599
21.2. Budjet taqchilligi va davlat qarzlari
Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo‘lishini taqozo
qiladi.
Lekin
ko‘pchilik
hollarda
davlat
budjeti
xarajatlarining
daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida budjet taqchilligi
ro‘y beradi.
Bu holning sabablari ko‘p bo‘lib, ularning ichida davlatning jamiyat
hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib borishi,
uning iqtisodiy va
ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o‘rin tutadi. Budjet taqchilligining
o‘sishi yoki kamayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga
nisbatida aniq namoyon bo‘ladi.
Keyingi yillarda jahon iqtisodiyotidagi ayrim o‘zgarishlarning
vujudga
kelishiga qaramasdan, budjet profitsitini saqlab qolishga erishilmoqda. Xususan,
2019 yilda maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan chora-tadbirlar
natijasida budjet
xarajatlari uning daromadlaridan ortish -0,5 foiz darajasida bo‘ldi (21.1-rasm).
0,3
0,4
0,4
0,3
0,2
0,1
0,1
0,1
0,1
-0,5
-0,6
-0,5
-0,4
-0,3
-0,2
-0,1
0
0,1
0,2
0,3
0,4
0,5
2010
2011
2012
2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019
21.1-rasm. Davlat budjeti ko‘rsatkichlari holati, foizda
1
.
Umuman olganda, davlat budjeti sohasidagi bunday natijalarni qo‘lga
kiritishda mamlakatimiz iqtisodiyotini bosqichma-bosqich o‘zgartirish va
erkinlashtirish, ilgari davlat zimmasida bo‘lgan bir qancha vazifalarning xususiy
1
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi ma'lumotlari asosida hisoblandi.
600
sektorga o‘tkazish orqali davlat budjeti xarajatlarini optimallashtirish, yangi sanoat
yo‘nalishlarining rivojlantirilishi hamda xususiy
sektor moliyaviy holatining
mustahkamlanishi, shuningdek, uning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushining
ortishi kabi omillar sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
Budjet
taqchilligining
o‘zgarishi xo‘jalik kon’yunkturasidagi joriy
tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi,
inqirozlar davrida davlat budjet mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum
sektorlarini moliyaviy ta’minlab
turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan
tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo‘ladi. O‘rnatilgan
xalqaro standartlarga ko‘ra budjet taqchilligi YaIMning 2% darajasidan oshmasligi
lozim. Budjet taqchilligi, asosan, davlat qarzi hisobiga qoplanadi.
Davlat qarzi ichki va tashqi qarzlardan iborat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: