“Urganch Lokomotiv deposi” avtoturargohiga kiruvchi avtomobillar va ularning egalari haqida ahborot.
Ishchilarning oyligi manashu kategoriyalar orqali soliqlari ushalib qolinadi va ishchining qo’liga borib tushadigan summa kelib chiqadi.
Manabu ishchi hodimning har oydagi oladigan maoshi hamma soliqlarni chiqarib tashlagan holda. Bu hujjat har 2 yilda yangilanadi.
Inventarizatsiya “Buxgalteriya to’g’risida”11-modda. Aktivlar va majburiyatlami inventarizatsiya qilish.“Urganch lokomotiv deposi”da inventarizatsiya har yili bir marta o’tkaziladi.Inventarizatsiya - natura shaklidagi mavjud mablag'lar haqiqiysining
buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga to‘g‘ri kehshini, majburiyatlar hisobda
to‘g‘ri aks ettirilishini tekshirish usuli. U buxgalteriya hisobi ko'rsatkichlari ishonchliligini va korxona mulki butligini ta’minlaydi. Xo‘jalik
yurituvchi subyekt, shu jumladan asosiy faoliyati budjet mablag‘lari
hisobiga moliyalanadigan tashkilot tomonidan mol-mulk hamda
moliyaviy majburiyatlami inventarizatsiya qilish va uning natijalarini
rasmiylashtirish tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasining 19-Buxgalteriya
hisobi milliy standarti» Inventarizatsiya qilishni tashkil etish va o'tkazish»
bilan tartibga solinadi. Rejali va rejadan tashqari inventarizatsiya ham
bo‘lishi mumkin. Rejali inventarizatsiya yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan
muddatlarda rejadan tashqarisi zaruriyat tug‘ilishiga qarab, odatda,
to'satdan o'tkaziladi.
Inventarizatsiyani to‘g‘ri va o‘z vaqtida o‘tkazish mas’uliyati korxona rahbari hamda bosh (katta) buxgalteriga yuklatiladi. Korxona
rahbarining buyrug‘iga binoan korxona xodimlari safidan ishchi
inventarizatsiya komissiyasi tashkil etiladi va unda bosh (katta)
buxgalter qatnashadi. Komissiyasini korxona rahbari yoki uning
yordamchisi boshqaradi. Inventarizatsiya albatta moddiy javobgar
shaxslar ishtirokida o'tkaziladi. Hisobot va hisobot ma’lumotlarining haqiqiysi bilan to'g'ri kelishini
inventarizatsiya yo'li bilan tekshirib turiladi, bu esa ko'rsatkichlarni
haqiqatdagisi bilan to'g'ri aniq va obyektiv bo'lishini ta’minlaydi.Korxona balans moddalari aktiv va passivlari yaxshilab o‘tkazilgan
inventarizatsiyaga asoslangan bo‘lishi lozim. Bunda yillik hisobotni
tegishli organlarga topshirguncha doimiy amalda ishlovchi inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya natijasida boyliklar haqiqiy holati
bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining farqini tartibga solishi lozim.
Shuningdek, tekshirish aktlari yoki o‘zaro hisob-kitoblar qoldig'ini
tasdiqlash xatlari bilan rasmiylashtiriladigan debitorlik va kreditorlik
qarzlari ham inventarizatsiya qilinishi lozim.
0 ‘tkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek, agar
o‘tkazilmagan bo‘Jsa, sabablari yillik hisobotga ilova qilinadigan
tushuntirish xatida ko'rsatib o‘tilishi kerak.
Balansdagi moliyaviy, soliq tashkilotlari, bank muassasalari bilan
hisob-kitob bo'yicha moddalarida aks ettiriladigan summalar, ular bilan
kelishilgan bo‘lishi lozim. Shu hisob-kitob bo‘yicha balansda tartibga
solinmagan summalarga yo‘l qo‘yilmaydi.Hisobot ma’lumotlarini ko'rsatib o'tilgan tuzatish tartibi, korxona
va boshqa tashkilot tekshirish hamda inventarizatsiyasi natijasida
aniqlangan xatoliklarni tuzatishda qo'llaniladi. Yuqorida aytib
o'tilganidek, yillik hisobotni tuzishdan oldin tayyorgarlik ishlari ko'rUadi
va hisobot ma’lumotlarining to'g'riligini ta’minlash maqsadida korxonada
inventarizatsiya o'tkaziladi. Unda mavjud tovar moddiy boyliklari
debitorlik va kreditorlik qarzlari hamda boshqa hisob-kitoblar birma-bir
sanab, tekshirib va taqqoslab chiqiladi. Inventarizatsiya natijasida
aniqlangan joriy hisob ko'rsatkichlaridagi xatolar 10 kun mobaynida tegishli
buxgalteriya yozuvlari orqali haqiqatda aniqlangan ma’lumotlarga
moslanib to'g'rilanishi lozim. Yillik hisobot tuzishdan oldin BHMS
«Inventarizatsiya» 19-sonida keltiriigan tartib va muddatlarda inventarizatsiya o'tkaziladi. Masalan, asosiy vosita bir yilda kamida bir marta
(hisobot yilining 1- noyabriga qadar) tovar, material va boshqa moddiy
boyliklar bir yilda kamida bir marta (hisobot yilining 1 oktabriga qadar)
inventarizatsiya qilinishi zarur.Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad 5910 — «Kamomadlar va boyliklarning buzilishi natijasidagi talafotlar» schyotiga olib
boriladi. Kamomad tekshirilib tabiiy kamayish me’yorida bo'lsa,
korxona xarajatlariga, ya’ni 2010 — «Asosiy ishlab chiqarish» yoki 9430
— «Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti, agar moddiy javobgar shaxs
aybi bilan bo'lsa, 4730 — «Moddiy zararlarni qoplash yuzasidan
xodimlarning qarzi» schyotga olib boriladi va undirib olinadi.Agar kamomad va zarar jinoyat natijasida vujudga kelgan bo'lsa,
unda korxona rahbari ishni tegishli sud, tergov organlariga yuborib,
kamomad aniqlangandan keyin 5 kun mobaynida fuqarolik da’vosi
e’lon qilinishi kerak. Agar tabiiy kamomad me’yoridan ortiqcha
kamomadlar va moddiy boyliklarning buzilishidan ko'rilgan zararlaming
aybdorlari aniqlanmasa, bu kamomad va zararlar korxona foydasidan
qoplanadi, bu holda kamomadlarni hisobdan chiqarish mehnat jamoalarida muhokama qilinishi lozim. Bunday muhokama kamomadlar
oldini olish va javobgarlikni oshirish imkonini beradi.
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha tovar moddiy boyliklari
aniqlansa, quyidagi buxgalteriya provodkasi aks ettiriladi: