Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD 03



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə6/30
tarix16.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#144436
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Автореферат Эрназарова Р Ю (2)

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalardagi psixologik stress holatini o‘zgarish dinamikasi yangi muhitga moslashish, katta o‘quv yuklamasi, imtihon oldi xavotir va guruhdagi nizolarning yuqori darajada ta’sir etishi tufayli stressga barqarorlikning shakllanganlik darajasiga bog‘liq ekanligi dalillangan;
talaba shaxsiga o‘quv faoliyatidagi kognitiv, ijtimoiy omillar ta’siri natijasida faollik, hissiy komfortlik, pozitiv kayfiyat, qat’iyatlilik va muloqotchanlik xususiyatlarini kasbiy sifatlarga integral tarzda psixoemotsional sohada namoyon bo‘lishi holatini kuchayishi tufayli stressga bardoshlilikni yoshga bog‘liq ravishda shakllanishi asoslangan;
talabalardagi psixologik stress holatini o‘zgarish dinamikasi stressga chidamlilik, muammoni yechish, muammoni konstruktiv baholash va o‘z vaqtida ratsional hal eta olish hamda yuqori tanqidiy tafakkur xususiyatarini yoshga oid differensial shakllanishi tufayli koping sifatlarning barqaror ravishda rivojlanishiga identiv ekanligi isbotlangan;
talabalarda stressga barqarorlikni shakllantirishda shaxslararo munosabatlarda stressni boshqarish, stress holatidagi faollikni konstruktivlashtirish, self-menejment, ijtimoiy mas’uliyat, irodaviy sifatlarni rivojlantirish muhimligi tufayli ratsional-emotiv sohaga korreksion adaptiv ta’sir etish zarurati asoslangan.


Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
talabalar o‘quv faoliyatiga xos stress omillarini aniqlash uchun anketa so‘rovnomasi ishlab chiqilgan va qo’llanilgan;
talabalardagi psixologik stress holatini o‘zgarish dinamikasini asoslash maqsadida korreksiya amaliyotining bosqichlari ishlab chiqilgan va amaliyotga kiritilgan;
talabalarning o‘quv faoliyatida stressga barqarorlikni ta’minlashda bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari uchun ijtimoiy-psixologik trening dasturi yaratilgan va «Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya» darsligi mazmunida о‘z aksini topgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi tadqiqot ob’yektlarining maqsadga mos tanlanganligi, ilmiy tekshirishlarda qatnashgan respondentlarning yetarlicha reprezentivligi, tanlagan metodikalarning validligi va ishonchliligi, olingan empirik miqdorlarning matematik-statistikaning ishonchli usullari yordamida tahlil qilinganligi, izlanishlar aniq va reja bosqichlarda bir-birini to‘ldiruvchi usullar yordamida amalga oshirilganligi, tadqiqot davomida shakllantirilgan xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyatga joriy etish, kontent-tahlil, t-mezoni va ma’lumotlarni qayta ishlash SPSS dasturi vositasida asoslanganligi, ilmiy fikr va xulosalarning amaliyotga joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tuzulmalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin