Doston xalq og‘zaki ijodi va o‘zbek mumtoz adabiyotida keng foydalanib kelinayotgan epik shakllardan biridir. «Dos- ton» so‘zi xilma-xil ma’noni bildirib kelgan. Masalan, «doston» forschada epik asar nomini anglatadigan so‘z bo‘lib, u hatto qissa, romandek katta nasriy asarlarga ham nisbat beriladi. Siz bilan biz o‘rganayotgan doston esa xalq og‘zaki ijodida yara- tilgan va yaratilayotgan muayyan kompozitsion yaxlitlikka ega bo‘lgan xalq dostonlaridir. Ular yozma adabiyotdagi «Suhayl va Guldursun», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi dos- tonlardan fantaziya ko‘lami, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan vo- qealar, aql bovar qilmaydigan qahramonliklar tasviri bilan farq qiladi. To‘g‘ri, yuqorida nomlari tilga olingan dostonlarda ham fantastik unsurlar, mubolag‘ali o‘rinlar mavjud. Biroq ularning birortasi sujet erkinligi, favqulodda qiziq voqealar borasida xalq dostonlari bilan tenglasha olmaydi. Dostonlarimizda xalqimizning baxtli kunlar, ro‘shnoliklar ha- qidagi orzu-umidlari, faqat yaxshilikka, yorug‘ kunlarga erishish istagi yotadi.
E’tibor bersangiz, dostonlar muvaffaqiyatli yakun bilan tugaydi. Asar qahramonlari juda katta fojialarni, qiyinchi liklarni boshlaridan kechiradilar, og‘ir sinovlarga bardosh be- radilar, oxir-oqibat murod-maqsadlariga erishadilar. Xalq dostonlarining ko‘pchiligiga xos xususiyat – ularda ishq- muhabbat mavzusining ustunligidir. Dostonlardagi voqealar qahra- monlarning ishqiy sarguzashtlari fonida kechadi. Masalan, dunyoga mashhur «Alpomish»ni olasizmi, «Ravshan» yoki «Kuntug‘mish» dostonlarini olasizmi – bari-barisida muhabbat mavzusi ustuvor- lik qiladi. Darhaqiqat, muhabbat – muqaddas tuyg‘u. Bekorga xalqimiz «Ishqsiz eshak – dardsiz kesak», demaydi. Sevimli shoiramiz Nodirabegim ta’biri bilan aytganda esa:

«Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et». Muhabbat insonni ezgulikka yetaklaydi, sevgan kishi har qanday qahramonlikka qodir hisoblanadi. Biz o‘rgangan «Kuntug‘mish» dostoni sevishganlar haqida chiroyli asar, uning janrini ishqiy qahramonlik dostoni, deb belgilash mumkin.