591
Asosiy tayanch tushunchalar
Ishchi kuchi
– insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy
qobiliyatlarining yig‘indisi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish
– insonning mehnatga bo‘lgan jismoniy
kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklash va ta’minlab turish, ularning
mehnat malakasini muttasil
yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy
darajasi o‘sishini ta’minlash, katta yoshli ishchilar o‘rnini bosadigan yosh ishchilar
avlodini etishtirish jarayoni.
Yalpi ishchi kuchi
– jamiyat yoki alohida olingan mamlakat miqyosida
qiymat va iste’mol qiymatlarini yaratishda ishtirok
etuvchi bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq holda faoliyat qiluvchi ishchi kuchlarining umumlashtirilgan
majmui.
Ishchi kuchi talabi
– muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan
darajasida
turli ish beruvchilar tomonidan ishchi kuchi miqdori va sifatiga bildirilgan talab.
Ishchi kuchi taklifi
– muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida
ishga yollanishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli ishchi kuchi miqdori.
Aholining tabiiy o‘sishi
– bu aholining emigratsiya va immigratsiyadan
tashqari harakati.
Emigratsiya
– fuqarolarning o‘z mamlakatlaridan
boshqa mamlakatlarga
doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tishi.
Immigratsiya
– xorijiy fuqarolarning doimiy yashash uchun mamlakatga
ko‘chib kelishi.
Ishsizlik
– mehnatga layoqatli bo‘lib,
ishlashni xohlagan, lekin ish bilan
ta’minlanmagan ishchi kuchi.
Friksion ishsizlik
– malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o‘rinlar
bo‘shashini kutayotganlarni namoyon etuvchi ishsizlik.
Tarkibiy ishsizlik
– ishlab chiqarish va yalpi talab tarkibidagi o‘zgarishlar
natijasida vujudga keladigan ishsizlik.
Dostları ilə paylaş: