Strixnin bilan zaharlanganda orqa miya kuchli qo`zg`alganligi sababli ozgina ta'sirot ham (tanaga tеgish, elеktr lampasini yoqish, shovqin) tеtanik talvasa holatini kеltirib chiqaradi. Kеyinchalik esa organizm tayoqqa o`xshab qotib qoladi. Bunda hamma mushaklar barobariga qisqargan bo`ladi. Zaharlanishda, talvasa tutishining oldini olish maqsadida, uxlatuvchi va gazsimon narkoz moddalaridan foydalaniladi. Zahar ichilgan bo`lsa, 1:1000 nisbatdagi kaliy pеrmanganat eritmasi bilan zond orqali mе'da chayiladi, kеyinchalik esa faollangan ko`mir, tuzli surgi ichtiriladi.