Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/58
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177530
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58
ARM BAnk ishi darslik печатга

Depozitar faoliyati
– bu qimmatli qog‘ozlar sertifikatlarini saqlash 
bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yoki qimmatli qog‘oz huquqini o‘tkazish va 
hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish. Depozitariya xizmatidan 
foydalanuvchi tomon deponent deyiladi. Deponent nomiga qimmatli 
qog‘ozlar harakatining hisobini yurituvchi depo schyoti ochiladi. 
Qimmatli qog‘ozlar bilan banklararo operatsiyalarni amalga oshirish 
uchun banklar bir- birlarida depo («loro» va «nostro») schyotlari 
ochiladi. Depozitar va mijoz o‘rtasida ochiq yoki yopiq saqlash 
yo‘llari aks ettirilgan shartnoma tuzilgan bo‘lishi mumkin. Qimmatli 


141 
qog‘ozlarni ochiq saqlash usuli – bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish 
huquqini shunday registratsiya qilish yo‘liki, qaysiki, deponent 
depozitariyga alohida nishonalarsiz (nomer, razryad, seriya) faqatgina 
ma’lum miqdordagi qimmatli qog‘ozga topshiriq berishi mumkin. 
Saqlashning yopiq usulida depozitariy depo schyotidagi mavjud aniq 
qimmatli qog‘oz bo‘yicha deponentning barcha topshiriqlarini qabul 
qilish va bajarishga majbur. 
Investitsiya institutlari sifatida yuridik va jismoniy shaxslar 
qatnashshshi mumkin. Yuridik shaxs hisoblangan investitsiya 
muassasalarining faoliyati litsenziyalanishi lozim. Litsenziyalar 5 yil 
muddatga beriladi. Investitsiya institutlarining litsenziyalanishi ular 
faoliyatining davlat 
tomonidan 
nazorat 
qilinishini 
anglatadi. 
Jismoniy 
shaxslar 
qimmatli 
qogozlar 
bozorida 
investitsiya 
maslahatchisi va investitsiya vositachisi sifatida faoliyat ko‘rsatishi 
mumkin. Ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun jismoniy shaxslar 
mahalliy hokimiyat idoralarida tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olinishi 
hamda fond bozorini tartibga soluvchi organ tomonidan beriladigan 
malaka shahodatnomasiga va litsenziyaga ega bo‘lishi lozim. Malaka 
shahodatnomasi 3 yil muddatga beriladi. 
Iqtisodiy munosabatlarning murakkab sohasi hisoblanadigan 
qimmatli qog‘ozlar bozorini nafaqat institutsional va funksional 
tomonlarini rivojlantirish, balki undagi ishtirokchilar faoliyatini 
tartiblash, muvofiqlashtirish va nazorat qilishning samarali mexaniz-
mini shakllantirish lozim. 
1. Bugungi kunda qimmatli qog‘ozlar bozorini samarali 
muvofiqlashtirish jarayonlari kechayotgan O‘zbekistondek mamlakat 
uchun jahonda umumiy tarzda q abul qilingan andozalarga mos 
keladigan, jahon tajribasi bilan chuqur ishlab chiqilgan, barcha 
afzalliklarni o‘ziga singdirgan va shu bilan bir vaqtda milliy 
mentalitetni, milliy rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga 
olgan holda o‘z-o‘zini muvofiqlashtirish mexanizmini ishlab chiqish 
zaruratdir. Bu mexanizmda, jahon tajribasiga ko‘ra, asosiy rolni o‘z –
o‘zini muvofiqlashtiruvchi nodavlat-tijorat tashkilotlar o‘ynaydi. Bu 
tashkilotlar oldida bir qator yechimini kutayotgan muammolar 
mavjud. 
Hozir vujudga kelgan sharoitda Qimmatli qog‘ozlar bozori hamda 
moliya bozorining boshqa vositalari muammolariga yuzaki yondashish 


142 
xavfi mavjud. Vaholanki, G‘arbda mazkur soha bo‘yicha to‘plangan 
boy amaliy va tarixiy materialni umumlashtiruvchi tahlillovchi bir 
qator raqobatbardosh nuqtai-nazarlar va nazariyalar yaratilgan. 
O‘zbekiston uchun o‘ziga xos yo‘lni to‘gri tanlash shuning uchun ham 
dolzarbki, bu yerda me’yoriy huquqiy ba’zi vositalar yordamida 
birlamchi qimmatli qog‘ozlar bozori yaratildi hamda aksiyadorlik 
jamiyatlarining tuzilishi xususiylashtirishning amalga oshirilishi 
tufayli bu bozorda haddan tashqari ko‘p massa jamlandi. Investitsion 
vositachilar 
instituti 
shakllanmoqda; 
unda 
xususiylashtirish 
investitsiya fondlari faol ishtirok etmoqda. Shunday qilib, shart-sharoit 
yaratildi, endi gap qimmatli qog‘ozlar bozorining ishlashida qoldi, 
qimmatli qog‘ozlar muomalasi rivojlanishi uchun ikkilamchi qimmatli 
qog‘ozlar bozorini shakllantirish zarur. Banklarning qimmatli 
qog‘ozlar bog‘liq operatsiyalarining nazariy asoslari O‘zbekiston 
Respublikasining qimmatli qog‘ozlar bozori modeli tamoyillariga 
asoslangan, ijtimoiy yo‘naltirilgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish 
mamlakat iqtisodiy rivojlanish strategiyasining yaxlit ekanligi hozirgi 
kundagi haqiqatdir. O‘zbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar 
bozori bozor iqtisodiyoti tizimining moliyaviy mexanizmi bo‘lib, aholi 
va xo‘jalik subyektlarini vaqtincha bo‘sh mablag‘larining aylanishiga 
keng imkoniyatlar yaratadi. Jumladan, qimmatli qog‘ozlarning har bir 
egalari u fuqaro yoki yuridik shaxs bo‘lishidan qat’iy nazar tadbirkorlar 
harakatiga taaluqli shaxs bo‘lib qoladi. Ushbu bozorga kirishda 
motivatsiya mexanizmlari, turtkilari bo‘lib iqtisodiy o‘zgarishlar, 
siyosiy masalalarning hal qilinishi, qimmatli qog‘ozlarning kurs 
qiymati dinamikasi, tijorat banklarini fondlarining miqdori, qimmatli 
qog‘ozlar bo‘yicha taklif etilayotgan foydaning miqdorlari xizmat 
qiladi. 
Qator olimlar tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi 
investitsiya faoliyati bozoridagi investitsiya faoliyati vositalarini 
o‘rganib chiqqan va ularni quyidagi ikki sinfga bo‘lgan. Bu bo‘yicha 
ilmiy ishlar nashr etilgan. Masalan, Piter Rouz, banklarning qimmatli 
qog‘ozlar: 
1)
pul bozori instrumentlari; 
2)
kapital bozor instrumentlari. U investitsiya faoliyatini asosiy 
yo‘nalishiga veksel va obligatsiyalar jalb qilish taklifini bergan. 
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 27-iyunda qabul qilingan 


143 
«Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi Qonuni 3 – moddasiga 
muvofiq, «Qimmatli qog‘ozlar – hujjatlar bo‘lib, ular bu hujjatlarni 
chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy 
huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki 
foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib 
chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini 
nazarda tutadi. 
Qimmatli qog‘ozlarni qiymati O‘zbekiston Respublikasi milliy 
valyutasida ifodalanadi». 
Qimmatli qog‘ozlar bozori kredit munosabatlari bilan birgalikda, 
o‘z qiymatiga ega bo‘lgan, sotish, sotib olish va to‘lovini amalga 
oshirish mumkin bo‘lgan maxsus hujjatlar (qimmatli qog‘ozlar)ga 
egalik qilish bilan ham bevosita bog‘liq. Qimmatli qog‘ozlar o‘zida 
mulkchilik huquqini mujassamlashtirgan bozorda erkin aylanadigan, 
sotib olish-sotish va boshqa bitimlarning obyekti bo‘ladigan, doimiy 
va bir martalik daromad olish manbayi bo‘lib xizmat qiladigan, pul 
kapitalining bir ko‘rinishidagi hujjatdir. Qimmatli qog‘ozlar turli 
subyektlar tomonidan chiqarilishi mumkin. Umumiy holda bu 
emitentlar 5 guruhga bo‘linadi: 
1.
Hukumat. 
2.
Davlat korxonalari. 
3.
Xususiy sektor. 
4.
Markaziy bank. 
5.
Chet el subyektlari. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng 1993-
yil 2-sentyabrida Oliy Kengash tomonidan «qimmatli qog‘ozlar va 
fond birjasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun qimmatli 
qog‘ozlar bozorini tashkil qilish bo‘yicha birinchi va asosiy hujjat 
bo‘ldi. Keyinchallik bu qonunga 5 marotaba qo‘shimcha va o‘zgarti-
rishlar kiritildi (1994-yil 23-sentyabrida, 1995-yil 22-dekabrida, 1999- 
yil 26-aprelida, 30-avgustida, 27-dekabrida). 
Bu qonunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi 
turdagi qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi va muomalada bo‘lishi 
mumkin: 
1.
Aksiyalar. 
2.
Obligatsiyalar. 
3.
Xazina majburiyatlari. 


144 
4.
Depozit sertifikatlari. 
5.
Veksellar. 
6.
Qimmatli qog‘ozlar hosilalari, ya’ni opsion va fyucherslar 
kiradi. 
Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
Kodeksining 96 moddasiga binoan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga 
quyidagilar kiradi: 
1.
Chek. 
2.
Depozit va jamg‘arma sertifikatlari. 
3.
Bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg‘arma 
daftarchasi. 
4.
Konosament. 
5.
Obligatsiyalar. 
6.
Veksellar. 
Qimmatli qog‘ozlarning bu turlariga qisqacha ta’rif beramiz: 
Aksiya – bu qimmatli qog‘oz bo‘lib: 

harakat muddati cheklanmagan; 

huquqiy yoki jismoniy shaxs tomonidan Aksionerlik 
jamiyatiga muayyan hissa qo‘shgan ulushini va mazkur jamiyat 
mulkidagi ishtirokini guvohlovchi; 

aksiya bo‘yicha divident ko‘rinishida foyda olish huquqini 
beruvchi aksiyadorning shu jamiyat boshqarish ishiga qatnasha olishini 
tasdiqlovchi yuridik hujjatdir. 
Obligatsiya – bu «Obligo» – lotin tilida «qarz olish» mazmunini 
bildiradi. Emitentga obligatsiya egasi tomonidan ma’lum bir pul 
mablag‘ini kiritganligi va unda ko‘rsatilgan muddatda nominal 
qiymatini hamda qo‘shimcha foiz to‘lab berish majburiyatini 
guvohlovchi 
qimmatli 
qog‘ozdir. 
Obligatsiya 
uning 
egasiga 
emitentning ishini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi. 
Xazina majburiyatlari – uning egasi tomonidan ma’lum bir pul 
mablag‘ini byudjetga kiritganligi va uning butun aylanish davrida aniq 
chegaralangan foizni to‘lab berish majburiyatini guvohlovchi qimmatli 
qog‘ozdir. 
Depozit sertifikatlari – bu jamg‘armachining bankka qo‘ygan pul 
mablag‘ini ifodalovchi va muomala muddati tugaganidan keyin 
qo‘ygan pul mablag‘ini hamda foyda sifatida ustama foizini huquq va 
imkoniyatini beruvchi qimmatli qog‘ozdir. Depozit sertifikati bank 


145 
tomonidan beriladi. 
Veksel – qarz majburiyati bo‘lib, veksel beruvchining ushbu 
vekselni ko‘rsatilgan muddatda taqdim etganda, veksel ushlovchiga 
uning nominal qiymatini to‘lab berish guvohini beruvchi qimmatli 
qog‘oz va to‘lov vositasidir. 
Qimmatli qog‘ozlar hosilalari – bular shunday qimmatli qog‘oz-
larki, ularning foydasi yoki zarari bir nechta bozor ko‘rsatkichlari bilan, 
ya’ni bozor indekslari bilan bog‘liqdir. Qimmatli qog‘ozlar hosilalari – 
«opsion» yoki «fyucherslar» ko‘rinishida bo‘ladi. 
Konosament – yuk tashuvchi tomonidan yuk egasiga, yukni dengiz 
orqali olib o‘tishga qabul qilinganligini guvohlovchi va yuk qabul 
qiluvchiga yukni yetib borish portida taqdim qilish majburiyatini 
tasdiqlab beruvchi hujjatdir. 
Mamlakatimiz hududida muomalaga chiqarilishi mumkin bo‘lgan 
qimmatli qog‘ozlarni mulkchilikka munosabatiga (ulushli), qarz muno-
sabatiga qarab va qimmatli qog‘ozlarning hosilalariga bo‘lish mumkin. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qimmatli qog‘ozlar puldan farqli 
o‘z xususiyatlariga ega. Bu xususiyatlar quyidagilar: 
1.
Likvidlik (samaradorlik). 
2.
Foydalilik. 
3.
Ishonchlilik darajasi. 
4.
Kapitalni oshirish manbayi. 
5.
Risk (qaltislik). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin