Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


turli mamlakatlarda aholi soni o‘zgarishining farqlanishi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə353/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

turli mamlakatlarda aholi soni o‘zgarishining farqlanishi.

Yana bir global ziddiyat sifatida XX asrning ikkinchi yarmida boshlangan demografik «portlashlar», ya’ni yer shari aholisi sonining jadal o‘sishi ko‘rsatiladi.
Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining tez o‘sishi bir qator jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Ba’zi bir mamlakatlardagi aholi sonining ko‘payishi natijasida ratsional xo‘jalik yuritishga to‘sqinlik qiluvchi aholining nisbiy ortiqchaligi belgilari ko‘zga tashlanadi. Ishlab chiqarish hajmining ko‘payishiga qaramay aholi jon boshiga ist’emol, ayniqsa rivojlangan mamlakatlardagi iste’mol darajasi bilan taqqoslaganda kishilarning haqiqiy ehtiyojlariga qaraganda past darajada qolmoqda. Bu kabi holatlardan ba’zi bir demograf-olimlar asossiz ravishda, keskin xulosalar chiqarib, aholi nufusi jarayonlari ustidan davlat miqyosidagi nazoratlarning o‘rnatilishi, jumladan oilani rejalashtirish dasturlarini ishlab chiqish kabi da’volarini kuchaytirmoqdalar.
Bunday assosiz dasturlardan ko‘ra, ular bu mamlakatlarda yangi texnika va texnologiya asosida ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish dasturini taklif qilsalar maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, hozirda jahon miqyosida yuz berayotgan globallashuv jarayonlari o‘zining ijobiy yo‘nalishlari va ziddiyatlariga ega bo‘lib, bu jihatlarning nisbatini tartibga solishda dunyoning barcha mamlakatlarining faol ishtiroki va birlashuvi talab etiladi.
25.3. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infratuzilmasining rivojlanishi
Jahon xo‘jaligi murakkab tizim hisoblanadi. Turli milliy iqtisodiyotlar (yoki ular tashqi iqtisodiy aloqalari)ning barcha majmui tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan mustahkamlangan bo‘ladi. Shu asosda mamlakatlar o‘rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (ba’zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo‘jaligi aloqalari deb ham yuritiladi) – bu jahonning turli mamlakatlari o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalari majmuidir.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:

Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo‘jaliklarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bog‘liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o‘zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o‘tadiki, ulardan har biri milliy xo‘jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan tavsiflanadi. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi va jahon bozorining asosiy belgi va xususiyatlarini 27-bobda batafsil ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin