ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi kerak.
Ma’ruza mashg‘ulotlari Ma’ruza mashg‘ulotlari katta sig‘imli, multimedia qurilmalari bilan jihozlangan o‘quv
auditoriyalarida olib boriladi.
Amaliy mashg‘ulotlar Amaliy mashg‘ulotlarda nazariy bilimlar mavzuga oid masalalar yechish orqali
mustahkamlanadi. Fizikaviy va kolloid kimyo 1,2 fanini chuqur o‘zlashtirish uchun talaba fanning har
bir bo‘limini mustaqil o‘rganishi va ko‘p variantli masalalar yechish orqali mustahkamlashi zarur.
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir
professor-о‘qituvchi tomonidan о‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida
о‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qо‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan
ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar o‘tilgan ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim
va ko‘nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar, berilgan mavzulardan mustaqil
ishlar bajaradilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini
mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish
orqali talabalar bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash, fizik-kimyoviy
jarayonlarni modellashtirshga ko‘rsatmalar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi:
-amaliy mashg‘ulotlarining maqsadini aniq belgilab olish;
-o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish
imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg‘otish;
-talabada natijani mustaqil ravishda qo‘lga kiritish imkoniyatini ta’minlash;
-talabani nazariy-metodik jihatdan tayyorlash.
Laboratoriya mashg‘ulotlari nazariya va amalyotni bog‘lovchi asosiy bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi.
Bunda talabalarning bilimlarini mustahkamlashda kimyoviy asboblar bilan ishlay olish va tajriba o‘tkaza
olish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda, tadqiqot natijasini oldindan tahliliy baholay bilish
kabi amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Talaba fanning ma’ruza mashg‘ulotlaridan olgan nazariy bilimlarini o‘quv laboratoriya
mashg‘ulotlarida mustahkamlaydi. Talaba laboratoriya ishini laborant nazorati ostida bajaradi va
hisobotni rasmiylashtirib, fan o‘qituvchisiga topshiradi. Laboratoriya ishlariga talabalar mustaqil holda
asosiy darslik, ma’ruza materiallari va laboratoriya ishlari uchun tayyorlangan qo‘llanmalardan
foydalanib, tayyorgarlik ko‘rishlari lozim. Laboratoriya ishlari fizik-kimyoviy stendlardan va virtual
laboratoriya ishlaridan iborat.