Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti St-92 gruh talabasi Mikroiqtisodiyot fanidan qilgan mustaqil ishi



Yüklə 254,22 Kb.
tarix06.12.2022
ölçüsü254,22 Kb.
#72693
Mikroiqtisodiyot


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti St-92 gruh talabasi Mikroiqtisodiyot fanidan qilgan mustaqil ishi
Tema
Ishlab chiqarish omillari bozori
Reja
Mehnat bozori
Kapital bozori
Yer bozori
Mehnat bozori
Ishlab chiqarish omillari bozori deganda, mehnat, xom ashyo, kapital, yer va boshqa ishlab chiqarish resurslari bozori tushuniladi. Resurslar bozoridagi talab va taklif iste′mol tovarlari bozori ta′sirida shakllanadi. Shuning uchun ham resurslarga bo`lgan talab hosila talab bo`lib, firmaning ishlab chiqarish hajmidan va uning xarajatlariga bog`liq
Mehnatning chekli daromadliligi MRP(L) ning iqtisodiy ma’nosi shundan iboratki,ya’ni u o’shimcha bir birlik ishchi kuchidan foydalanib qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini MP(L),qo’shimcha bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotdan olinadigan qo’shimcha daromad MR ga ko’paytirish orqali aniqlanadi.
MRP(L)=MP(L)*MP
Bu yerda MRP(L)=mehnatning chekli daromadliligi
MP(L)=mehnatning chekli mahsuloti
MR=chekli daromad
I-chiziq raqobatlashgan iste′mol bozoridagi firmaning MRPL chizig`i (bu yerda firma monopol hokimiyatga ega emas). II-chiziq iste′mol bozorida monopol hokimiyatga ega bo`lgan firmaning MRPL chizig`i.
Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab
Bu firmaning ishchi kuchiga talabidir.Taklif ishchilar tomonidan bo’ladi.
Mehnat bozori raqobatlashgan bo`lgani uchun mehnat narxi bozor tomonidan shakllanadi va unga bozor sub`ektlari ta′sir qila olmaydi. Bu barcha ishchilar qaysi firmada ishlashidan qat`iy nazar, bir xil ish haqi oladi va firmalar bu narxni oldindan berilgan narx sifatida qabul qiladilar. Shu sababli firma uchun mehnat resurslari taklif chizig`i gorizontal, ya′ni u absolyut elastik.
Kapital bozori
Kapital
Kapital - bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo`lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi. Kapitalning ikki xil turi mavjud: asosiy kapital (uzoq muddatda foydalaniladigan uskuna, texnologik liniya, bino, qurilma); aylanma kapital (har bir ishlab chiqarish siklida o`z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o`tkazadigan ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va hokazolar
Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u qayta takror ishlab chiqariladi,ya’ni u ishlatilishi davomida o’z qiymatini ma’lum qismini mahsulot qiymatiga o’tkazadi.
Aylanma kapital bir yil davomida o’zining butun qiymatini mahsulot qiymatiga o’tkazib tiklanadi.
Investitsiyaga talab funktsiyasi berilgan loyiha investorlar tomonidan kapital mablag` qo`yishi mumkin bo`lgan maksimal foiz stavkasini ifodalaydi. Yuqori foiz stavkasida yuqori foyda berishi mumkin bo`lgan loyihalar amalga oshiriladi. Foiz stavkasi kamayganda kapital mablag` qo`yish ko`lami kengayadi, ya′ni kam foyda beradigan loyihalar ham mablag` bilan ta`minlanadi.
Yer bozori
Yer taklifi
Yer taklifiga ta′sir etuvchi asosiy omillar - bu uning hosildorligi va qulay joylashganligidir. Ma`lumki, sifatli yerlar har doim va har yerda cheklangan bo`ladi. Sifatli, shaharlarga yaqin bo`lgan yerlar yanada ko`proq cheklangan bo`ladi
Yerga talab
Yerga bo`lgan talab ikki xil bo`ladi: qishloq xo`jaligida foydalanish uchun bo`lgan. Yerga talab va noqishloq xo`jaligida foydalanish uchun bo`lgan talab. D = Dq/x +Dnoq/x , bu yerda D - umumiy talab; Dq/x - qishloq xo`jaligi uchun talab; Dq/x - noqishloq xo`jaligi talabi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Yüklə 254,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin