Bilib oladi: fanga oid tushunchalar: psixologiya. Psixologik jarayonlarni qonunyatlari va tamoyillari, Psixologik jarayonini mazmuni, tarbiyaning umumiy metodlari va vositalari, ta’limni tashkil etish shakllari, tarbiya turlari ta’lim sifati haqida.
Bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilinishi: “Yosh davrlar psixologiyasi” fani bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy nazorat o‘tkaziladi. Joriy nazorat uchun 60 ball, oraliq nazorat uchun 10 ball, yakuniy nazorat uchun 30 ball. (maksimal 100 ball)
Fan bo‘yicha egallagan bilimlari asosida: ta’lim muassasasida o‘quv jarayonini tashkil etish o‘quvchilar bilan ishlashning samarali shakl, metod va vositalarini qo‘llay oladi hamda innovatsion faoliyat va kasbiy kompetentligini rivojlantirish yo‘llarini egallaydi.
Postrekvizitlar
Ushbu o‘quv modulini o‘zlashtirish natijasida talabalardan: Nazariy ta’lim texnologiyasini mustaqil loyihalashni bilish;
Ishlab chiqarish ta’limini o‘tishni mustaqil loyihalashni bilish;
Nazariy va amaliy ta’lim bo‘yicha mashg‘ulotlarni mustaqil o‘tkazish;
Trenajyorlarda mashg‘ulot o‘tkazishni bilish;
Mashg‘ulotlarda o‘quvchilar bilan to‘g‘ri muloqat olib borish, faol o‘qitish metodlarini qo‘llash olish;
Mashg‘ulotlarda fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish;
O‘quvchilar bilimini reyting tizimida baholash haqida bilimlarga ega bo‘lish talab qilinadi.
- professor-o‘qituvchiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
- institut ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;
-intitut uniformasini kiyish;
- mobil telefonni dars davomida o‘chirish;
- berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;
- guruhdoshlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
- darsga o‘z vaqtida kelish;
- 6 soatdan ortiq dars qoldirgan taqdirda, dekan ruxsati bilan darsga kirish.