Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-rasm Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining o‘zaro aloqasi hamda bir-birini



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə68/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

4.2-rasm
Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining o‘zaro aloqasi hamda bir-birini
to‘ldirishi

144
U qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonlamaligini tovar qiymati va bahosini faqat naflilik bilan tushuntirib bo‘lmasligini ko‘ra bildi. A.Marshall keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog‘lashga harakat qildi.
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo‘shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish (umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Neoklassiklarning qiymat va narxning bir negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinishlari xususan
A.Marshall ishlari bilan bog‘liq. Neoklassiklarning qoidalari qiymatning yagona manbai, narxning yagona asosi va bozor xo‘jaligida jamiyat daromadlarining yagona manbai topilishi zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan, ingliz klassik iqtisodiy maktabi va markscha nazariyalarda mehnat, marjinalistlarda qo‘shilgan miqdor nafliligi kategoriyasi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qo‘shilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o‘zaro ta’siri orqali aniqlanadi. A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi.
Shunday qilib, A.Marshalldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli nazariyalarni sintez qilishga o‘tildi. Lekin A.Marshall ushbu sintezni oxirigacha yetkaza olmadi.
U ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat tovarning ikki tomoni ekanligini aniq ko‘ra olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy zaruriy naflilik o‘rniga qo‘shilgan naflilikni, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o‘rniga ishlab chiqarish xarajatlarini qo‘ydi. Natijada tovarning qiymati ham, nafliligi ham to‘liq hisobga olinmadi.
Umuman aytganda, uzoq tarixiy davrdan boshlab tortishuvga sabab bo‘lgan narsa – tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnatning ikki yoqlama tavsifi va shu asosda hosil bo‘ladigan tovarning ikki xil xususiyatiga ega bo‘lishini inobatga olmaslikdir. Mehnat nazariyachilari tovarga sarflangan mehnat miqdoriga asosiy e’tiborni qaratgan bo‘lsa, marjinalistlar uning nafliligiga e’tibor berib keladilar. Ularning biri ko‘proq tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati nuqtai nazaridan tahlil qilgan bo‘lsa, ikkinchisi iste’molchi (xaridorlar) manfaati nuqtai-nazaridan qaraydilar. Holbuki tovarning qiymatini va binobarin narxini aniqlashda uning ikki tomoniga va sotuvchilar bilan xaridorlar manfaati to‘qnashgan tugunga e’tibor qaratish zarur.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin