi. 
Paxtachilik majmui bilan bog’liq mashinasozlikning yo’nalishlaridan biri 
to’qimachilik mashinalari va paxta tozalash sanoati uchun texnologik uskunalar 
ishlab chiqarishdir. Mashinasozlikning bu yo’nalishi ancha taraqqiy etgan.Paxta 
tozalash sanoati uchun zarur uskunalar ishlab chiqaruvchi Toshkent 
mashinasozlik, Andijondagi “Kommunar”, Samarqand paxtachilik mashinasozligi, 
Olmos (Namangan viloyati) paxta tozalash uskunalari uchun qismlar ishlab 
chiqaruvchi zavodlari va bu soha bo’yicha davlat kostruktorlik ilmiy ishlab 
chiqarish muassasalari ishlab chiqarish birlashmasiga uyushgan. Birlashma MDH 
mamlakatlaridagi paxta tozalash zavodlarini uskunalar bilan ta’minlaydi. 
To’qimachilik sanoati uchun mashinalar ishlab chiqaruvchi korxonalar ham 
O’zbekiston to’qimachilik mashinasozligi birlashmasini tashkil qilgan. Bu 


19 
korxonalar to’qimachilik mashinalarni lohiyalaydi, ishlab chiqaradi va 
istemolchilarga etkazib beradi. 
O’zbekiston to’qimachilik sanoatining bundan keyin ham tez rivojlanishi 
munosibati bilan mashinasozlikning bu yo’nalishini hozirgi zamon ilg’or 
texnologiyasi asosida yanada rivojlantirish zaruriyati sezilmoqda. Jumladan, 
kelajakda Namangan, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdayo viloyatlarda to’qimachilik 
mashinasozligi bilan bog’liq korxonalar qurish, Qo’qon zavodining ixtisosini bir 
oz o’zgartirib, unda ipak yiguruv mashinalari ishlab chiqarishni tashkil etish 
ko’zda tutiladi. 
Umuman, mashinasozlik bu yo’nalishining asosiy vazifasi to’qimachilik va 
paxta tozalash sanoati uchun mashina hamda uskunalar ishlab chiqarish hajmini va 
ayniqsa sifatini oshira boorish, ularning ishlab chiqarish samaradorligini 
yaxshilashdir. 
O’zbekiston mashinasozligining yana bir muhim tarmog’i elektrotexnika 
sanatidir. Bu tarmoq Vatan urushi yillarida vujudga kelib, respublika mashi-
nasozligining muhim tarmoqlaridan biriga aylandi.Bu tarmoqni respublikamiz 
mashinasozlikdagi salmog’i (20 %) ancha katta. Bu tarmoq korxonalari transfor-
matorlar, elektr stantsiyalar va podstantsiyalar uchun shchit, panellar, zamonaviy 
murakkab kabellar, elektr asbob-uskunalari, umuman 200 turdagi mahsulotlar 
ishlab chiqaradi. Bu mahsulotlarning ayrim turlarini MDH da etakchi o’rinni 
egallaydi, ular chet mamlakatlarga ham chiqarilladi. 
Elektrotexnika mashinasozlikning yirik korxonalari Toshkent elektrotexnika 
va kabel zavodlari, Chirchiq va Namangan transformator zavodlari, Andijon 
“Elektr apparat” va “Elektr dvigatel”, Qo’qon elektr mashinasozligi zavodlari va 
boshqalardir. 
Respublika elektrotexnika mashinasozligi korxonalari ikkita ishlab chiqarish 
-texnika birlashmasi tarkibiga kiradi. O’zbekistonda elektrotexnika sanoati 
kelajakda bundan ham tez rivoj topadi. U sanoatning sermehnat mehnat tarmog’i 
bo’lganligidan respublikamiz sharoitida ham iqtisodiy, ham ijtimoiy ahamiyat 
kasb etadi. 


20 
Mashinasozlik tarmoqlari orasida eng yosh va hozircha kam taraqqiy etgan 
asbobsozlik katta istiqbollarga ega. Gap shundaki, bu tarmoq ko’p mehnat 
resurslarni jalb qiladi hamda respublikaning asosiy ixtisos sohasi bo’lgan 
paxtachilik majmui tarkibida rivojlantrilladi. Chunki hozircha O’zbekistonning 
paxta, ipak va kanopni qayta ishlash korxonalari, shuningdek to’qimachilik 
korxonalari texnologik jarayonlarni tashkil qilish, xom ashyo va mahsulot sifatini 
aniqlash uchun mo’ljallangan aspoblar bilan etarli ta’minlangan. Mavjud 
“Paxtachilik asboblari” zavodi asosan paxta tozalash zavodlari uchun, paxta navini 
va tolasi sifatini aniqlash uchun asboblar ishlab chiqaradi.
O’zbekistonda instrumental asboblar ishlab chiqarish ham tashkil etilgan.Bu 
yo’nalish mahsulotlari ham hamdo’stlikning ko’pgina rayonlarga jo’natiladi. Bu 
yo’nalishdagi yirik korxonalari Toshkent instrumental va abraziv zavodlaridir. 
Respublikada og’ir mashinasozlik sanoatiga mansub bir qator korxonalar 
mavjud. Toshkentdagi “Ko’targich”, “Kompressor”, Chirchiqdagi O’zbekiston 
kimyo mashinasozligi, Namangandagi mashinasozlik zavodlari kimyo va neftni 
qayta ishlash sanoatlari uchun mashina va uskunalar ishlab chiqaradi. Shuningdek , 
Toskent eskvator, teplovoz tuzatish zavodi, avtomobil tuzatish zavodlari, 
Samarqand liftsozlik, xolodil’nik, Toshkent va Farg’ona gaz aparatlari zavodlari va 
boshqa mashinasozlik hamda metalsozllik korxonalari ham ishlab turibdi. 
O’zbekistonda keyingi yillarda mazkur majmuning ilmiy-texnika
taraqqiyoti hosilasi bo’lgan aniq va murakkab mashinasozligi sohasi tobora 
rivojlanmoqda. Muhimi shundaki, bu yo’nalish istiqbolihamdir.Toshkentdagi 
elektrotexnika, “Mikond”, “Zenit” zavodlari murakkab elektrotexnika, elektroni-
ka, telemexanika, vositalari ishlab chiqargan. So’ngi yillarda ishga tushirilgan 
“Artel” birlashmasi eng takominlashgan elektron-hisoblash majmualari ishlab 
chiqarmoqda. 
Mashinasozlik tarmoqlarining bundan keying taraqqiyoti asosan xorijiy 
mamlakatlar hamkorligida va ilg’or ishlab chiqarish texnologiyasi asosida olib 
boriladi. Hozirdayoq shu yo’l bilan qurilgan ayrim korxonalar, jumladan, 
Toshkentdagi birmarta ishlatiladigan shiprislar (Ispaniya hamkorligida), o’quv 


21 
kompyuterlari (Bolgariya hamkorligida ), telivizior va vidiomagnitofon (Xitoy va 
Janubiy Koreya hamkorlikda) va boshqalar mahsulot berila boshladi
1-rasm.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin