Yakuniy baxolash (YAB) YAB da talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. YAB fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tugagandan so‘ng o‘tkaziladi. YAB ning maksimal bali - 30 ball.
JB va OB ga ajratilgan umumiy ballarning har biridan saralash balini to‘plagan talabaga YAB ga ishtirok etishga huquq beriladi.
YAB o‘tkazish shakli – test, og‘zaki, yozma ish yoki ushbu usullar kombinatsiyasida Ilmiy Kengash qarori bilan belgilanadi.
JB, OB va YAB turlarida fanni o‘zlashtira olmagan (54 % dan kam ball to‘plagan) yoki uzurli sabablar bilan baholash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga quyidagi tartibda qayta baholashdan o‘tishga ruxsat beriladi:
- qoldirilgan amaliy mashg‘ulot kelgusi darsga qadar guruh o‘qituvchisiga qayta topshirish va maslaxat kunida topshiriladi. 3 ta mashg‘ulotni qoldirgan talaba fakultet dekani ruxsati bilan qayta topshiradi;
- OB ni 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi va bali koeffitsentsiz qayt etiladi;
- semestr yakunida fan bo‘yicha saralash balidan kam ball to‘plagan talabaning o‘zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi;
- akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin dekan ruhsatnomasi asosida qayta o‘zlashtirish uchun – 2 hafta muddat beriladi. SHu muddat davomida o‘zlashtira olmagan talabaga belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiri.