Bosh boshqarmaning barcha bo‘shatilayotgan shtat birliklarini Davlat markaziga o‘tkazish, uning tashkiliy-shtat tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
mehnatga haq to‘lash tarzidagi to‘lovlar va boshqa shartlarini saqlab qolgan holda Bosh boshqarmaning ishlab turgan xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga o‘zgartirish kiritish orqali mehnat shartnomalarini qayta rasmiylashtirish;
Bosh boshqarmaning gerbli muhrini belgilangan tartibda yo‘q qilish;
Davlat markazining gerbli muhrini o‘zgartirish.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda «korxona» deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 25 maydagi 181-son “Dorivor vositalar, tibbiy buyumlar va davolash-profilaktika oziq-ovqatlari sifati ustidan davlat nazoratini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 iyundagi PQ-3052-son “Sog‘liqni saqlash organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Korxona yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplarga va blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega.
Korxona O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, sifatini nazorat qilish, sertifikatlashtirish, standartlashtirish va metrologik ta’minoti bo‘yicha respublika miqyosidagi davlat tashkiloti hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibida faoliyat ko‘rsatadi.
Korxonaning rasmiy to‘liq va qisqartirilgan nomi:
davlat tilida: «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» davlat unitar korxonasi;
qisqacha nomi: «DVTBTTESDM» DUK;
Korxona joylashgan joyi: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ozod ko‘chasi, K.Umarov tor ko‘chasi, 16-uy (pochta indeksi 100002).