Toshkent farmatsevtika instituti


Antixolinesteraz dori vositalar farmakologiyasi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə52/76
tarix31.03.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#54517
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76
нейротроп

Antixolinesteraz dori vositalar farmakologiyasi

Bu guruhga xolinesteraza fermentining faolligini pasaytirib, atsetilxolinning sinapsda parchalanishini (gidrolizini) oldini olib, uning yig`ilishiga sabab bo`ladigan va shu tufayli xolinoretseptorlarning qo`zg`alishini ta'minlaydigan preparatlar kiradi. Demak, ular ham M, N-xolinomimetiklarga o`xshash ta'sir etadi, lekin bu atsetilxolin orqali amalga oshadi.

Antixolinesteraz vositalar ishlatilishi va ta'sirning davomiyligiga ko`ra ikki guruhga bo`linadi:

1. vaqtinchalik ta'sir etuvchi-fizostigmin, prozerin, galantamin va boshqalar,

2. uzoq muddatli yoki qaytmas ta'sirga ega-pashshalar va hashorotlarga qarshi ishlatiladigan fosfororganik birikmalar: xlorofos, tiofos va xak.

Antixolinesteraz vositalarning M-xolinomimetik ta'siri bir qator silliq mushaklarning (hazm yo`llari, bronxlar, o`t yo`llari, siydik qopidagi) qisqaruvchanligi va tonusi oshishi bilan namoyon bo`ladi. Terapevtik dozalarda ular bradikardiya, katta dozalarda taxikardiya chaqiradi. Arterial bosim tushadi. Bezlar (bronxlar, hazm yo`llari, ter bezlari) sekretsiyasini kuchaytiradi. Nikotinsimon ta'sirlari nerv-mushak o`tkazuvchanligi, vegetativ gangliylarga nisbatan kuzatiladi. Kichik dozalarda antixolinesteraz vositalar skelet mushaklari va vegetativ gangliylardagi qo`zg`alishlarning o`tishini  yengillashtiradi, katta dozalarda esa susaytiradi.

Markaziy nerv tizimga ta'sir etib, kichik dozalarda qo`zg`atadi (EEG desinxronlanishi, reflektor reaktsiyalarning yashirin vaqti qisqarishi kuzatiladi), katta dozalarda esa susaytiruvchi ta'sir etadi.

Ko`zga ta'sir etib, qorachiqni toraytiradi (mioz), bu ko`z rangdor pardasidagi aylanma silliq mushaklarning qisqarishi bilan bog`liq. Ko`z ichki bosimi pasayadi, chunki aylanma mushaklarning qisqarishi ko`z rangdor pardasining yupqalashishiga olib keladi va u tortiladi. Natijada rangdor parda asosida joylashgan Fontan bo`shlig`i hamda Shlemm kanali kengroq ochiladi va ko`zning old kamerasidagi ichki suyuqlik ko`proq chiqishi hisobiga bosim tushadi. Ko`zning masofaga moslanishi (akkomadatsiyasi) spazmga uchraydi. Ko`zning kipriksimon tanasi mushaklarining qisqarishi Sinn boylamlarining bo`shashiga olib keladi, natijada ko`z gavxari qalinlashib yumaloq shaklga kiradi. Buning oqibatida ko`rish nuqtasi yaqinlashadi. Odam yaqinni yaxshi ko`rib, uzoqdagi narsalarni yomon ko`radi.

Antixolinesteraz moddalar ichak va siydik qopi atoniyasida, glaukomani davolashda ishlatiladi. Miasteniyada, kuraresimonlarning antagonisti sifatida ishlatilishi nerv-mushak qo`zg`aluvchanligini yengillatishiga asoslangan. MNTga ta'siridan poliomielitlarning asoratlarini  va bir qator nevrologik buzilishlarni davolashda foydalaniladi.

Fizostigmin salitsilat. Xolinesterazani vaqtinchalik to`sadi. Ta'siri 10-15 daqiqadan so`ng boshlanib, 2-4 soat davom etadi. Asosan o`tkir glaukomada, pilokarpin naf qilmagan vaqtda, nevrologiya amaliyotida ishlatiladi

Prozerin. Sintetik preparat. Antixolinesteraz ta'siri bo`yicha fizostigmindan kuchsizroq, gematoentsefalik to`siqdan o`tmaydi. Ta'siri 2-3 soat davom etadi. Prozerin miasteniya, yarim falajlik va falajlik holatlarida, glaukomada, ichak atoniyasida tavsiya etiladi. Stenokardiyada, bronxial astmada, tutqanoqda, homiladorlikda berilmaydi. Preparat davlat reestriga kiritilgan.

Galantamin gidrobromid. Alkaloid. Gematoentsefalik to`siqdan o`ta oladi, bosh miyadagi neyronlardan impuls o`tishini tezlashtiradi. Zaharli ta'siri kam. Miasteniyada, mushaklar distrofiyasida, yarim falajlik va falajlik hollarida, insult, xolinoblokatorlar (atropin) bilan zaharlanishda va poliomielit kasalliklari asoratida ishlatiladi. Davlat reestriga kiritilgan.

Oksazil. Antixolinesteraz ta'siri bo`yicha prozerindan kuchliroq va zaharsizroq, ta'sir muddati uzoqroq (5-10 s) preparat. Yuqorida aytilgan xastaliklarda buyuriladi.

Dezoksipeganin gidroxlorid.  O`zbekiston Fanlar akademiyasining O`simlik moddalar kimyosi institute xodimlari tomonidan isiriqdan ajratib olingan alkaloid bo`lib, uning farmakologiyasi to`la o`rganilgan. Preparatning qaytadig anantixolinesteraz ta'siri aniqlangan. U yarim falajlikda, mushaklarning bo`shashib qolishida (miasteniya), poliomielit kasalliklarida tavsiya etiladi.

Uzoq muddat ta'sir etadigan antixolinesteraz preparatlarga asosan fosfororganik birikmalar (xlorofos, dixlofos, butifosvaxak.) kiradi. Bularni qishloq xo`jaligida va uy sharoitida zararkunandalarga qarshi ishlatilganda zaharlanish hodisalari bo`lib turadi. Zaharlanish har xil yo`llar orqali (teri, me'da-ichak, nafas yo`llari) bo`lishi mumkin. FOBlar lipofil bo`lgani uchun qonga yaxshi so`riladi va xolinesteraza fermentini to`sib, atsetilxolinning yig`ilishiga sabab bo`ladi. Shuning uchun ular bilan zaharlanganda M-xolinomimetiklar bilan zaharlanish natijasida bo`ladigan o`zgarishlar (ko`z qorachig`ining torayishi, bradikardiya, qusish, ich ketishi va boshqalar) kuzatiladi.

FOBlar bilan o`tkir zaharlanishda shoshilinch choralar ko`rish darkor. Agar ular teriga yoki shilliq pardaga tushgan bo`lsa, natriy bikarbonatning 3-5 % li eritmasi (1 stakan suvga 2 choy qoshiq soda) bilan yaxshilab yuviladi, me'da-ichak orqali tushgan bo`lsa (qusish va ich ketishi hollari bo`lmagan taqdirda), me'da qayta-qayta yuviladi, shimib oluvchi (karbolen) va surgi dorilar (tuzli surgilar) beriladi. Agar zaharlanish nafas orqali bo`lsa, shaxsni toza havoga olib chiqish kerak. Qonga so`rilib o`tgan FOBni tanadan chiqarib yuborish maqsadida peshob haydaydigan preparatlar (laziks), dezintoksikatsion suyuqliklar (gemodez) va boshqalar yuboriladi. Shu tadbirlar bilan birga FOBlarning antagonistlari bo`lgan M-xolinoblokatorlar (atropin sulfat) va xolinesterazaning reaktivatorlari yuborilishi shart.

Xolinesteraza fermenti faolligini tiklaydigan preparatlar xolinesteraza reaktivatorlari deb yuritilib, o`z molekulasida-ON radikalini saqlaydi. Bular xolinesteraza bilan birikkan FOBning qoldig`i bilan birikib olib, xolinesterazani qisman ozod etadi va uning faolligini tiklaydi. Dipiroksim, alloksim, izonitrozin, dietiksim  preparatlari xolinesteraza reaktivatorlaridir.                    



Dipiroksim-o`z molekulasida to`rtlamchi azot saqlaydi. Gematoentsefalik to`siqdan markaziy nerv tizimiga o`ta olmaydi. M-xolinoblokatorlar bilan birga yuborish mumkin. Og`ir hollarda kuniga bir necha martadan in'ektsiya qilinadi.

Izonitrozin-ta'siri jihatidan dipiroksimga o`xshash. Gematoentsefalik to`siqdan yaxshi o`tadi. Preparatni zarur bo`lganda qayta-qayta yuborish mumkin.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin