Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 495,28 Kb.
səhifə3/18
tarix02.02.2023
ölçüsü495,28 Kb.
#82365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Fransiya - Prusiya urushi 1870-1871 davri diplomatiyasi

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Har bir inson biron bir ishga kirishsa, inson o‘sha olib boryotgan ishiga nisbatan o‘z oldiga maqsad va vazifalar qo‘yib oladi. Jumladan, meni xalqaro munosabatlar tarixiga qiziqishim tufayli 1870-1871- yillarda sodir bo‘lgan Fransiya-Prussiya urushi davri diplomatiyasi tarixini va o‘sha davrdagi Yevropa davlatlarning turli sohadagi olib borgan ishlarini, xalqaro miqyosdagi bir-biri bilan olib borgan diplomtik va hamkorlik (ittifoqchilik, sherikchilik) aloqalarini, XIX asr oxiri-XX asr boshlaridagidagi dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy manzarasini imkon qadar o‘rganishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim.
Kurs ishining o‘rganilishi. Kurs ishining xronologik davri XIX asrning 60-yillar oxiri 70-yillari boshlaridagidagi dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy manzarasi, ya’ni asosan Fransiya - Prussiya urushiga oid voqealardan iboratdir. Bunga sabab: aynan 1868-yil Ispaniya taxtiga nomzod masalasidagi murosasizlik, Yevropada gegemonlik uchun kurash, birinchi darajali davlatga aylanish borasidagi kurashlar pirovardi Fransiya - Prussiya urushini yuzaga kelishini muqarrar qilib qo‘ydi. Natijada 1870-yil 17—iyulda Fransiya Shimoliy Germaniya ittifoqiga urush e’lon qildi, mustaqillik va bosqinchilik xarakteridagi qirg’inbarot urush ro’y berdi. Bu dahshatli urush 1871-yilga qadar davom etdi.
Kurs ishining ob’ekti va predmeti. Mazkur tadqiqot ishi XIX asrda Fransiya - Prussiya tarixiga oid manbalar, ilmiy adabiyotlar, ilmiy ishlar va maqolalar ob’ekti. Fransiya – Prussiyadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyzat, urush boshlanishi va yakunlari predmeti.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Biz o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad qilib olgan mavzu, ya’ni “Fransiya-Prussiya urushi (1870-1871) davri xalqaro munosabatlar” mavzuiga ko‘plab tarixchilar tomonidan juda ko‘plab murojaat qilinganligi ma’lum. Ushbu kurs ishimizni tayyorlash jarayonida, biz ko‘proq tarixiy material va manbalarga, xrestomatik asarlarga va Internet saytlaridan olingan ma’lumotlarga tayangan holda voqea-hodisalarni qiyosiy tahlil asosida yoritishga harakat qildik.

Yüklə 495,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin