Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Iqtisodiyot fakulteti
Falsafa fanidan
Mustaqil ish
Mavzu : Iqtisodiyot falsafasi uning predmeti mazmuni
Bajardi : Amonova Dilshoda
Tekshirdi : Isomiddinov Yo`ldosh
Samarqand - 2021
Mavzu : iqtisodiyot falsafasi uning predmeti mazmuni
Reja :
Falsafa tushunchasinig kelib chiqishi
Falsafaning predmeti
Falsafiy bilimning tuzilishi
Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati va roli yoki amaliy falsafa
Fan – inson va jamiyat taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etadi . Uning yordamida kishilar voqealikdagi narsa va hodisalarning kelib chiqishi , rivojlanishi haqida xolisona ma`lumotlar to`playdilar . U ehtiyojlarni qondirish uchun moddiy va ma`naviy qadriyatlar yaratadilar . Mavjud fanlar o`zinig xilma – xilligi bilan ifodalanadi . Shularning Ichida eng qadimiysi falsafadir . “ Falsafa “ atmasi ikkita yunoncha so`z phileo – sevaman va sophia – donolik , donishmanddan olingan bo`lib , “ donolikni sevaman “ ma`nosini anglatadi . Unga bunday nom tasodifan berilgan emas . Falsafa paydo bo`lishi bilanoq kishilar fikrini band etgan turli – tuman savollarga javob qidirishga harakat qilgan . Xususan bizni qurshab olgan dunyo qanday paydo bo`lgan va kim tomonidan yaratilgan ?