Guruh dinamikasi — kichik guruh aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir jarayonlari, shuningdek, ushbu jarayonlarni oʻrganadigan ilmiy yoʻnalish; uning asoschisi Kurt Lyuin boʻlib, u ijtimoiy guruhda sodir boʻlayotgan ijobiy va salbiy jarayonlarni tavsiflovchi guruh dinamikasi atamasini kiritdi.
Guruh dinamikasi, Lyuinning fikricha, guruhlarning tabiati, ularning rivojlanish va takomillashtirish qonuniyatlari, guruhlarning shaxslar, boshqa guruhlar va institutsional tuzilmalar bilan oʻzaro munosabati bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqishi kerak. 1945-yilda Lyuin Massachusets texnologiya institutida „Guruhlar dinamikasi tadqiqot markazi“ ni tashkil etdi.
Guruhning shakllanishi — bu guruh dinamikasi bilan bogʻliq boʻlgan jarayon boʻlib, bosqichlarni oʻzgartirish orqali guruhning bosqichma-bosqich rivojlanishidan iborat.
Har bir tashkilotda rasmiy va norasmiy guruhlar mavjud.Ular tashkilot rivojlanishi va samaradorligiga katta ta’sir korsatadi.Guruh-ikki yoki undan ortiq kishilarning biror maqsad yoki vazifasini amalga oshirish yolida birlashishi yoki ozaro kelishuv, bir-birini tushunish.

Biz guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga bolamiz.
Rasmiy guruhlar tashkilot rahbarlari tomonidan ma’lum bir maqsadni amalga oshirish yolida tuziladi.Ular rasmiy tashkilotning bir qismi sifatida namoyon boladi.
Norasmiy guruhning asosi — bu shaxsning guruhga tegishli boʻlish istagi. Bu, birinchi navbatda, insonning muloqotga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqadi va kichik guruh uni qondirish uchun muhitga aylanadi.