Hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish
Asosiy vositalarning ayrim obyektlari, ko‘chmas
mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar bo‘yicha
hisobga olish uchun qabul qilingan soliq
summalariga tuzatish kiritish
Majburiyatlarni hisobdan chiqarishda hisobga olish
uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish
kiritish
Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq
hisobotini taqdim etish tartibi
To‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi
Budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi har bir soliq davri
yakunlari bo‘yicha, ushbu Kodeksning
265-moddasiga
muvofiq hisoblab
chiqarilgan, ushbu bobga muvofiq hisobga olinishi va tuzatish kiritilishi
lozim bo‘lgan summalar hisobga olingan holda hisoblab chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chog‘idagi soliq
summasi bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq budjetga to‘lanadi.
Agar ushbu moddaning
birinchi qismiga
muvofiq hisoblab chiqarilgan,
budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi salbiy bo‘lsa, soliq
to‘lovchi mazkur summaning o‘rnini ushbu Kodeksning
274-
moddasida
belgilangan tartibda qoplash huquqiga ega bo‘ladi.
Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq
hisobotini taqdim etish tartibi
Soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi
Soliq to‘lovchilar, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobotini o‘zlari soliq hisobida turgan
joydagi soliq organlariga o‘tgan soliq davridan keyingi oyning
yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim
etishlari shart.
Ushbu Kodeksning
272-moddasiga
muvofiq hisoblab
chiqarilgan soliqni to‘lash agar ushbu moddada boshqacha
qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobida turilgan joy
bo‘yicha har bir soliq davrining yakunlariga ko‘ra, soliq
hisoboti taqdim etishlari muddatidan kechiktirmay amalga
oshiriladi.
|