Ammo ilk faylasuflar o`zlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka da`vo qilmaganlar , zero , o`sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko`ra , haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan , asrdan asga o`tib , kelayotgan afsonalar , din va rivoyatlarda mujassamlashgan . Donishmandlar dono deb , asrlar sinovadan , eng so`nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bo`lgan bashoratgo`ylar , kohinlar va oqsoqollar e`tirof etilgan . Ularning so`zlari shak – shubhasiz va birdan – bir to`g`ri deb qabul qilingan . Faylasuf esa , qadimgilar fikriga ko`ra , izlanuvchi , donishmandlik muxlisi bo`lishi , e`tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas , balki o`z aqliga tayanib , shu jumladan boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo`lgan .
“ Falsafa “ tushunchasi
Yunoncha “ phileo “ - sevaman va “ sophia “ – donolikdan kelib chiqqan bo`lib , mazkur atamaning dastlabki ma`nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin.
Mustaqil falsafiy fanlar
Etika
ma`naviyat va axloq haqidagi ta`limot
Mantiq
insonning bilishniamalga oshirish shakllari, qonunlari va usullarini o`rganadigan fan
Estetika
Go`zallik qonunlariga muvofiq ijodning mohiyati va shakllari haqidagi fan
Dostları ilə paylaş: |