Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


I MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI VA UNI BAJARISHNING MAQSADI



Yüklə 181,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix21.07.2022
ölçüsü181,63 Kb.
#62845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
BcWzy4M

I MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI VA UNI BAJARISHNING MAQSADI
Dissertatsiya - ilmiy izlanishni bayon etuvchi va ilmiy daraja olish uchun taqdim
etilgan ilmiy hujjat (mashina-bosma, poligrafiya, kompyuter va boshqa vositalar bilan
ko‘paytirilgan). U malakaviy bitirish ishi sifatida magistrantning ta’limiy darajasidan
hamda ilmiy xodimga xos boshlang‘ich ko‘nikma va malakalarning mavjudligidan
dalolat beradi.
Dissertatsiya — qo‘l yozma, ilmiy ma’ruza, chop etilgan monografiya yoki
darslik shakllarida bajarilgan ilmiy asardir. U izlanishni ilmiy darajasini ko‘rsatishga va
ilmiy daraja olish uchun taqdim etilgan mutaxassislik ishi sifatida xizmat qiladi.
Umuman olganda, magistrlik dissertatsiyasi ilmiy yetuklik va ixtisoslik bo‘yicha
tubdan kasbiy tayyorgarlikni tavsif qilishi lozim».
YUqorida
aytilganlar
davlat
va
o‘quv
yurti
tomonidan
dissertatsiyaga
qaralgandagi holatdir.
Talaba
nuqtai
nazaridan qaraganda, dissertatsiya-ma’lum muammo
yoki
yechilishi zarur bo‘lgan masalani (mavzuni) amaliy ma’lumotlar bilan isbotlagan holda
ilmiy yechimni beruvchi to‘liq va tugallangan, yetarli darajada yangilik, kashfiyot va
g‘oyalarni o‘zida aks ettiruvchi va amaliyotda sinab (aprobatsiyadan o‘tkazilgan)


6
ko‘rilgan, zaruriy talablarga javob «beradigan ilmiy-malakaviy asar deb tushunishi
kerak.
Magistrlik
dissertatsiyasining
asosiy
maqsadi
talabalarda
ilmiy-tadqiqot
malakasini hosil qilish, tahsil mobaynida olgan bilimlarini umumlashtirishga, uning
natijalarni ilmiy ravishda aks ettirishga erishish, ularning dunyoqarashlari, siyosiy
saviyalari, ilmiy umumlashma fikrlarini yozma nutqda savodli ifodalashlarini taqozo
etishdir. Magistrlik dissertatsiyasida tanlangan mavzu bo‘yicha muammolar ko‘rsatilib,
uning yechimlari tahlil qilingan bo‘lishi kerak. SHuning uchun barcha talabalar
magistrlik dissertatsiyasini yozishlari shart. Magistrlik dissertatsiyasi oldiga qo‘yilgan
maqsadni imtihon yoki boshqa biror sinov turi bajara olmaydi.
Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi-mavzusi bo‘yicha shaxsiy kuzatishlar
orqali to‘plangan barcha ilmiy va amaliy daliliy ma’lumotlarni mustahkamlab, tahlil
qilib, tartibga solib, ularni ilmiy va amaliy ahamiyati va qiymatini asoslab, xulosa,
tavsiyalar va g‘oyalar ishlab chiqib, ularni jamiyat uchun umum ahamiyatli qilib tadbiq
etishdir. Bu maqsadga erishish bitiruvchilarning kasb sohasidagi ilmiy va amaliy ishlar,
muammolari bilan tanish ekanligidan, ularni hal qilishda mustaqil fikr yurita olishidan,
ixtisoslik bo‘yicha chuqur kasbiy tayyorgarlikka ega ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 181,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin