Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti "moliya" kafedrasi


Soliq imtiyozlari, soliq solish bazasi va soliq



Yüklə 223,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/29
tarix13.12.2023
ölçüsü223,11 Kb.
#174824
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
16 mavzu. PR Qo’shilgan qiymat solig’i.

Soliq imtiyozlari, soliq solish bazasi va soliq 
stavkalari
Soliq bazasini aniqlashning umumiy qoidalari

Agar sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi shartnomada tovarlarga (xizmatlarga) chet
el valyutasida belgilangan summaga teng bo‘lgan summadagi milliy valyutada
haq to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa hamda bunda realizatsiya qilingan tovarlarga
(xizmatlarga) haq to‘langan sana ularni realizatsiya qilish bo‘yicha ushbu
Kodeksning
242-moddasiga
muvofiq aniqlanadigan aylanma amalga oshirilgan
sanaga to‘g‘ri kelmasa, mazkur sanalarda chet el valyutasi kurslaridagi farq
tufayli yuzaga kelgan tushum summasidagi ijobiy yoki salbiy farq soliq bazasini
belgilashda hisobga olinmaydi. Bunday ijobiy yoki salbiy farq ushbu
Kodeksning
XII bo‘limiga
muvofiq boshqa daromadlar yoki boshqa xarajatlar
tarkibida sotuvchi tomonidan hisobga olinishi lozim.

Ushbu Kodeksning
239-moddasiga
muvofiq o‘z ehtiyojlari uchun soliq solish
obyekti deb e’tirof etiladigan tovarlar berilgan (xizmatlar ko‘rsatilgan) taqdirda, 
soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan ushbu bobga muvofiq aniqlanadi.


Soliq imtiyozlari, soliq solish bazasi va soliq 
stavkalari
Soliq bazasini aniqlash tartibi

Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq
bazasi ushbu Kodeksning
176-moddasi
talablarini hisobga olgan holda, 
aksiz solig‘ini (aksiz to‘lanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, 
unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qo‘llanilgan
narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan
tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi.

Xaridorlarga realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani amalga oshirish
sanasida chegirmalar (boshqa tijorat bonuslari) bergan soliq to‘lovchi
soliq bazasini bunday chegirmalar (tijorat bonuslari) chegirib tashlangan
holdagi narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda aniqlaydi.



Yüklə 223,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin