Ahmad alFarg’oniy (797861 yillar) boshqa fanlar bilan bir qatorda suv ilmining ham katta bilimdoni bo’lgan. Bu haqda H.H.Hasanov shunday yozadi: "...Farg’oniy Bog’dod xalifasi alMutavakkilning buyrug’i bilan Nil daryosida suv sathini o’lchaydigan asbobni tuzatish va o’rnatish uchun 861 yilda Fustot (Qohira) shahriga borgan". Shu davrgacha u Nil daryosining gidrologik rejimi va umuman suv ilmi haqida ma’lum bilimlarga ega bo’lgan bo’lishi kerak. Aks holda oldingilardan tubdan farq qiladigan murakkab va shu bilan birga o’ta mukammal suv o’lchash inshooti"Nilometr" ni loyihalash hamda qurish ishlari unga topshirilmagan bo’lur edi. Sharq manbalarida u “Miqyos anNil” deb tilga olinadi.
Abu Rayhon Beruniyning dengizlar nazariyasi. XXI asrlarda yashagan olimlar suv ilmigidrologiyaga katta ahamiyat berganlar. Ular orasida Abu Rayhon Beruniy (9731048 yillar)ning ushbu fanning shakllanish va rivojlanish jarayoniga qo’shgan hissasi beqiyosdir. Uning "O’tgan avlodlar yodgorligi", "Hindiston", "Attafqim", "Qonuni Mas’udiy", "Geodeziya", "Minerologiya" kabi asarlarida okeanlar, dengizlar, daryolar, ko’llar, buloqlar haqida gidrologiya fani uchun qimmatli fikrlar bayon qilingan.
Ma’lumki, gidrologiya o’rganiladigan suv ob’ektlarining turi va o’rniga ko’ra ikki qismgaokeanologiya va quruqlik gidrologiyasiga bo’linadi. Beruniy asarlaridagi gidrologik ma’lumotlarni ham shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: birinchi guruh ma’lumotlarda okeanlar, dengizlar, ko’rfazlar haqidagi fikrlar bayon qilinsa, ikkinchi guruhda esa allomaning quruqlik suvlari daryolar, soylar, buloqlar, ko’llar, qorliklar, muzliklar, botqoqliklar va hatto yer osti suvlari haqidagi ilmiy qarashlari yoritilgan.