X-XIII asrlarda shoirlardan Van Anshi, Lyu Yun, Lu Yu va shoira Li Sinchjao X-XIII asrlarda Ouyan Syu tarixiyva falsafiy asarlar yaratgan VIII – IX asrlarda novella janrida ham yuksak yutuqlarga erishilgan. ( Yuan Chjen, Bo Sinszyan, LiGunszo Novella- italyancha so’z, nasrning kichik janri hikoyaning bir turi. XIII asrda Xitoy shimolida qahramonlik va maishiy mavzularda musiq drama janri vujudga kelgan. XIV asrda epopeya va roman janrining shakllanishi xitoy adabiyotida muhim voqea bo’lgan XVI asr oxirlarida nasr yangi bosqichga ko’tarildi, tarixiy- fantastik, ijtimoiy-maishiy romanlar yaratildi Xitoyni Manjurlar bosib olgach (1644), muxolif kayfiyatdagi shoirlar paydo bo’lgan. Klassik roman cho’qqisi bo’lib maydonga kelgan Sao Syuetsin( 1715-1762)ning “ qizil ko’shkdagi uyqu” romanida zodagonlarning axloqiy va iqtisodiy tushkunligi ifodalangan Yangi davr adabiyoti (XIX-1917) Manjurxitoy zodagonlari, imperialistik davlatlar zulmiga qarshi ozodlik harakatini aks ettirdi. Ayni shu davrdan boshlab G’arb madaniyati bilan birinchi tanishuv voshlandi. 1919- yilda boshlangan “4-may” ozodlik harakati davridan e’tiboran eng yangi adabiyot vujudga keldi 1922-yilda “ijod” guruhiga uyushgan adiblar romantik ruhda asarlar yaratgan Xitoy xalqining Yapon bosqinchilariga qarshi milliy ozodlik urushi (1937) davrida vatanparvarlik ruhida yozilgan kichik hajmdagi asarlar keng yoyildi. Va nihoyat 1949 yil XXR tashkil qilinishi sotsialistik qurilishni aks ettirgan kishini tarbiyakashga xizmat qiladigan yangi adabiyot rivojiga imkon yaratildi 1977-yildan pyesa, she’r, nasriy va publitsistik asarlar paydo bo’la boshladi. Nasr, ayniqsa, hikoya janri jonlandi. Lyu Sinuning “sinf rahbari”, Van Menning “ sartarosh hikoyasi”, Ju Chjitszyuanning “kutilmagan voqea” kabi hikoyalar shuhrat qozongan. Qissalardan Shen junning “ O’rtacha yosh”, Ye Veymining “daryoda mo’ljalsiz suzish”, Lu Yanchjouning “Bulutlar ortidagi tog’lar qissasi” ajralib turadi.