B U Y R U Q
20____ yil “___”___________ № _____ Samarqand shahar
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish markaziga malaka oshirishga yuborish to‘g‘risida
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 05-noyabrdagi
№ 4/14-2/6-448-sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
1. 2023 yil 3-iyuldan bir oy muddatga, filial Kengash kotibi Mallayev Zafar Sadullayevichni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Samarqand viloyati hududiy bo‘limiga malaka oshirishga yuborilsin.
2. Malaka oshirish kursini tugatgan tinglovchilarga:
- bir oy muddatda malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikat va hisobotini O‘quv-uslubiy bo‘lim (Z.Bobomurodov, U.Umirov) va xodimlar bo‘limiga topshirish vazifalari yuklatilsin.
3. Malaka oshirish to‘lovlari tegishli shartnoma asosida amalga oshirilsin (R.Eshaliev).
4. Xodimlar bo‘limiga mazkur buyruqni direktor o‘rinbosarlari, fakultet dekani, bo‘lim boshliqlari hamda kafedra mudirlariga ma’lumot va ijro uchun yetkazilishini ta’minlasin.
5. Ushbu buyruq ijrosi nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 05-noyabrdagi № 4/14-2/6-448-sonli xati.
Direktor O.Murtazayev
Buyruq loyihasini tayyorladi:
Ilmiy tadqiqot ishlari 1-toifali muxandisi U.Umirov
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar
boʻyicha direktor oʻrinbosari Z.Abdullayev
Jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari bilan ishlash, nazorat
va monitoring bo‘limi boshlig‘i N.Tuxtamurodova
Yuriskonsult M.Xolmatov
Dostları ilə paylaş: |