TASHKENT INSTITUTE OF CHEMICAL TECHNOLOGY
20
Toshkent kimyo-texnologiya instituti bakalavr ta’lim dasturlari 4 yil yoki 5 yil, magistratura
dasturlari 2 yilni tashkil etadi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti 2020/2021 oʻquv yilidan
boshlab kredit-modul tizimida oʻqishni tashkil qilib kelmoqda. Oʻquv jarayonida turli xil xato va
kamchiliklarni oldini olish maqsadida talabalardan kredit-modul tizimi toʻgʻrisida bir qator
ma’lumotlar bilan tanishib chiqishalari shart.
Kredit-modul tizimida 1 kredit oʻrtacha 30 akademik soatlik oʻquv yuklamasiga teng.
Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni toʻplashi uchun ma’lum miqdordagi oʻquv
yuklamasini oʻzlashtirishi zarur. Oʻquv yuklamasi bakalavriatda — 40 — 50% auditoriya soati, 50
— 60% mustaqil ish soatiga, magistraturada — 30% — 40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish
soatiga (malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari bundan mustasno) boʻlinadi.
Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida talaba odatda bir
semestrda
30 kredit, bir oʻquv yilida 60 kredit toʻplashi belgilanadi. Semestr davomida talaba tomonidan
oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan kreditlar hajmi oʻquv rejasida koʻrsatilgan majburiy va tanlov
fanlarini oʻz ichiga oladi. Talaba oʻzining shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirishda har bir
semestr uchun 30 kredit hajmidagi fanlarni oʻzlashtirishni nazarda tutishi, ular tarkibida namunaviy
oʻquv rejasidagi majburiy fanlar boʻlishi shart.
Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan
talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan boʻyicha
tegishli kreditlarni oʻzlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan,
shuningdek, ushbu nazorat turi boʻyicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Oʻquv yili davomiyligi 36 haftagacha boʻlib, shundan 30 haftasi akademik davrga, 2
haftasi fanlarni tanlash uchun roʻyxatdan oʻtishga, 4 haftasi attestatsiyalarga ajratiladi.
Ta’lim oluvchini kursdan kursga oʻtkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda
amalga oshiriladi. Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalarni kursdan kursga oʻtkazishda
GPA koʻrsatkichini 2,6 etib belgilangan. GPA oʻtish ballini toʻplay olmagan talaba qayta oʻqish
uchun tegishli kursda qoldiriladi. Semestr va oʻquv yili yakuni natijalari boʻyicha akademik
qarzdorligi bor ta’lim oluvchilar oʻqishdan chetlashtirilmaydi. Kursdan kursga qolgan talabalar
faqat qarzdor boʻlgan fanlarni oʻzlashtirib ularga mos ravishda shartnoma mablagʻlarini toʻlaydi.
Shartnoma asosida bir kursda qayta oʻqish soni chegaralanmaydi. Jami ta’lim olish muddati
bakalavriat uchun 1- kursga oʻqishga qabul qilinganidan soʻng 8 yilgacha, magistratura uchun
1- kursga oʻqishga qabul qilinganidan soʻng 4 yilgacha deb belgilangan.
Dostları ilə paylaş: