Ish bosqichlari va vaqti
|
Maslahat va tavsiyanomalar
|
1. Keys bilan tanishish (individual) – 3 daqiqa
|
Taqdim etilgan aniq vaziyatlar bilan tanishib chiqing. Muammoli vaziyat mazmuniga alohida e’tibor qarating. Muammoli vaziyat qanday masalani hal etishga bag‘ishlanganligini aniqlang.
|
2. Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlash (individual va kichik guruhlarda) – 5 daqiqa
|
Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlang. O‘z fikringizni guruh bilan o‘rtoqlashing. Muammoni belgilashda isbot va dalillarga tayaning. Keys matnidagi hech bir fikrni e’tibordan chetda qoldirmang.
|
3. Muammo echimini topish va erishiladigan natijani aniqlash – 7 daqiqa
|
Guruh bilan birgalikda muammo echimini toping. Muammoga doir echim bir necha variantda bo‘lishi ham mumkin. SHu bilan birga siz topgan echim qanday natijaga olib kelishi mumkinligini ham aniqlang.
|
4. Keys echimi uchun taklif etilgan g‘oyalar taqdimoti (kichik guruhlarda) – 5 daqiqa
|
Guruh bilan birgalikda keys echimiga doir taqdimotni tayyorlang. Taqdimotni tayyorlashda sizga taqdim etilgan javdalga asoslaning. Taqdimotni tayyorlash jarayonida aniqlik, fikrning ixcham bo‘lishi tamoyillariga rioya qiling.
|