ta'minotini amalga oshiradi, hamda issiqlik energiyasini kommunal-tayyor iste'molchilarga respublikamizning turli shaharlarida amalga oshiradi. O`zbekistonning 42 ta elektrostansiyalarining o`rnatilgan quvvati 12,3 mln. kVt dan oshadi, bu esa O`rta Osiyo birlashgan energotizimi ishlab chiqarayotgan quvvatining taxminan 50% ni tashkil etadi. Milliy energotizimning asosini Sirdaryo, Yangi-Angren va Toshkent IES kabi elektrenergiyaning 85% dan ko`pini ishlab chiqaruvchi katta elektrostansiyalar tashkil etadi. 500 kV li Sug'diyona podstansiya 1002 MVA li transformatorlari bilan ishga tushdi. Yangi Angren IES dan 500 kV li EUL Farg'ona vodiysidagi qabul qiluvchi O`zbekiston 500 kV li podstansiyagacha qurilmoqda. Sirdaryo IES dan Sug'diyona podstansiyagacha 500 kV li HL loyihalash ishlari olib borilmoqda. Qurilishni moliyaviy tarafdan ta'minlash Islom taraqqiyot banki tomonidan olib borilmoqda. 110-220 kV kuchlanishli ob'ektlarni qurilishi nazarda tutilmoqda, shu Bilan birga 110 kV li kabel liniyalari va yopiq nimstansiyalar respublikamiz poytaxtini elektr ta'minotini ishonchliligini oshirish uchun qilinmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish uchun, dasturda taxminan 800 km magistral EUL ni qurish, hamda 2,0 mln. kVA transformator quvvatlarini 220-500 kV li tarmoq nimstansiyalarida ishga solish kutilmoqda. O‘zbekiston energetika tizimi o‘z iste‘molchilarni elektr energiyasi bilan to‘liq ta‘minlab beradi va Qozog‘iston elektrtarmoqlari orqali Rossiya yagona energetiktizimi (YaET) bilan parallel ishlovchi Markaziy Osiyo (MO) Birlashgan energetika tizimi (BET) ga kiradi.