20-ma’ruza. Ilgarilama standartlarni ishlab chiqish, kelisholish, tasdiqlash va davlat ro‘yhatidan o‘tkazish tartibi
Ilgarilanma standartlashtirish (IS) - an’anaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan oshuvchi talablarni belgilash bilan ob’ektni standartlashtirish.
Ilgarilanma standart ishlab chiqiilishida quyidagilarga e’tibor beriladi:
1) talablar, sifatning farqlangan hamda joriy etish muddatiga ega bo‘lgan pog‘onalari ko‘rinishida belgilanadi;
2) standart, mahsulot hayotiy siklining oldingi bosqichida ishlab chiqiladi.
Ilgarilanma standartlashtirishga, odatda, mahsulotning texnik darajasi va sifatiga qo‘yiladigan talablarning uchta pog‘onasi belgilanadi:
– erta o‘zlashtirilgan mahsulotning ehtiyojlarni qondiruvchi darajasi;
– ishlab chiqarishga qo‘yilishi lozim bo‘lgan va jahon darajasiga mos bo‘lgan, qaytadan ishlab chiqilayotgan (zamonaviylashtirilayotgan) mahsulot darajasi;
– yuqori jahon darajasiga mos bo‘lgan (yoki oshuvchi) daraja.
Oldinlovchi standart ishlab chiqarishni texnik tayyorlash davrida yoki oxirida ishlab chiqiladi. SHubhasiz, oldindan standartlashtirish ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari bo‘yicha erishilgan tavsiflar bilan tasdiqlangan holatda maqbul deb hisoblash kerak.
Dostları ilə paylaş: |