Toshkent Farmaseftika insituti Sanoat farmatsiya yo’nalishi 101A guruh talabasini O‘zbekiston tarixi fanidan 7-Mustaqil ishi



Yüklə 1,62 Mb.
tarix21.12.2022
ölçüsü1,62 Mb.
#76891
tarix-7Ergashev Diyorbek103A

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI SANOAT FARMATSIYA FAKULTETI 101-A GURUH TALABASI ERGASHEV DIYORBEKNING TARIX FANIDAN YOZGAN MUSTAQIL ISHI.

Milliy havfsizlikni ta‘minlash borasida amalga oshirayotgan ishlar.

Reja: 1. Milliy xavfsizlikni ta’minlash.  2. Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga  oshirilayotgan ishlar. 

Davlatimizning harbiy sohadagi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati faoliyatining asosiy tamoyillari» haqidagi Qonunda mujassamlangan. Qonunda «O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi va harbiysiyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda har qanday xalqaro tashkilotlardan chiqish huquqini o‘z ixtiyorida qoldiradi» deb qonuniy rasmiylashtirilgan. Bu Qonun O‘zbekistonning tinchliksevarlik siyosatini, uning dunyo hamjamiyatida integratsiyaga intilishlarini tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari — harbiy tuzilmalar, harbiy o‘quv yurtlari va boshqa harbiy qismlardan iborat. U O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayot kechirishini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgandir. 

Qurolli Kuchlarni joylashtirish (dislokatsiya) O‘zbekiston Respublikasi hududlari, chegaralari va havo bo‘shliqlarining mustahkam mudofaasini umumiy strategik maqsad asosida ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga muvofiq strategik va rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 20-bandiga muvofiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi. 

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qilishda butun mudofaa tizimining asosini tashkil etadi va tarkibiga quyidagilar kiradi: Quriqlikdagi qo‘shinlar. Harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari. Maxsus qo‘shinlar. Milliy gvardiya brigadasi. Chegara va ichki qo‘shinlar. Milliy xavfsizlik xizmati. Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqalar. 1999-yilgacha Chegara qo‘shinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida bo‘lgan. 1999-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita tashkil etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida (2002-yil 12-dekabr) «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizma to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlar safidagi muddatli xizmat bir yarim yildan bir yilga qisqartirildi. Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari esa xizmatga faqat to‘qqiz oyga chaqiriladigan bo‘ldi. Davlat tuzilmasi va davlat chegaralari daxlsizligini ishonchli himoya qilish, inson huquqlari va erkinliklariga og„ishmay rioya etish, jamiyatdagi millatlararo totuvlik, diniy bag„rikenglik, tinchlik va osoyishtalik – demokratik huquqiy davlat qurishning hamda mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan hisoblanadi. 

Mamlakatni rivojlantirishning hozirgi bosqichidagi ustuvor yo„nalishlar, davlat va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini isloh qilish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish davlat xavfsizligini ta‟minlashning sifat jihatdan yangi tizimini shakllantirishni taqozo etadi. O„zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish borasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021-yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:

1. O„zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati O„zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etilsin. Belgilansinki, O„zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O„zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo„yicha huquqiy voris hisoblanadi. O„zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O„zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqivaichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilansin. 

O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi, iqtisodiy va mudofaa salohiyatini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish tizimida alohida o’rin tutadi. Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik xizmatining maqomi, vazifalari va vakolatlari doirasini aniq belgilab beruvchi qonun hujjati yaratilmay turib, unga milliy xavfsizlikni ta‟minlashning barcha jihatlari yuklatilgani ushbu idoraning davlat organlari faoliyatining barcha sohalariga asossiz aralashuviga shart-sharoit yaratib berdi. 

2. O„zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (bundan buyon Xizmat deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etishning ustuvor yo„nalishlari etibquyidagilar belgilansin: Xizmatning maxsus vakolatli davlat xavfsizlik organisifatidagi huquqiy maqomi, vakolatlari va faoliyatyo„nalishlarini aniq belgilab beruvchi mustahkam qonunchilik bazasini yaratish; bugungi kundagi xavf-xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashishning ta‟sirchan shakl hamda uslublarini joriy etish; yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda davlat xavfsizligini ta‟minlash borasidagi vazifalarni bajarishda mavjud kuchhamda vositalardan samaralifoydalanish

E‘tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin