O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining tuzilmasi
Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Ushbu tizimni shakllantirish, takomillashtirish va Qonun bilan belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari tayinlangan:
texnik shartlar (TSh). - tarmoq va tashkilotlar doirasida
tasdiqlanadi - aniq standartlashtirish toifasiga tegishli emas,
chunki hamma darajadagi standartlarning tarkibiy qismida bo‘lishi mumkin;
rahbariy hujjatlar (RN). - standartlashtirishning hamma
toifasida tasdiqlangan bo‘lishi mumkin va ishlarni o‘tkazishning
tartib va mazmuni, metodlar (uslublar, usullar).ini belgilaydi,
rioya etish uchun majburiy tashkiliy-usuliy xarakterga ega rahbariy
ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Rahbariy hujjatlar mahsulotlar,
ishlar va xizmatlarga talablar va texnik normalarni o‘z ichiga
olmaydi;
tavsiyalar (T). - rahbariy hujjatlarga aynan o‘xshash, lekin
rioya qilish shart emas. Standartlashtirishning barcha toifasida
tasdiqlangan bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasiniyag «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq (6-modda). mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga o‘rnatilgan majburiy talablar hamma normativ hujjatlarda bo‘lishi lozim. SHuningdek ushbu talablar mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning turlari, bir turdagi mahsulotlar tarkibidagi guruhlar normativ hujjatlarida ham takrorlanadi.
SHuni qayd qilish kerakki, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga talablar yagona hujjatda, yani bir turdagi mahsulotlar texnik reglamentida to‘planishi bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan maqsadlarga erishishni ta’min lash texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi majburiy talablarining keng spektrini o‘ziga qamrab oladi. Ularga texnik reglament tarkibiga kiritiladigan quyidagi talablar tegishli:
-atamalarga, o‘rov-idishga, tamg‘alarga yoki yorliqlarga hamda
ularni aks ettirish qoidalariga va mahsulotni identifikatsiya
qilishga doir talablar;
-mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan sinovlar, o‘lchovlar qoidalari va usullari.
-davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
- mahsulotni sinash tartib-taomillari, nazorat qilish, sanitariya - epidemiologiya, veterinariya va fitosanitariya xulosasini berish tartibi;
-sanitariya, veterinariya va fitosanitariya choralari:
-karantin va veterinariya – sanitariya qoidalari, shu jumladan xayvonlar va o‘simliklarni tashish bilan bog‘liq talablar;
-namunalar olish usullari va tartib-taomillari, insonning xayoti va sog‘lig‘uga, atrof muhitga zarar etkazilishi xavfini tadqik etish hamda baholash usullari;
-mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga maxsus talablar bo‘lishi
mumkin:
-qonun hujjatlarida belgilangan ayrim toifadagi fuqarolarning muhofaza qilinishini ta’minlaydigan;
- texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda insonning hayoti va sog‘lig‘iga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga, atrof muhitga taxdid soluvchi transchegaraviy xavfli ishlab chikarish ob’ektlariga oid. Uzbekiston Respublikasining "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonunining qabul qilinishi iqtisodiyotni boshqarishda tizimli yondoshishga o‘tish, shuningdek ishlab chiqaruvchilarimizning xorijiy raqiblari bilan teng raqobat qilishlariga imkon beradigan Butunjahon Savdo Tashkilotining savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha Bitimi talablarini bajarish va bu to‘siqlarni bartaraf qilish zaruratidan kelib chiqadi.
Butunjahon Savdo Tashqilotining savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha Bitimi xalqaro savdoda ortiqcha to‘siqlarning oldini olish uchun shart-sharoitlarni yaratish maqsadida qabul qilingan. Ushbu Bitim hujjatlarida muvofiqlikni baholash bo‘yicha ISO/MEK Xalqaro standartlari va qo‘llanmalarini keng qo‘llash o‘zaro savdo sotiqni muvofiqlashtirish uchun foydali ekanligi, bo‘ jarayondagi baholash bo‘yicha organlarning olingan natijalarga nisbatan xolislik, qat’iylik va ishonchni ta’minlovchi vakolatga egaligining mezoni sifatida qabul qiladi. SHu tufayli, muvofiqlikni baholash faoliyati doirasidagi ISO/MEK tavsiyalari savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi.
Muvofiqlikni baholash jarayonlarining dunyo miqyosida uyg‘unlashuvi, xalqaro savdo-sotiqni kengaytirish uchun istiqbolli imkoniyatlarni ochib beradi. Mamlakatlararo savdoni amalga oshirish uchun asosiy to‘siqlardan biri shundan iboratki, eksportyorlar mahsulotlarning turli qimmat narxli sinovlari va sertifikatlashlarini o‘tkazishga majburlar. Muvofiqlikni baholashning noshaffof yoki haq-huquqni cheklovchi jarayonlari o‘zaro savdoda "texnik to‘siq" bo‘lishi mumkin.
Xalqaro talablarga muvofiq muvofiqlikni baholash bo‘yicha organlar (sertifikatlashtirish organlari, sinov va kalibrlash laboratoriyalari, inspeksiya organlari). akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Muvofiqlikni baholash bo‘yicha organlarni akkreditatsiyalash Akkreditatsiya bo‘yicha organ tomonidan amalga oshiriladi.
ISO/MEK 17000 «Muvofiqlikni baholash. Lug‘at va umumiy prinsiplar» standartiga muvofiq, akkreditatsiyalash- muvofiqlikni baholashga tegishli bo‘lgan, muvofiqlikni baholash bo‘yicha muayyan vazifalarni bajarish uchun uning kompetentligining rasmiy isboti bo‘lib xizmat qiluvchi, uchinchi taraf tomonidan muvofiqlikni tasdiqlashdir.
Boshqacha qilib aytganda, akkreditatsiyalash - Akkreditatsiya bo‘yicha organ tomonidan Muvofiqlikni baholash bo‘yicha organni belgilangan talablarga muvofiqligini baholash va ijobiy hollarda uning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiklash jarayonidir.
Dostları ilə paylaş: |