Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtis
Nazorat savollari 1. Boshqaruv amaliyotini vujudga kelishi nima bilan bogʻliq boʻlgan?
2. Qachon menejment bilimlarning mustaqil sohasiga aylangan?
3. Kimning taʼlimi menejment zamonaviy konsepsiyasining nazariy manbasi
boʻlgan?
4. Qaysi mamlakat menejmentning vatanidir?
5. Qaysi ilmiy maktab vakillari tadqiqotning asosiy obʼyekti sifatida inson
resurslaridan samarali foydalanishga ega boʻlganlar?
6. Qaysi ilmiy maktabning vakillari boshqaruvning yakka hukmronlik
tamoyilini birinchi marta taʼriflaganlar?
7. Ilmiy boshqaruv maktabini boshlanishida kim turibdi?
8. Olimlardan qaysi biri boshqaruvda klassik yoki maʼmuriy maktabni
rivojlanishiga kattaroq ulush qoʻshgan?
9. Qaysi ilmiy maktabning vakillari rahbarlarni qoʻl ostidagilar haqida
qaygʻurishlar uchun jonbozlik qilganlar?
10. Qaysi maktab olimlarining tadqiqotlari aniq fanlar maʼlumotlaridan
foydalanishga asoslangan?
11. Zamonaviy Oʻzbekiston menejmentining asosiy xususiyatlari qanday?
12. Ilmiy boshqaruv maktabining boshqaruv nazariyasi va amaliyotini
rivojlanishidagi roli qanday?
13. Boshqaruvga tizimli yondashuvning mohiyati nimadan iborat?
14. Boshqaruvga jarayonli yondashuv nimadan iborat?
15. Amerikacha menejmentning xususiyatlari nimadan iborat?