O’zbekiston Respublikasining “Selekstiya yutuqlari to’g’risida”gi qonuni 30.08.1996 yilda qabul qilingan.
Ushbu Qonunning maqsadi seleksiya yutuqlarini yaratish, huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
zot - genetik jihatdan o’zaro bog’liq biologik va morfologik xususiyatlari hamda belgilariga qarab aniqlanadigan hayvonlar (shu jumladan parrandalar, hasharotlar, ipak qurti) yoki ularning duragaylari guruhi bo’lib, bu xususiyatlar hamda belgilarning ayrimlari aynan shu guruhga xos bo’ladi va uni hayvonlarning boshqa guruhlaridan farqlab turadi. Zot guruhi, zot ichidagi (zonal) tip, zavod tipi, zavod liniyasi, zot oilasi, partenoklonlar, liniyalar, duragaylar zotning muhofaza qilinadigan ob’ektlaridir;
ish beruvchi - seleksiya yutug’ini yaratish to’g’risida topshiriq bergan va bu topshiriq bajarilishini moliyalashtirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
listenziar - seleksiya yutug’idan foydalanish huquqini listenziatga litsenziya shartnomasi asosida beruvchi patent egasi;
listenziat - seleksiya yutug’idan foydalanish huquqini listenziardan litsenziya shartnomasi asosida olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
nav - o’simliklar guruhi bo’lib, u nasldan naslga barqaror o’tuvchi, muayyan genotip yoki genotiplar kombinastiyasini boshqalaridan ajratib turuvchi belgilarga qarab aniqlanadi va ayni bir botanik taksondagi boshqa o’simliklar guruhidan bir yoki bir necha belgilari bilan farqlanadi. Klon, liniya, birinchi avlod duragayi, populyastiya navning muhofaza qilinadigan ob’ektlaridir;