Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə83/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o‘zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi. Shuningdek, adabiyotlarda bozorning boshqa ko‘plab qo‘shimcha vazifalari ham keltiriladi. Bu vazifalarni yaqqolroq tasavvur etish uchun ularni maxsus rasm ko‘rinishida ifodalash mumkin (5.3-rasm).

Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi. Bozorning iqtisodiy mazmunini chuqurroq tushunish uchun uning turlari va ichki tuzilishini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
5.4. Bozorning turlari va tuzilishi
Hozirgi davrda bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo‘lganligi sababli uni turkumlashga quyidagi mezonlar asos qilib olinadi: bozorning etuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.
Bozorning etuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin (klassik) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo‘linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega bo‘lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash (barter) usuli ko‘proq qo‘llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul mavjud bo‘lmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ham bozorning bunday turi amal qilishi mumkin.
Erkin (klassik) bozor – tovar va xizmatlarning har bir turi bo‘yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir. Erkin bozorda raqobatning turli usullari qo‘llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanishi ro‘y beradi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining davlat tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi. Demak, davlat ham bozor ishtirokchisi bo‘lib, u bozor aloqalarini tartiblashtiradi va boshqaradi. Hozirgi zamon rivojlangan bozorida turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar taraqqiy etgan bo‘ladi. Raqobatning asoratli kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari o‘rtasidagi tafovutlar me’yor darajasida ushlab turiladi.
Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo‘lishi mumkin. Bular mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-
York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O‘zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G‘arbiy Yevropa bozori) va nihoyat jahon bozori.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin